Vositov Volijon Abduvaxobovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilidagi turkiy o‘zlashmalar: Sotsiolingvistik aspekt”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.2.DSc/Fil449.      
Ilmiy maslahatchi: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Huriniso Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ziyaev Avazjon Ixtiyorovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ergasheva Guli Ismoil qizi, filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi ingliz-turkiy tillari aloqalarining turlarini, turkiy so‘zlarning ingliz tili leksik qatlamida paydo bo‘lish sabablarini, ingliz tiliga turkiy tillardan so‘z o‘zlashtirilishining bosqichlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon tilshunosligida o‘zlashma so‘zlar, bilingvizm, polilingvizm va ularning turlari borasidagi ilmiy adabiyotlar tahlil qilinib, ingliz tiliga o‘zlashgan turkiy so‘zlarni ajratishda ingliz yozma yodgorliklari muhim lingvistik manba ekanligi isbotlanib, bilingvizm va polilingvizmning kontakt va distant turlari aniqlangan;
Angliya-Turkiya va Angliya-O‘rta Osiyo davlatlari tillari aloqalari ekstralingvistik omillar natijasida bevosita Angliya-Turkiya, Angliya-O‘rta Osiyo davlatlari tillari aloqalari va bilvosita ingliz-turkiy tillar aloqalari tiplari aniqlangan;   
ingliz yozma yodgorliklari matnlari va leksikografik manbalardagi turkiy o‘zlashmalarning semantik strukturasidagi sifat o‘zgarishlari so‘zning ma’no doirasining torayishi va semantik sferasining ijobiy, salbiy ottenkaga ega bo‘lishi hamda so‘z ma’nosini ko‘chirish yo‘li orqali uning ma’nosining kengayishi bilan bog‘liq semantik o‘zgarishlar ochib berilgan;
XVI–XX asrlar ingliz yozma yodgorliklari matnlarida qo‘llanilgan turkiy so‘zlarning struktur-morfologik, xronologik va tema¬tik tamoyil bo‘yicha leksik-semantik jihatdan inson va jamiyat, uy jihozlari, mehnat va hordiq, inson aqliy faoliyati bilan bog‘liq tushunchalarni anglatuvchi guruhlari va ularning etimologiyasi, XXI asrga kelib O‘zbekistonning dunyodagi ko‘plab mamlakatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy, diplomatik aloqalarini yanada mustahkalanishi ortidan ingliz tiliga o‘zlashgan kurash, chala, yonbosh, halol, g‘irrom kabi so‘zlar aniqlangan;
XVI–XX asrlar ingliz yozma yodgorliklari, XXI asrda o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima asarlar matnlarida qo‘llanilgan turkiy o‘zlashmalarning fonetik, leksik-semantik va grammatik jihatdan moslashuvi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada  ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
jahon tilshunosligida o‘zlashma so‘zlar, bilingvizm, polilingvizm va ularning turlari borasidagi ilmiy adabiyotlar tahlil qilinib, ingliz tiliga o‘zlashgan turkiy so‘zlarni ajratishda ingliz yozma yodgorliklari muhim lingvistik manba ekanligi isbotlangan, bilingvizm va polilingvizmning kontakt va distant turlari xususidagi xulosalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+ SBNEIMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” mavzusidagi loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 09- noyabrdagi 3071/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ichida tadqiqot ishini takomillashtirishda, xususan mazkur manbalar loyiha materiallarini mukammallashtirgan va talabalarning lingvistik kompetensiyasini oshirgan;
Angliya-Turkiya va Angliya-O‘rta Osiyo davlatlari tillari aloqalari ekstralingvistik omillar natijasida bevosita Angliya-Turkiya, Angliya-O‘rta Osiyo davlatlari tillari aloqalari va bilvosita ingliz-turkiy tillar aloqalari tiplari haqidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan 2014-2015-yillarga mo‘ljallangan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 09-noyabrdagi 3070/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy dalillar bilan boyitildi, xususan axborot-komunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etishda turkiy leksik birliklarni lingvistik tadqiqot obekti sifatida olinishi muhim ahamiyat kasb etgan;
    ingliz yozma yodgorliklari matnlari va leksikografik manbalardagi turkiy o‘zlashmalarning semantik strukturasidagi sifat o‘zgarishlari so‘zning ma’no doirasining torayishi va semantik sferasining ijobiy, salbiy ottenkaga ega bo‘lishi hamda so‘z ma’nosini ko‘chirish yo‘li orqali uning ma’nosining kengayishi bilan bog‘liq semantik o‘zgarishlar kabi ilmiy yangiliklardan Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi A.Najmeddinov rahbarligida S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyihasi doirasidagi ta’limiy, madaniy sohadagi tadbirlar, amaliy ishlarda foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2022-yil 14-dekabrdagi 347-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
XVI–XX asrlar ingliz yozma yodgorliklari matnlarida qo‘llanilgan turkiy so‘zlarning struktur-morfologik, xronologik va tema¬tik tamoyil bo‘yicha leksik-semantik jihatdan inson va jamiyat, uy jihozlari, mehnat va hordiq, inson aqliy faoliyati bilan bog‘liq tushunchalarni anglatuvchi guruhlari va ularning etimologiyasi, XXI asrga kelib O‘zbekistonning dunyodagi ko‘plab mamlakatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy, diplomatik aloqalarini yanada mustahkalanishi ortidan ingliz tiliga o‘zlashgan kurash, chala, yonbosh, halol, g‘irrom kabi yangiliklardan Namangan davlat universiteti Amaliy ingliz tili kafedrasi falsafa fanlari doktori (PhD) D.M.Sarimsaqova boshchiligida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasining Alimni Outreach Grans Program dasturi doirasida 2020-2021-yillarda Namangan davlat universitetida bajarilgan S-UZ800-20-IN-0106 raqamli “Virtual Workshop on Collaborative Action Research for English Teachers” amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2023-yil 23-yanvardagi 27-01-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
XVI–XX asrlar ingliz yozma yodgorliklari, XXI asrda o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima asarlar matnlarida qo‘llanilgan turkiy o‘zlashmalarning fonetik, leksik-semantik va grammatik jihatdan moslashuvi borasidagi ma’lumotlardan Eronning Mashhad Firdavsiy universiteti ta’lim jarayonida foydalanilgan (Eron Islom Respublikasi Mashhad Firdavsiy universitetining 2023-yil 14-fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan ma’lumotlar tilshunoslik sohasida ilmiy izlanish bilan shug‘ullanayotganlarga foydadan holi emas, shuningdek ilmiy yangiliklar asosida ona tilisi turkiy tillardan biri bo‘lmagan talabalar uchun turkiy tillar tilshunosligi bo‘yicha nazariy va amaliy ma’lumotlarga ega bo‘lishida yanada samarali manba bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz yozma yodgorliklari matnlari va leksikografik manbalardagi turkiy o‘zlashmalar ma’nosining torayishi va kengayishi bilan bog‘liq semantik o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 09-noyabrdagi O‘z/RV-2224-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar ilmiy va amaliy jihatdan boyigan, ijtimoiy xususiyatlari ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish