Maripova Xurshidaxon Muzafarjonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Harbiy frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari (nemis va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.11 - Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil1075.    
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Sohibaxon Yakubovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Hoshimov G‘anijon Mirzaaxmedovich, filologiya fanlari doktori, professor, Yusufaliev Elyorbek Mashrabovich, filologiya fanlari nomzodi (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi:
harbiy sohaga oid frazeologik birliklar orqali nemis  va o‘zbek tillaridagi olamning harbiy lisoniy manzarasiga xos milliy va madaniy xususiyatlarni aniqlashdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nemis va o‘zbek tillari misolida harbiy frazeologik birliklarning leksik-semantik aspektdagi milliy-madaniy va etnik konnotatsiyasi, shuningdek, harbiy submadaniyatga oid frazeologik birliklar va ularning emotsional xususiyatlari, jargon tabiati, harbiylar diskursida frazeologik birliklar asosida voqelanadigan ma’no va tushunchalar, harbiylar milliy mentaliteti, dunyoqarashi hamda an’analari bilan bog‘liq ravishda sohaning terminologik frazeologiyasi va norasmiy muloqot tili aniqlangan;
xulq-atvor va qadriyat stereotiplari asosida harbiy xizmatchining shaxsiy xarakteri shakllanishi, harbiy madaniyat vakillarining muloqot jarayonidagi nutqiy vaziyatlarda namoyon bo‘luvchi fe’l-atvori, xarakteri va axloqiy qadriyatlari antropomorfik, kvantitativ va obektivlik kabi lingvomadaniy kodlar asosida dalillangan;
harbiylar frazeologiyasi semantik va lingvomadaniy aspektda turli guruhlarni tashkil etishi, bu guruhlarning frazeologik fondi harbiy xizmatchilar dunyoqarashi  va madaniy  xotirasi bilan bog‘liq  ekanligi, harbiy-norasmiy frazeologik birliklar armiya, etnik jamoa va muayyan etnik guruh mentalitetini namoyon etishi hamda o‘zi mansub bo‘lgan milliy madaniyat ta’sirida shakllanishi isbotlangan;  
harbiy jargonlarning etnik komponentlari va ular asosida ifodalanadigan madaniy konnotatsiyalar asosida namoyon bo‘ladigan obrazlilik, baholash (subektiv baholash konnotatsiyasi), ekspressivlik bilan bog‘liq milliy-madaniy, shuningdek, harbiy jamiyatning jamoaviy ongida jangovar shaylik, intizom, jasorat, sadoqat, hurmat, sharaf, fidoyilik kabi ijobiy stereotiplarda namoyon bo‘ladigan umuminsoniy fazilatlar bilan birga dangasalik, tajribasizlik, kasbiy mahoratning etishmasligi, befarqlik, qo‘rqoqlik, xizmat vazifalarini bajarishdan bosh tortishlik va asabiylik kabi salbiy stereotiplar asosida olam frazeologik manzarasida harbiy submadaniyat vakilining ijobiy va salbiy qiyofasi shakllanishi asoslangan;
harbiy jargon professional harbiy xizmatchining bevosita kompetensiya va korporativizm kabi xususiyatlarida namoyon bo‘lishi,  “qurol” komponentli frazeologizmlar majoziy asosiga ko‘ra shaxs xotirasida barqaror birlik sifatida dekodlanishi va pragmatik o‘lchov doirasida lingvistik bilimga o‘tkazilishi, shuningdek, harbiy frazeologik birliklar o‘z tarkibiga ko‘ra ijobiy-meliorativ, salbiy-neyorativ hamda baholash tushunchalariga ega ekanligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Harbiy frazeologik birliklarning lingvokultrologik xususiyatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
