Islomov Dilshod Shomurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Fransuz va o‘zbek tillarida fonostilistik vositalarning diskursiv-pragmatik tahlili», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2555.
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Karshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori, professor; Haydarov Anvar Askarovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz va o‘zbek tillarida fonostilistik vositalarning diskursiv-pragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fransuz va o‘zbek tillarida fonostilistik vositalarning kompleks tasnifi asosida ularning yuqori funksional potensialga va o‘zining pragmatik tabiatiga egaligi, kontekstual va kommunikativ shartlanganligi, paradigmatik (pog‘onaviy) va sintagmatik (qo‘shnichilik) aktuallashuvi semantika-funksiya-pragmatika bo‘linmas uchligida namoyon bo‘lishi isbotlangan;
fransuz va o‘zbek tillarida fonostilistik vositalarning diskursiv-pragmatik xossalari nutqning mantiqiy urg‘u, kontekst va ohang vositasida kommunikativ yoki aktual bo‘laklarga ajralishida namoyon bo‘lishi, fikr yoki propozisiyaning kommunikativ markazini belgilash funksiyasining nutq tovushlari talaffuzi va yozilishi bilan bog‘liqlikda amalga oshishi dalillangan;
qiyoslanayotgan tillarda fonostilistik jihatdan intonatsiyaning logik-ekspressiv hamda emotsional-ekspressiv ko‘rinishlari so‘zlovchining ruhiy holati, kayfiyati, hissiy tuyg‘usi, sevish, hayrat, ajablanish, erkalash, qo‘rqinch kabi qator ma’nolarni anglatib, nutq zanjirni hosil qilishda uch supersegment element - intonatsiya, pauza hamda urg‘uning bir vaqtda voqelanishi asoslangan;
qardosh bo‘lmagan ikki tilda alliteratsiya, assonans, eliziya, metateza, epinteza, proteza, sinkopa, aferezis singari fonostilistik vositalar jarangli/jarangsiz, ovozli/ovozsiz, frikativ/oklyuziv fonemalar, arxifonema, singarmonizm, fonologik oppozisiya, korrelyasiya kabi hodisalarda tillararo farqlanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransuz va o‘zbek tillarida fonostilistik vositalarning diskursiv-pragmatik xususiyatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
fransuz va o‘zbek tillarida fonostilistik vositalarning kompleks tasnifi asosida ularning yuqori funksional potensialga va o‘zining pragmatik tabiatiga egaligi, kontekstual va kommunikativ shartlanganligi, paradigmatik (lisoniy) va sintagmatik (nutqiy) aktuallashuvi semantika-funksiya-pragmatika bo‘linmas uchligida namoyon bo‘lishiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 17-dekabrdagi 17.01/145-son ma’lumotnomasi). Natijada qiyoslanayotgan tillardagi fonostilistik vositalarning diskursiv-pragmatik xususiyatlarining mushtaraklik va o‘ziga xosliklarning matnlarda faollashuvini o‘rganish imkoniyatlari kengaygan;
fransuz va o‘zbek tillarida fonostilistik vositalarning diskursiv-pragmatik xossalari nutqning mantiqiy urg‘u, kontekst va ohang vositasida kommunikativ yoki aktual bo‘laklarga ajralishida namoyon bo‘lishi, fikr yoki propozisiyaning kommunikativ markazini belgilash funksiyasining nutq tovushlari talaffuzi va yozilishi bilan bog‘liqlikda amalga oshishiga doir xulosalardan «O‘zbekiston-Fransiya» do‘stlik jamiyati 56-01/10 «Tarixiy yodgorliklar targ‘ibotida O‘zbekiston ziyoratgohlari katalogining (besh tillik) innovatsion imkoniyatlari» mavzusidagi davlat granti doirasida «O‘zbekiston ziyoratgohlari va muqaddas qadamjolari» katalogini tarjima qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston-Fransiya do‘stlik jamiyatining 2022-yil 2-dekabrdagi 90-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari fransuz va o‘zbek tili fonetikasi bilan bog‘liq so‘z va iboralarni fransuz tiliga tarjima qilish jarayonida duch kelinadigan muammolarni hal qilishga xizmat qilgan;
qiyoslanayotgan tillarida fonostilistik jihatdan intonatsiyaning logik-ekspressiv hamda emotsional-ekspressiv ko‘rinishlari so‘zlovchining ruhiy holati, kayfiyati, hissiy tuyg‘usi, sevish, hayrat, ajablanish, erkalash, qo‘rqinch kabi qator ma’nolarni anglatib, nutq zanjirni hosil qilishda uch supersegment element intonatsiya, pauza, hamda urg‘uning bir vaqtda voqelanishiga bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” kabi turkum ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 15-iyundagi 1/160-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga erishilgan.