Murodova Durdona Boxodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Pak Vanso romanlarida millat muammosining badiiy talqini”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2505.
Ilmiy rahbar: Saydazimova Umida Turaxanovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Muxibova Ulpatxon Uchkunovna, filologiya fanlari doktori, professor; Kim Viktoriya Nikiforovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Pak Vanso romanlarida fuqarolar urushi davri mafkuraviy ixtilofning millat taqdiriga ta’siri masalalarini aniqlash, adiba asarlarida muallif “men”i, shaxs konsepsiyasi, psixologik peyzaj tasviri, yozuvchi tayangan estetik tamoyillarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy adabiy harakat faoliyatida mafkuraviy kurashlarning roli, iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy-madaniy yangilanishlar, tarixiy sharoitlarning ma’naviy muhit, xususan, badiiy adabiyotga ta’siri dalillangan;
yozuvchining poetik olamini yoritishda hikoya (tanpxyon-sosol단편소설) va roman (chjanpxyon-sosol장편소설)larining mazmun-mohiyati, har ikki janrdagi mushtarak mavzu (fuqarolar urushi, mafkuraviy bo‘linish, urush) talqinida yozuvchining mahorati hamda o‘ziga xos dunyoqarashi asoslangan;
romanlarda mafkuraviy ixtilof tasvirida millat fojiasi, urush bevasi (urush sabab bo‘linish oqibatida ikki mamlakatda qolib ketgan er-xotinlar), oila boshlig‘i (mamlakatda yuzaga kelgan ishsizlik muammosini engib o‘tishda ayollar faollikni o‘z qo‘llariga olishdi), boquvchi (urush davrida erkaklarning barchasi urush maydoniga jalb etilgani sabab oilani asrash va boqish ayollar zimmasiga tushdi) kabi masalalarni yoritishda adibaning umumlashma obrazlar yaratish mahorati dalillangan;
adiba romanlarida muallif obrazi, urush maydonida ayollar mavqeining o‘zgarishi, mafkuraviy qarama-qarshiliklar sabab ruhiy zo‘riqish, oila va milliy qadriyatlar inqirozi tasvirida ichki monolog, tabiat unsurlariga murojaat, yangi ayol tipi portretini chizish, qahramon xarakterini yaratish, ichki va tashqi konfliktni ko‘rsatuvchi umumlashma obrazlar yaratish kabi uslubiy tamoyillari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy koreys nasrida millat muammosining badiiy talqini tadqiqoti bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
Adiba yaratgan romanlarning zamonaviy nasr rivojlanishida tutgan o‘rni, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, tarixiy va mafkuraviy omillarning adabiy soha, xususan, badiiy adabiyotga ta’siri natijasida yuzaga kelgan vaziyat sabab hududiy bo‘linish yozuvchilar zimmasiga o‘z yo‘lini tanlash vazifasi yuklash masalalariga oid materiallardan Koreya Respublikasining Jeju milliy universitetida “2021-yil KF Next Generation Korean Teacher Course” kurs tinglovchilari uchun ma’ruzalar siklida foydalanilgan (Koreya Respublikasining Jeju milliy universitetining “2021-yil KF Next Generation Korean Teacher Course” 2021-yil 24-sentyabrdagi ma’lumotnomasi). “Tog‘ chindan ham o‘sha erda bo‘lganmi?” (“그 산이 정말 거기 있었을까”) romanida Koreya urushi boshlanishidan oldin ahil-totuvlikda istiqomat qilgan bir oila vakillarining turli mafkuraviy g‘oyalar asosida barbod bo‘lishi, bosh qahramon akasi obrazida mazkur davr yoshlarining o‘z qarashlarida sobit bo‘la olmaganliklari, goh so‘l, goh o‘ng qanot tarafdorlari ilgari surgan g‘oya ta’siriga tushishi sabablari aniqlangan.
Pak Vanso romanlarida zamonaviy nasr taraqqiyoti, nasr rivojida milliy adabiy harakatning o‘rni, adibalar faoliyati masalasiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston-Koreya do‘stlik jamiyati tomonidan o‘tkazilgan ilmiy seminarlarda foydalanilgan (O‘zbekiston-Koreya do‘stlik jamiyatining 2022-yil 28-noyabr sanasidagi 3-22-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi fuqarolar urushi davri koreys adabiyotida yuz bergan jarayonlar, uning rivojlanish dinamikasi, roman janrida yuz bergan sifat o‘zgarishi o‘rganilgan; avtobiografik roman – “Shuncha shinganining gulini kim egan?” (“그 많던 싱아는 누가 다 먹었을까”)da muallif obrazi, 1940-1950-yillardagi ijtimoiy hayot, unutilayotgan qadriyatlar, oila mavqeining pasayishi, ilk mustaqillik yillari, urush oldi voqealar, inson qalbi kabi davrning o‘tkir muammolari aks ettirilishi sabablarini aniqlashga xizmat qilgan.
fuqarolar urushi fojiasiga qaratilgan, san’at darajasiga ko‘tarilgan asarlarda tarixiy-madaniy jarayonlar, badiiy asarlarda an’ana va novatorlik o‘rtasidagi to‘qnashuv, insoniyatning tanazzul tarixi, ma’naviy-ruhiy inqirozi hodisalarining aks ettirilishiga doir materiallaridan Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Sejong instituti tomonidan o‘tkazilgan ilmiy seminarlarda foydalanilgan (Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Sejong institutining 2022-yil 8-noyabrdagi ma’lumotnomasi). Adiba qalamiga mansub romanlarda fuqarolar urushi hamda bo‘linish kabi tarixiy notinchlik, qiyinchiliklar davri Koreyada yuz bergan murakkab adabiy-madaniy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar aks ettirilish uslublari aniqlangan;
Pak Vansoning romanlarida shaxsning o‘sishi, dunyoni tanishi, o‘zligini anglashi, darz ketgan oilaviy munosabatlar doirasida ayol konsepsiyasining yangi talqini, romanga tushirilgan voqea-hodisalar zamirida mazkur davr muhitining mohirona joylashtirilishi, adibaning poetik mahoratini o‘rganish kabi masalasiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan 2022-yilda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oilaviy” teleradiokanali muharririyatining “Foreign language” nomli dasturlari ssenariysini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oilaviy” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2022-yil 10-iyundagi 02-05-877-sonli ma’lumotnomasi). Ijodkor badiiy-estetik qarashlari, tafakkuri, muallif “men”i va ruhiy tasvir uyg‘unligi, Pak Vanso romanlarida badiiy kashfiyotlar tizimini ochib berish orqali xorijiy mamlakatlar adabiyotiga oid ko‘rsatuvlarning saviyasi oshirilishiga erishilgan.