harbiy jargonlarning etnik komponentlari va ular asosida ifodalanadigan madaniy konnotatsiyalar asosida namoyon bo‘ladigan obrazlilik, baholash (subektiv baholash konnotatsiyasi), ekspressivlik bilan bog‘liq milliy-madaniy, shuningdek, harbiy jamiyatning jamoaviy ongida jangovar shaylik, intizom, jasorat, sadoqat, hurmat, sharaf, fidoyilik kabi ijobiy stereotiplarda namoyon bo‘ladigan umuminsoniy fazilatlar bilan birga dangasalik, tajribasizlik, kasbiy mahoratning etishmasligi, befarqlik, qo‘rqoqlik, xizmat vazifalarini bajarishdan bosh tortishlik va asabiylik kabi salbiy stereotiplar asosida olam frazeologik manzarasida harbiy submadaniyat vakilining ijobiy va salbiy qiyofasi shakllanishiga doir  xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-0-43429-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 3-apreldagi 152/1-son ma’lumotnomasi). Natijada til nazariyasi va amaliy lingvistika uchun muhim degan xulosaga kelishga asos bo‘lgan;
harbiylar frazeologiyasi semantik va lingvomadaniy aspektda turli guruhlarni tashkil etishi, bu guruhlarning frazeologik fondi harbiy xizmatchilar dunyoqarashi  va madaniy  xotirasi bilan bog‘liq  ekanligi, harbiy-norasmiy frazeologik birliklar armiya, etnik jamoa va muayyan etnik guruh mentalitetini namoyon etishi hamda o‘zi mansub bo‘lgan milliy madaniyat ta’sirida shakllanishi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar innovatsiya markazida yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, xorijiy tillarni o‘rganishga va ularning o‘z madaniyatlariga  bo‘lgan qiziqishini oshirish, tillarni qiyoslash orqali mukammal o‘rganish jarayonini takomillashtirish, yoshlardagi ijodiy g‘oyalar, ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, lingvomadaniy dunyoqarashni takomillashtirish chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari uchun ma’ruzalar tayyorlashda muhim ma’lumotlar manbayi sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar innovatsiya markazining 2022-yil 12-sentyabrdagi 022-son ma’lumotnomasi). Natijada chora-tadbirlar rejasi va targ‘ibot ma’ruzalari ilmiy asoslar, samarador tahliliy materiallar bilan boyitilgan;
nemis va o‘zbek tillari misolida harbiy frazeologik birliklarning leksik-semantik aspektdagi milliy-madaniy va etnik konnotatsiyasi, shuningdek, harbiy submadaniyatga oid frazeologik birliklar va ularning emotsional xususiyatlari, jargon tabiati, harbiylar diskursida frazeologik birliklar asosida voqelanadigan ma’no va tushunchalar, harbiylar milliy mentaliteti, dunyoqarashi hamda an’analari bilan bog‘liq ravishda sohaning terminologik frazeologiyasi va norasmiy muloqot tili asosidagi xulosalaridan 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi faoliyatida foydalanilgan (Fargona viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 30-avgustdagi 53-son ma’lumotnomasi). Natijada harbiy soha vakillari ichki dunyoqarashi va madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari, ularda ham ijobiy, ham salbiy jihatlarning mavjudligi borasidagi xulosalar asosida yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda, o‘z-o‘zini anglashda muhim manba bo‘lib xizmat qilishiga erishilgan;
harbiy jargon professional harbiy xizmatchining bevosita kompetensiya va korporativizm kabi xususiyatlarida namoyon bo‘lishi,  “qurol” komponentli frazeologizmlar majoziy asosiga ko‘ra shaxs xotirasida barqaror birlik sifatida dekodlanishi va pragmatik o‘lchov doirasida lingvistik bilimga o‘tkazilishi, shuningdek, harbiy frazeologik birliklar o‘z tarkibiga ko‘ra ijobiy-meliorativ, salbiy-neyorativ hamda baholash tushunchalariga ega ekanligi to‘g‘risidagi xulosalardan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining “Qadriyat”, “Ma’naviyat sarchashmasi”, “Ziyo sari”, “Zamondosh”, “Adabiy muhit” ko‘rsatuvlari hamda ”Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi” va “Ziyo maskanlarida” nomli radioeshittirishlar dasturlari senariylarini tayyorlashda amaliy foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 9-sentyabrdagi 190-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlarda harbiy soha vakillari tafakkuridagi harbiy terminlar va frazeologik birliklarning tana ruhiga singishi kabi konseptual manzarasini yoritib berishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish