Xajieva Maksuda Sultanovnaning
fan doktori (DSc) himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Musulmon renessansi ijtimoiy-madaniy an’analarining pedagogik asoslari (Abu Abdulloh Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy, Sa’diy Sheroziy qarashlari asosida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Ped353.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Safo Murodovich Matjonov, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yusupov Qonisbay Abilovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi Abu Abdullo Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy, Sa’diy Sheroziylarning pedagogik g‘oyalari asosida yoshlar tafakkuri va ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashtirish hamda ularni uzlyuksiz ta’lim tizimiga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abu Abdullo Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy, Sa’diy Sheroziylarning pedagogik qarashlari tarbiyaviy yo‘nalishlariga doir imitatsion va pedagogik xususiyatlarning qiyosiy tipologiyasi musulmon renessansi ijtimoiy-madaniy an’analarining xususiyatlari asosida aniqlashtirilgan;
sharqona aksiologik qadriyatlar va pedagogik evdemoniyadagi mehr-shafqat, muhabbat, millatlararo totuvlik, hamjihatlilik, bag‘rikenglik, altruizm (insonparvarlikka xos xususiyatlar), adolatlilik, sadoqatlilik, ahllik, vatanparvarlik kabi an’analarning shaxs axloqiy tarbiyasiga pozitiv ta’siri pedagogik ta’limning insonparvarlik tamoyili, kognitiv va aksiologik yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida ochib berilgan;
yoshlarning “ezgulik”, “sharaf”, “vijdon”, “adolat” bilan bog‘liq pedagogik va psixologik ko‘rsatkichlari Abu Abdullo Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy, Sa’diy Sheroziylarning etnopedagogik qarashlari asosida aniqlanib, milliy an’analarga xos tarbiyaviy samaradorligini oshirish mexanizmlari takomillashtirilgan;
Abu Abdullo Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy, Sa’diy Sheroziylarning pedagogik qarashlari vositasida yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasining tashkiliy-tuzilmali modeli globallashuv jarayonida zamonaviy jamiyatga qo‘yilayotgan talablarni tadrijiy (evolyusion) tahlil qilish hamda pedagogik paradigmalarga optimal moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
mutafakkirlarning qarashlaridagi komil inson fazilatlariga ega shaxsni tarbiyalashning uslubiy va kreativlik mezonlarini sotsiometrik ko‘rsatkichlar vositasida aniqlash asosida talabalarda improvizatsion faoliyatni (fikr, dunyoqarash, ijodiy jarayonlar) oshirishda ma’naviy-tarbiyaviy texnologiyalarni qo‘llashga oid didaktik ta’minot tizimini rivojlantirish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abu Abdullo Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy, Sa’diy Sheroziylarning etnopedagogik qarashlari asosida yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini takomillashtirish jarayonini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar hamda tadqiqot natijalari asosida:
musulmon renessansi ijtimoiy-madaniy an’analarining pedagogik asoslarini o‘rganishning nazariy-metodologik xususiyatlarini aniqlash asosida ilmiy dalillangan Abu Abdullo Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy, Sa’diy Sheroziylarning pedagogik qarashlari rivoji, tarbiyaviy yo‘nalishlariga doir imitatsion va pedagogik xususiyatlarning qiyosiy tipologiyasiga oid taklif va tavsiyalar “Globallashuv asoslari” nomli darslik mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 30-iyundagi 359-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 359-032-raqamli guvohnoma). Natijada, bu takliflar talabalarda Abu Abdullo Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy, Sa’diy Sheroziylarning etnopedagogik qarashlari asosida yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini takomillashtirish jarayonini o‘rganishning pedagogik va axloqiylik mazmunini anglash, idrok etish imkoniyatini bergan;
Abu Abdullo Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy, Sa’diy Sheroziylarning etnopedagogik qarashlari asosida aniqlangan va tarbiyaviy samaradorligi ilmiy xolislik asosida baholangan yoshlarning “ezgulik”, “sharaf”, “vijdon”, “adolat” bilan bog‘liq pedagogik va psixologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Korrupsiyaga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rfiy va huquqiy asoslari” nomli darslik mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 106-370-raqamli guvohnoma). Natijada, bu takliflardan oliy pedagogik ta’lim jarayonida foydalanish texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
pedagogik yondashuvlarni globallashuv jarayonida zamonaviy jamiyatga qo‘yilayotgan talablarga amaliy jihatdan moslashtirish asosida ishlab chiqilgan Abu Abdullo Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy, Sa’diy Sheroziylarning pedagogik qarashlari vositasida yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasining tashkiliy-tuzilmali modeliga oid amaliy tavsiyalar va tahlillardan O‘zbekiston Respublikasi “Yuksalish” umummilliy harakatining 2022-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 1.7 “Jamoatchilik kayfiyati” (fuqarolar nimalar haqida o‘ylayapti, nimalarni istashyapti, jamoatchilik fikr), Jamoatchilik fikrini o‘rganish uchun muntazam turli mavzularda ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazish), 2.3 NNT Vakillari bilan muhokama va davra suhbatlarni o‘tkazish (Muhokama uchun tegishli mavzularni aniqlash, NNTlar o‘rtasida muhim tadbirlar bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazish), 4.5 (Umummilliy tadbirlar bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazish) 4.11. Milliy tadqiqotlarni olib borish bandlarni ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Yuksalish” umummilliy harakatining 2022-yil 16-sentyabrdagi 03-08/226-sonli dalolatnomasi). Natijada, “Yuksalish” umummilliy harakatining faoliyat samaradorligini oshirishga hamda aholining ma’naviy-axloqiy madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilgan;
mutafakkirlarning qarashlaridagi komil inson fazilatlariga ega shaxsni tarbiyalashning uslubiy va kreativlik mezonlarini aniqlash orqali asoslangan talabalarda improvizatsion faoliyatni (fikr, dunyoqarash, ijodiy jarayonlar) oshirishda ma’naviy-tarbiyaviy texnologiyalarni qo‘llashga oid didaktik ta’minot tizimini rivojlantirish zarurati bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Ijtimoiy falsafa” nomli darslik mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 388-052-raqamli guvohnoma). Natijada, Abu Abdullo Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy, Sa’diy Sheroziylarning ta’lim-tarbiyaviy g‘oyalari asosida yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini takomillashtirish hamda yoshlar tarbiyasidagi axloqiy me’yor va mezonlarini yuksaltirish borasidagi pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish