Kadirova Moxigul Xamitovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamlashtirish orqali jinoyat protsessual muddatlarni takomillashtirish muammolari”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Yu147.
Ilmiy rahbar: Pulatov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Raxmonova Surayyo Maxmudovna, yuridik fanlar doktori, professor; Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xayriev Nodirjon Isroilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi raqamlashtirish orqali jinoyat protsessual muddatlarni takomillashtirish hamda odil sudlovni ta’minlashning tezkor mexanizmini shakllantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surishtiruvchi, tergovchi jinoyat ishini o‘z ish yurituviga olganda jinoyat ishini yuritish shakli (formati)ni elektron yoki qog‘ozda tanlash to‘g‘risida asoslantirilgan qaror qabul qilishi va uning nusxasini yigirma to‘rt soat ichida prokurorga yuborishi asoslantirilgan;
jinoyat protsessida axborot olish huquqini ta’minlashda foydalanuvchilarga taqdim etilayotgan axborot o‘z vaqtida berilishi va qonunda belgilangan muddatda taqdim etilishi lozimligi asoslantirilgan;
jinoyat protsessida ma’lumot taqdim etish to‘g‘risidagi murojaatni ko‘rib chiqish muddati uni ro‘yxatga olingan kundan boshlanishi zarurligi asoslantirilgan;
dastlabki tergov muddati tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va unga tenglashtirilgan prokuror tomonidan besh oygacha uzaytirilishi, keyinchalik dastlabki tergov muddati faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan etti oygacha uzaytirilishi mumkinligi, ish qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun qaytarib yuborilganda, shuningdek to‘xtatilgan yoki tugatilgan ish qayta tiklanganda qo‘shimcha tergov muddati mazkur ishni tergovchi qabul qilgan paytdan e’tiboran bir oy doirasida belgilanishi, bu muddatni yanada uzaytirish ish prokurorga berilgunga, to‘xtatib turilgunga yoki tugatilgunga qadar o‘tgan tergov muddati hisobga olingan holda umumiy asoslarda amalga oshirilishi asoslantirilgan;
surishtiruv jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan kundan boshlab bir oydan oshmagan muddatda tamomlanishi, surishtiruv muddati prokuror tomonidan yigirma kungacha uzaytirilishi mumkinligi, ish qo‘shimcha surishtiruv o‘tkazish uchun qaytarib yuborilganda, shuningdek to‘xtatilgan yoki tugatilgan ish qayta tiklanganda qo‘shimcha surishtiruv muddati mazkur ishni surishtiruvchi qabul qilgan paytdan e’tiboran o‘n kun doirasida belgilanishi asoslantirilgan;
ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddati ishni muhokama qilish boshlangan kundan e’tiboran bir oydan oshmasligi, ushbu muddat birinchi instansiya sudining ajrimiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudining raisi tomonidan ikki oygacha uzaytirilishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamlashtirish orqali jinoyat protsessual muddatlarni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida quyidagi takliflar ishlab chiqildi va amalga oshirildi:
surishtiruvchi, tergovchi jinoyat ishini o‘z ish yurituviga olganda jinoyat ishini yuritish shakli (formati)ni elektron yoki qog‘ozda tanlash to‘g‘risida asoslantirilgan qaror qabul qilishi va uning nusxasini yigirma to‘rt soat ichida prokurorga yuborishi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining yangi loyihasining 344 va 3811-moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasining 2022-yil 13-dekabrdagi 27/2-339-22-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning kiritilishi jinoyat-protsessual huquqida elektron raqamli jinoyat ishining huquqiy asoslarini va tartibini mustahkamlashga xizmat qildi;
foydalanuvchilarga taqdim etilayotgan axborot o‘z vaqtida berilishi va qonunda belgilangan muddatda taqdim etilishi lozimligi bo‘yicha takliflar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi “Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta’minlash to‘g‘risida”gi Plenum Qarorining 20-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022 yil 13 dekabrdagi PL-73-22-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning kiritilishi sud muhokamasi oshkoraligi va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqining o‘z vaqtida ta’minlanish tartibini mustahkamlashga xizmat qilgan;
ma’lumot taqdim etish to‘g‘risidagi murojaatni ko‘rib chiqish muddati uni ro‘yxatga olingan kundan boshlanishi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining “Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta’minlash to‘g‘risida”gi Plenum Qarorining 22-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022 yil 13-dekabrdagi PL-73-22-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning kiritilishi sudlar faoliyatiga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini tartibga solishga xizmat qilgan;
dastlabki tergov muddati tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va unga tenglashtirilgan prokuror tomonidan besh oygacha uzaytirilishi, keyinchalik dastlabki tergov muddati faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan etti oygacha uzaytirilishi mumkinligi, ish qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun qaytarib yuborilganda, shuningdek to‘xtatilgan yoki tugatilgan ish qayta tiklanganda qo‘shimcha tergov muddati mazkur ishni tergovchi qabul qilgan paytdan e’tiboran bir oy doirasida belgilanishi, bu muddatni yanada uzaytirish ish prokurorga berilgunga, to‘xtatib turilgunga yoki tugatilgunga qadar o‘tgan tergov muddati hisobga olingan holda umumiy asoslarda amalga oshirilishi bo‘yicha takliflar
2017-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda
Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi 421-sonli Qonuni bilan kiritilgan Jinoyat-protsessual kodeksining 351-moddasining beshinchi-sakkizinchi qismlarini ishlab chiqishda foydalanilgan
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 26-dekabrdagi
06-13/77-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning kiritilishi jinoyat-protsessual huquqida dastlabki tergov muddatining qisqartirilishiga xizmat qildi;
surishtiruv jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan kundan boshlab bir oydan oshmagan muddatda tamomlanishi, surishtiruv muddati prokuror tomonidan yigirma kungacha uzaytirilishi mumkinligi, ish qo‘shimcha surishtiruv o‘tkazish uchun qaytarib yuborilganda, shuningdek to‘xtatilgan yoki tugatilgan ish qayta tiklanganda qo‘shimcha surishtiruv muddati mazkur ishni surishtiruvchi qabul qilgan paytdan e’tiboran o‘n kun doirasida belgilanishi bo‘yicha takliflar 2017-yil 6-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi 442-sonli Qonuni bilan kiritilgan Jinoyat-protsessual kodeksining 461-bobini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 26-dekabrdagi
06-13/77-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning kiritilishi jinoyat-protsessual huquqida surishtiruv muddatining takomillashishiga xizmat qilgan;
ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddati ishni muhokama qilish boshlangan kundan e’tiboran bir oydan oshmasligi, ushbu muddat birinchi instansiya sudining ajrimiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudining raisi tomonidan ikki oygacha uzaytirilishiga oid takliflar
2017-yil 6-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi 442-sonli Qonuni bilan kiritilgan Jinoyat-protsessual kodeksining 4051-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 26-dekabrdagi 06-13/77-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning kiritilishi jinoyat-protsessual huquqida jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra dastlabki tergov yoki surishtiruvdan kelgan jinoyat ishlari bo‘yicha sud muhokamasi muddatlarining differensiatsiyalanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish