To‘pchiev Usmon Sindorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda uzumchilik va vinochilik tarixi, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tar575.
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Hushvaqov Nabi Olimovich, tarix fanlari doktori; Mo‘minova Gavhar Esanovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda uzumchilik va vinochilik sohalari tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzumchilik hamda vinochilik masalalarining tarixiy rivojlanish bosqichlariga o’lkada etishtirilib kelinayotgan uzumning mahalliy navlari va ularning nomlari - chillaki, charos (qizil, oq va sariq navlari bo’lgan), oq va qora kishmish, dombrobi, mayizi, kattaqo’rg‘oni, doroyi, oq va pushti husayni, toyifi, sahobi, g‘iloni, ofpari, buvaki, maska, nabishi, toifiyning Xojaaxrori va Qarshi navlari, sultoni, shakarangur, alvoni, sirkoi, shivilg‘oni va boshqa shu kabi navlariga aniqlik kiritilib, o‘lkaga chetdan keltirilgan aleatiko, aligote, arevshat, bayan sheriy, budeshuri tetra, magarach, qora karinka, risling, saperavi, venger muskati kabi yangi uzum navlari va mahalliy navlar bilan chatishtirish natijasida transformatsiyalashuv jarayonlari kechganligi dalillangan;
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonga uzumning aleatiko, aligote, arevshat, bayan sheriy, budeshuri tetra, magarach, qora karinka, risling, saperavi, venger muskati kabi 40 dan ortiq navi olib kelganligi asoslangan;
o‘lkada uzumchilik va vinochilik sohasining rivojlanish jarayonida Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston o’lkasi arzon xomashyo manbai va rus sanoati mollari sotiladigan qulay bozorga aylantirilganligi, mustamlaka hukumatning o’lkada agrar sohada olib borgan bir yoqlama siyosati, ya’ni paxta yakkahokimligi siyosati qishloq xo’jaligining boshqa tarmoqlarining qisqarishi va bu holatda ularning inqiroziga sabab bo’lganligi kabi ziddiyatlar, ekin navlarini mahalliylashtirishda, erni to’yintirish uchun o’g‘itlarni qo’llash, zamonaviy texnikani xo’jalik tarmog‘iga olib kirish, yangi tarmoqlarni shakllantirish kabilarda kamchiliklar, soha rivojining o‘ziga xos yangi uzum navlarini yaratishda mahalliy navlar bilan birga Qrim, Kavkaz, Evropa va Amerikadan keltirilgan yangi navlarni, shuningdek, yovvoyi uzum navlari bilan mahalliy va Evropa navlarini chatishtirish yo’li bilan bog‘liq seleksiya ishlari tendensiyalari ochib berilgan;
uzumchilik va vinochilik sanoati rivojlanishida rusiyzabon mutaxassislar bilan birga mahalliy aholi vakillarining ham roli katta bo‘lganligi hamda sohaning Turkiston o‘lkasi aholisi va Rossiya imperiyasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutgan o‘rni ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkiston o‘lkasi uzumchiligi va vinochilik tarixini o‘rganish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
uzumchilik hamda vinochilik masalalarining tarixiy rivojlanish bosqichlariga o’lkada etishtirilib kelinayotgan uzumning mahalliy navlari va ularning nomlari - chillaki, charos (qizil, oq va sariq navlari bo’lgan), oq va qora kishmish, dombrobi, mayizi, kattaqo’rg‘oni, doroyi, oq va pushti husayni, toyifi, sahobi, g‘iloni, ofpari, buvaki, maska, nabishi, toifiyning Xojaaxrori va Qarshi navlari, sultoni, shakarangur, alvoni, sirkoi, shivilg‘oni va boshqa shu kabi navlariga aniqlik kiritilib, o‘lkaga chetdan keltirilgan aleatiko, aligote, arevshat, bayan sheriy, budeshuri tetra, magarach, qora karinka, risling, saperavi, venger muskati kabi yangi uzum navlari va mahalliy navlar bilan chatishtirish natijasida transformatsiyalashuv jarayonlari O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022 yil 5 dekabrdagi 02-31-1983-son xati). Bu esa, uzumchilik an’analari, qadimiy tajribalar aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayotining bir bo‘lagi ekanligini ko‘rsatib, respublikada uzumchilik sohasini rivojlantirish orqali aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
ushbu davrda o’lkada xali shisha ishlab chiqarish u darajada keng yo’lga qo’yilmagan va uni ishlab chiqarish katta mablag‘ talab etar edi. Bu esa o’z navbatida agar vinoni shishada qadoqlaydigan bo’lsa vino ishlab chiqarish zavodlarga qimmatga tushgan holda, ularning narxining oshib ketishiga sabab bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi faoliyatida foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 01-27-31/03-23-son ma’lumotnomasi). Natilada uzumchilik hamda vinochilik haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va rivojlantirishga, shuningdek agroturizm va ekoturizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qaror hamda loyihalar ijrosini ta’minlashga, mamlakatimizning xalqaro maydonda jozibadorligi va o‘ziga xosligini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan;
uzumchilik va vinochilik sanoati rivojlanishida rusiyzabon mutaxassislar bilan birga mahalliy aholi vakillarining ham roli katta bo‘lganligi hamda sohaning Turkiston o‘lkasi aholisi va Rossiya imperiyasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutgan o‘rni Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023 yil 30 martdagi 02-10/958-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishda yoritilgan Jizzax viloyati uzumchiligi, uzumchilik bilan shug‘ullangan aholi qatlami turmush-tarzi, uzumchilikda qo‘llanilgan mehnat qurollari kabi viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tarixini aks ettiruvchi ma’lumot va tarixiy manbalar, O‘zbekiston Milliy arxividan olingan fotosuratlar Jizzax viloyat tarixi va madaniyati muzeyidagi ekskursiya matnlarini yangilanishi va muzey fondini boyitishda, shunigdek muzeyga tashrif buyuruvchlarning bu borada yanada to‘liqroq tasavvurga ega bo‘lishlariga yordam bergan.