Xolikova Dilobarxon Maxsitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarida innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini takomillashtirish mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4429.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Ibragimova Gulsanam Ne’matovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Asqarova O‘g‘ulxon Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori(DSc), professor; Maxmudov Abdulhalim Xamidovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda innovatsion fikrlash ko‘nikmalarining pedagogik-psixologik xususiyatlari (kreativ, affektiv, kognitiv) innovatsion faoliyatni tashkil etishning integrativ tamoyillari, innovatsion-pedagogik kompetensiyalar induktiv  hamda  deduktiv identivligini bilan maqbullashtirish asosida didaktik prinsiplari aniqlashtirilgan;
talabalarda innovatsion fikrlash ko‘nikmalarinining autopedagogik xususiyatlari kasbiy layoqatlilikning asosini tashkil etuvchi didaktik, metodik, tadqiqotchilik, psixologik, kommunikativ, refleksiv kompetensiyalarni integrativ-modulli jihatini shaxsiy salohiyat bilan interiorizatsiyalashuv mexanizmlari asosida takomillashtirilgan;
talabalarda innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modelining tashkiliy-jarayonli komponenti nazariy va amaliy blokni qayta aloqaga kirishuvini ta’minlaydigan tahliliy, amaliy, umumlashtiruvchi bosqichlarda informal tarzda kiritish imkonini beruvchi pedagogik praktikum (“Talabalarda innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini takomillashtirish mexanizmlari” mavzusida qisqa muddatli seminar-trening)ni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
talabalarda innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik shartlari kontekstli ta’limni amalga oshirish, rivojlantiruvchi treninglar, aralash ta’lim, “Event” texnologiyasi integrativ qo‘llash jarayonida improvizatsiya va refleksivlik tamoyillariga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarida innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini takomillashtirish mexanizmlari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalari talabalarini innovatsion fikrlash ko‘nikmalarining pedagogik-psixologik xususiyatlari (kreativ, affektiv, kognitiv) innovatsion faoliyatni tashkil etishning integrativ tamoyillari, innovatsion-pedagogik kompetensiyalar induktiv  hamda  deduktiv identivligini bilan maqbullashtirish asosida didaktik prinsiplari asosidagi taklif va tavsiyalardan pedagogika sohasi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-son buyrug‘iga asosan 676-142-raqamli ruxsatnoma). Natijada, talabalarda innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini takomillashtirishning falsafiy, psixologik va pedagogik omillarini aniqlashtirish hamda talabalarning innovatsion faoliyatni tashkil etish orqali ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarda innovatsion fikrlash ko‘nikmalarinining autopedagogik xususiyatlari kasbiy layoqatlilikning asosini tashkil etuvchi didaktik, metodik, tadqiqotchilikka doir, psixologik, kommunikativ, refleksiv kompetensiyalarni kreativ ta’lim muhiti orqali rivojlantirishning integrativ-modulli jihatini shaxsiy salohiyat bilan interiorizatsiyalashuv mexanizmini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirish, refleksiv yondashuv asosida talabalarda innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish modelining tashkiliy-jarayonli komponentini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar o‘yg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyiha ishida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 11-dekabrdagi 89-03-5202-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-yoshlarda innovatsion fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarda innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini takomillashganlik darajasini ifodalovchi indikatorlar tarkibi davlat ijtimoiy buyurtmasiga muvofiq innovatsion faollik, kreativlik, kognitivlik, kommunikativlik, integrativlik, faol fuqarolik, o‘zini o‘zi rivojlantirish, umummadaniy va ma’rifiy tayanch kompetensiyalar asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fan va Texnologiyalar agentligi tomonidan taqdim etilgan OTF-1-100 raqamli 2017 – 2020-yillarga mo‘ljallangan Davlat ilmiy–texnika dasturlari doirasidagi “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot voitalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” nomli fundamental loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 11-dekabrdagi 89-03-5202-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini takomillashtirishning konseptual, antropologik, integrativlik, kreativlik omillari va talablari talabalarning innovatsion, ijodkorlik, mas’uliyatlilik, moslashuvchanlik va kommunikativlik kabi ko‘rsatkichlari dinamikasining oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish