Raximova Aziza Davranbekovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maxtumquli Firog‘iy pand-nasihatlari vositasida talabalarda ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni shakillantirishning pedagogik mexanizmlari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3428.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maqsuda Sultonovna, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Safo Matchonov, pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirov Quvondiq Ayitbaevich, pedagogika fanlari doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi Maxtumquli Firog‘iy  pand-nasihatlari vositasida talabalarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Maxtumquli Firog‘iy ma’naviy-axloqiy va madaniy merosining izchillik va argumentlashtirilganlik tamoyillari, nazariy-uslubiy muammolari va mazmun-mohiyati pedagogikaning kontent domenlari va determinantlarini kognitiv qabul qilishning bilish nazariyasining tan olingan usullariga nisbatan qiyosiy va invariant tatbiq etish asosida aniqlashtirilgan;
Maxtumquli Firog‘iy pand-nasihatlari vositasida talabalarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning konstruktiv va destruktiv, psixologik-pedagogik, evristik va uslubiy xususiyatlari hamda imkoniyatlari milliy ta’lim identifikasiyani rivojlantirish bilan bog‘liq ma’naviy-axloqiy mezonlar orqali ta’lim va tarbiya sifatini kvalimetrik baholash orqali aniqlashtirilgan;
mutafakkir qarashlaridagi komillik va o‘zaro hamjihatlik g‘oyalari talabalar faoliyatida namoyon bo‘lishining identikligi, ularning pedagogik-psixologik rivojlanish darajalari hamda epistemologik va kognitiv tamoyillari  zamonaviy pedagogik yondashuvlarni vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari metodik jihatdan tatbiq etish asosida ochib berilgan;    
Maxtumquli ma’naviy-axloqiy va madaniy merosini milliy ta’lim tizimida o‘rganishni takomillashtirishning samaradorlik darajasini ob’ektiv baholash strategiyasining pragmatik, empirik, plyuralistik va deterministik omillari talabalarning individual ta’lim traektoriyasini ularning rivojlanish vektoriga nisbatan to‘g‘ri belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maxtumquli pand-nasihatlari vositasida talabalarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirishga doir ishlab chiqilgan ilmiy-konseptual takliflar asosida:
pedagogikaning yetakchi tamoyillari (insonparvarlik, ilmiylik, ta’lim va tarbiya uzviyligi), kategoriyalari (shaxs, tarbiya, ta’lim) va me’yorlari (jismoniy, ruhiy, ijtimoiy)ga aloqadorligini ilmiy asoslash orqali aniqlashtirilgan Maxtumquli Firog‘iy ma’naviy-axloqiy va madaniy merosining izchillik va argumentlashtirilganlik tamoyillari, nazariy-uslubiy muammolari va mazmun-mohiyatiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” (2012–2014 yy.) mavzusidagi amaliy fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 24-iyundagi 01/12-312-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda hamkorlikda faoliyat yuritish, ma’naviy potensialini jadal rivojlantirish imkoniyatlari ortishiga erishilgan;
        milliy va xorijiy tajribalarni o‘zaro solishtirish va qiyosiy tahlil qilish asosida ochib berilgan mutafakkir qarashlaridagi komillik va o‘zaro hamjihatlik g‘oyalari talabalar faoliyatida namoyon bo‘lishining identikligi, ularning pedagogik-psixologik rivojlanish darajalari hamda epistemologik va kognitiv tamoyillariga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” (2012-2014 yy.) mavzusidagi amaliy fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 24-iyundagi 01/12-312-son ma’lumotnomasi). Natijada shoirning vatan, jamiyat haqidagi gumanistik qarashlari, xalqni birlashtirish yo‘lidagi g‘oyalari talabalarning do‘stlik va xayrixohlik tamoyillariga asoslangan o‘zaro munosabatlarini mustahkamlashga  xizmat qilgan;
         milliy ta’lim identifikasiyani rivojlantirish bilan bog‘liq ma’naviy-axloqiy mezonlar orqali ta’lim va tarbiya sifatini kvalimetrik baholash orqali aniqlashtirilgan Maxtumquli Firog‘iy pand-nasihatlari vositasida talabalarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning konstruktiv va destruktiv, psixologik-pedagogik, evristik va uslubiy xususiyatlari hamda imkoniyatlariga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan bajarilgan F3-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” (2017–2020 yy) mavzusidagi amaliy fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 24-iyun ma’lumotnomasi 01/12-312-son ma’lumotnomasi). Natijada, shoir pand-nasihatlari va hikmatlari asosida talabalarning ajdodlar badiiy-estetik tafakkuri mahsuli bo‘lgan tarixiy-ma’naviy merosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari ortgan;
    pedagogikaning zamonaviy paradigmalari asosida takomillashtirilgan Maxtumquli ma’naviy-axloqiy va madaniy merosini milliy ta’lim tizimida o‘rganishni takomillashtirishning samarali shakl va metodlari hamda samaradorlik darajasini ob’ektiv baholash strategiyasining pragmatik, empirik, plyuralistik va deterministik omillariga doir taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston” telekanali “Gʻazal bo‘stoni”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (2021-2022 yillar) (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanalining 2023 yil 16 yanvardagi 04-36-76-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekiston yoshlarini xalqimizning boy tarixiy va milliy-ma’naviy merosidan foydalangan holda ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish