Abdullaeva Nabiya Idrisovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i): «Jahon adabiyotida talaba va talabalik tasviri spesifikasi (ingliz va o‘zbek adabiyoti misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro'yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil1058.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko'rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Fayzulla Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Xajieva Feruza Melsovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek adabiyotida talaba, talabalik tasviri spesifikasi, evolusiyasi hamda poetikasidagi umumiy xususiyatlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qiyoslanayotgan tillar adabiyotidagi “universitet romani”, “akademik roman”, “ilmiy roman”, “filologik roman”larning jahon adabiyotida shakllanish omillari, janriy tabiati, badiiy syujet qurilishi “universitet nasri”ning roman, qissa, hikoyalarga xos ramziy, marosimiy, psixologik va shakliy (struktural) yo‘nalishlarini belgilashi asoslangan;
ingliz va o‘zbek adabiyoti obrazlari tizimida talaba obrazining o‘rni, asosan antihero sifatida, ya’ni giyohvand, alkogol, buzuq, jinoyatchi, qotil qiyofalarida gavdalantirish sabablari, tarbiyaviy ahamiyati, portreti, muomala va kiyinish madaniyati, nutqi berilishiga xos realistik belgilari, individuallik hamda umumiylik, yaqinlik va mushtaraklik qirralari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek adabiyotida talaba obrazining milliy psixologiyasi, ular ta’lim oladigan muhit va sharoit, oilaning ko‘magi, talaba atrofidagi yordamchi personaj (ustozlari, do‘stlari, raqiblari, sevgilisi, yotoqxona xizmatchilari) bilan ilmiy, axloqiy, ishqiy munosabatlari, milliy hamda mental xususiyatlari lingvopoetik va lingvomadaniy aspektda namoyon bo‘lishi dalillangan;
“universitet nasri”ga oid asarlarda ijtimoiy strukturani badiiy strukturada qayta yaratish tendensiyasining yetakchilik qilishi, mazkur tendensiyaning individual-shaxsiy taqdirlar, sinflar, millatlar, mamlakatlarning tarixiy harakatlari jarayonida namoyon bo‘lishini asardagi voqealar rivojida zohirlanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek adabiyotida talaba obrazi va talabalik tasviri spesifikasini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
qiyoslanayotgan tillar adabiyotidagi “universitet romani”, “akademik roman”, “ilmiy roman”, “filologik roman”larning jahon adabiyotida shakllanish omillari, janriy tabiati, badiiy syujet qurilishi “universitet nasri”ning roman, qissa, hikoyalarga xos ramziy, marosimiy, psixologik va shakliy (struktural) yo‘nalishlarini belgilashiga oid olingan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2013-2015-yillarda bajarilgan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 28-noyabrdagi 481/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek adabiyotining talaba obrazi talqin va tadqiqi aks etgan namunalaridan mavjud dasturlar va qo‘llanmalarda keng foydalanilib, ta’lim jarayonida tarbiya metodlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek adabiyoti obrazlari tizimida talaba obrazining o‘rni, asosan antihero sifatida, ya’ni giyohvand, alkogol, buzuq, jinoyatchi, qotil qiyofalarida gavdalantirish sabablari, tarbiyaviy ahamiyati, portreti, muomala va kiyinish madaniyati, nutqi berilishiga xos realistik belgilari, individuallik hamda umumiylik, yaqinlik va mushtaraklik qirralariga oid nazariy va amaliy materiallardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018-yillarda amalga oshirilgan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 7-yanvardagi 15/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek adabiyotshunosligi, matnshunoslik fanlari rivoji, o‘qituvchilarning lingvistik, kommunikativlik qobiliyatini oshirish, ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va xalqarolashtirishga yangi yondashuvlarni aks ettiruvchi uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga erishilgan;
ingliz va o‘zbek adabiyotida talaba obrazining milliy psixologiyasi, ular ta’lim oladigan muhit va sharoit, oilaning ko‘magi, talaba atrofidagi yordamchi personaj (ustozlari, do‘stlari, raqiblari, sevgilisi, yotoqxona xizmatchilari) bilan ilmiy, axloqiy, ishqiy munosabatlari, milliy hamda mental xususiyatlari lingvopoetik va lingvomadaniy aspektda namoyon bo‘lishiga oid nazariy va amaliy materiallardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2014-2016-yillarda amalga oshirilgan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 7-yanvardagi 13/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijalar oliy o‘quv yurtlarida adabiyotshunoslik, qiyosiy adabiyotshunoslik fanlari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qish, maxsus kurslar o‘tish, innovatsion o‘quv qo‘llanmalar yaratish sifati oshirilishiga xizmat qilgan;
“universitet nasri”ga oid asarlarda ijtimoiy strukturani badiiy strukturada qayta yaratish tendensiyasining yetakchilik qilishi, mazkur tendensiyaning individual-shaxsiy taqdirlar, sinflar, millatlar, mamlakatlarning tarixiy harakatlari jarayonida namoyon bo‘lishini asardagi voqealar rivojida ko‘rish mumkinligiga bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Til – millat ko‘zgusi”, “Assalom Buxoro”, “Adabiy muhit” teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 22-sentyabrdagi 1/238-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommaboplik xususiyati oshirilgan, qiziqarli tahliliy materiallar teletomoshabinlar e’tiboriga havola qilingan va u yangi manbalar bilan takomillashgan.