Turdikulova E’zozxon Erkinjon qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining ingliz tilidagi leksik zaxirasini shakllantirish va takomollashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2890.    
Ilmiy rahbar: Alimov Sharabidin Salievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Hoshimov G‘anijon Mirzaaxmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Maxkamova Gulnara Turdiaxunovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi     O‘zbekistondagi rusiyzabon maktabga tayyorlov guruhidagi (6-7 yoshli) maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida zamonaviy o‘qitish uslublari va texnologiyalaridan foydalangan holda ingliz tilining leksik zaxirasini shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maktabgacha yoshdagi bolalarni ingliz tili leksikasini oson o‘zlashtirishlarida psixologik, lingvistik, didaktik va pedagogik omillar muhimligi isbotlangan va chet tilini erta o‘rganishning ongli-qiyosiy, motivatsion va audiovizual usuli afzalligi asoslangan;
rusiyzabon tayyorlov guruhi (6-7 yoshli) bolalarni ingliz tilidagi leksik zaxirasini shakllantirish va takomillashtirishdagi usul va vositalar va umumiy didaktik tamoyillarga asoslangan holda faol va nofaol leksik minimumni tanlash, leksik minimumni o‘zlashtirish bo‘yicha tavsiyalar va ongli-qiyosiy, imitatsion, motivatsion mashqlar ishlab chiqilgan;
rusiyzabon 6-7 yoshdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining nutq qobiliyatlari va til o‘rganishga qiziqishini yanada oshirish uchun pragmatik kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan didaktik, simulyasion, syujetli, kommunikativ, rolli texnologiyalar (CLIL texnologiyasi, STEAM va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar) integratsiyasi asosida ingliz tilidagi leksik zaxirasini shakllantirish va takomollashritish metodikasi ishlab chiqilgan;
6-7 yoshdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ma’naviy tafakkuri va o‘zligini anglashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi milliy mentalitet, madaniyat, qadriyatlar, urf-odatlar elementlari (milliy qahramonlarni yaratish, o‘zbek cholg‘u musiqasi ostida ingliz qo‘shiqlarini ijro etish)dan foydalangan holda ingliz tilidagi leksik zaxirasi bo‘yicha metodik ta’minoti takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ingliz tilidagi leksik zaxirasini shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarni ingliz tili leksikasini oson o‘zlashtirishlarida psixologik, lingvistik, didaktik va pedagogik omillar muhimligi isbotlangan va chet tilini erta o‘rganishning ongli-qiyosiy, motivatsion va audiovizual usuli asosida “Fun English” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 2022-yil 19-iyuldagi 233-0439-raqamli guvohnomasi). Natijada loyihalar, dramatizatsiya, didaktik, faol, mantiqiy o‘yinlar asosida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun «Fun English» o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi grifi olingan;
rusiyzabon tayyorlov guruhi (6-7 yoshli) bolalarni ingliz tilidagi leksik zaxirasini shakllantirish va takomillashtirishdagi usul va vositalar va umumiy didaktik tamoyillarga asoslangan holda faol va nofaol leksik minimumni tanlash, leksik minimumni o‘zlashtirish bo‘yicha tavsiyalar va ongli-qiyosiy, imitatsion, motivatsion mashqlardan A-OT-2021-419 sonli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursining elektron platformasi (Preschool PDP)”ni yaratishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, 2022 yil 15-oktyabrdagi 04/11-6429-son ma’lumotnomasi).  Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish uchun yaratilgan platforma materiallari boyitilgan hamda ingliz tilini o‘qitishda ulardan foydalanish orqali samaradorlik kuzatilgan.
6-7 yoshdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ma’naviy tafakkuri va o‘zligini anglashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi milliy mentalitet, madaniyat, qadriyatlar, urf-odatlar elementlari (milliy qahramonlarni yaratish, o‘zbek cholg‘u musiqasi ostida ingliz qo‘shiqlarini ijro etish)dan foydalangan holda ingliz tilidagi leksik zaxirasini shakllantirish va takomillashtirishga oid materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”, “Bolalar uchun” nomli eshittirishlar ssenariysida (2022-yil avgust va sentyabr oylari) foydalanilgan (“O‘zbekiston” DM teleradiokanalining 2022-yil 17-oktyabrdagi 04-36-1745-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilar muloqot jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarni ingliz tilini o‘rganishdagi psixologik, lingvistik, didaktik va pedagogik omillar, chet tilini o‘rganishda bolalarning ona tilidagi nutqi rivojlanganligi hamda ijtimoiy muhitning o‘rni va ahamiyati haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar, shuningdek, eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan hamda xususiy diskurslarda milliy o‘ziga xoslik ta’minlangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish