Qarshieva Bog‘dagul Faxriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Texnika yo‘nalishi talabalariga ingliz tili fanini integral bilingval o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3125.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat Pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, Pedagogika fanlari doktori, professor; Qalandarova Safiya Taxirovna, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika yo’nalishi talabalariga ingliz tilini integral bilingval asosida o’qitish metodikasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika yo‘nalishi talabalariga ingliz tili fanini integral bilingval o‘qitishda talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning axborot-didaktik ta’minoti til malakalarini integrativ egallashga yo‘naltirilgan nutqiy konstruksiyalarni ixtisoslik modullari mazmuniga singdirish asosida rivojlantirilgan;
texnika yo‘nalishi talabalariga ingliz tili fanini integral bilingval o‘qitish metodikasini rivojlantirish modeli maqsad, mazmunli, texnologik-jarayonli, refleksiv-baholash hamda natija komponentlari uzviyligini universallik va izchillik tamoyillariga muvofiq metodik jihatdan ta’minlash asosida ishlab shiqilgan;
bo‘lajak muhandislarga ingliz tilini integral bilingval o‘qitish metodikasi ta’lim jarayoniga texnik va didaktik vositalar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari komponentlarining uzviyligini metodik ta’minlash va ilmiy mazmundagi avtomatik nazorat shakllarini emperik jihatdan ta’limiy asoslash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarning ingliz tilini bilish kompetentligini rivojlanganligini baholashning motivatsion-maqsadli, kommunikativ-faoliyatli, ijtimoiy-shaxsiy mezonlari boshlang‘ish, tayanch, etakshi-kasbiy darajalarga nisbatan metodik jihatdan integral mosolashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarga ingliz tili fanini integral bilingval o’qitish metodikasini rivojlantirish yuzasidan ishlab shiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
til malakalarini integrativ egallashga yo‘naltirilgan nutqiy konstruksiyalarni ixtisoslik modullari mazmuniga singdirish asosida rivojlantirilgan texnika yo‘nalishi talabalariga ingliz tili fanini integral bilingval o‘qitishda talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning axborot-didaktik ta’minoti bo‘yicha taklif va tavsiyalar, talabalarga ingliz tili fanini integral bilingval o‘qitishning nazariyasi va amaliyoti birligini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlashga oid takliflar “English for technical studens” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan №302-166-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, mazkur o‘quv qo‘llanma texnika oliy ta’lim muassasalarida ingliz tili fanini o‘qitish metodikasini zamonaviy metodlar asosida takomillashtirishga xizmat qilgan;
ta’lim jarayoniga texnik va didaktik vositalar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari komponentlarining uzviyligini ta’minlash va ilmiy mazmundagi integrativ ijodiy topshiriqlar, interfaol metodlar, intensiv tajriba-izlanishlar, avtomatik nazorat shakllarini emperik jihatdan asoslash orqali takomillashtirilgan bo‘lajak muhandislarga ingliz tilini integral bilingval o‘qitish metodikasi asosida ingliz tilini kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitishga qaratilgan “Teaching English based on competence approach” mobil ilovasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 12-dekabrdagi 02/01-01-100-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish asosida o‘quv dasturlari, lug‘atlar, metodik qo‘llanmalarni takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
maqsad, mazmunli, texnologik-jarayonli, refleksiv-baholash hamda natija komponentlari uzviyligini universallik va izchillik tamoyillariga muvofiq ta’minlash asosida ishlab shiqilgan texnika yo‘nalishi talabalariga ingliz tili fanini integral bilingval o‘qitish metodikasini rivojlantirish modeli Termiz muhandislik-texnologiya instituti, Jizzax politexnika instituti hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 12-dekabrdagi 02/01-01-100-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur metodik modeldan foydalanish talabalarning ingliz tilidan kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga hamda ta’limda o‘quv kurslar mazmuni, o‘qitish metodikasi va Pedagogik tajriba-sinov ishlarining sifat darajasini oshirishga xizmat qilgan.