Adilov Zafar Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Namangan shahri yodgorliklari arxitekturasi va ular asosida turizm infrastrukturasini takomillashtirish yo‘llari», 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/A101.
Ilmiy rahbar: Mamatmusaev Toxir Shaydulovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Sultanova Dilshoda Namazbaevna, arxitektura fanlari doktori, dotsent; Dosmetova Zuxra Shavkatovna, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Namangan shahri yodgorliklari arxitekturasini ochib berish, turizm infrastrukturasini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mulla Qirg‘iz madrasasining tarhiy echimi o‘rta asrlarga mansub madrasalar tipologiyasidan farq qilgan holda hududning tabiiy sharoitidan kelib chiqib besh burchak tarzda, hozirda saqlanmagan Saidqulibek madrasasi, Ayritosh va Ayritom masjidlari ro‘parasida qo‘sh uslubida qurilganligi, 1972, 1985, 2004, 2011 yillarda uch marotaba ta’mirlanganligi dalillangan;
Atoullixon To‘ra masjidi 1915-1922 yillarda XIX asrning boshida qurilgan eski masjid o‘rnida bunyod etilganligi, O‘rta Osiyodagi XVI asrdan keyin qurilgan obidalar ichida eng katta gumbazga egaligi, masjid tipologiyasi XVI asrda Buxoro viloyati Vangazi qishlog‘ida qurilgan Tosh masjid tipologiyasiga o‘xshashligi, masjidda gumbaz diametrini kattalashtirish evaziga ichkari ustunlarning kamaytirilganligi va yaxlit muhitning ta’minlanganligi isbotlangan.
Namangandagi maqbaralar (Xo‘jamning qabri, Mavlaviy Namangoniy va boshqalar) kompozisiyasi asosan yirik peshtoqli va gumbazli tarzda bo‘lganligi, maqbara-xonaqoh echimdagi tipologiyada shakllantirilganligi, maqbara-xonaqohlar ziyoratchilar uchun turar joy sifatida ham foydalanilganligi aniqlangan;
Namangan shahrining turizm infrastrukturasini boyitishga, ulardan samarali foydalanishga xizmat qiluvchi taklif loyihalari ishlab chiqilib, turistik marshrut yo‘nalishlari shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Namangan shahri yodgorliklari arxitekturasi va ular asosida turizm infrastrukturasini takomillashtirish yo‘llari” mavzusidagi tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Mulla Qirg‘iz madrasasining tarhiy echimi o‘rta asrlarga mansub madrasalar tipologiyasidan farq qilgan holda hududning tabiiy sharoitidan kelib chiqib besh burchak tarzda, hozirda saqlanmagan Saidqulibek madrasasi, Ayritosh va Ayritom masjidlari ro‘parasida qo‘sh uslubida qurilganligi, 1972, 1985, 2004 yillarda uch marotaba ta’mirlanganligi dalillanganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022 yil 22 noyabrdagi 02-06/3928-son ma’lumotnomasi). Natijada Mulla Qirg‘iz madrasi haqidagi ilmiy ma’lumotlarning boyishiga, madrasa yuzasidan aniq qarashlarning yuzaga kelishiga imkoniyat yaratilgan;
Atoullixon To‘ra masjidi 1915-1922 yillarda XIX asrning boshida qurilgan eski masjid o‘rnida bunyod etilganligi, O‘rta Osiyodagi XVI asrdan keyin qurilgan obidalar ichida eng katta gumbazga egaligi, masjid tipologiyasi XVI asrda Buxoro viloyati Vangazi qishlog‘ida qurilgan Tosh masjid tipologiyasiga o‘xshashligi, masjidda gumbaz diametrini kattalashtirish evaziga ichkari ustunlarning kamaytirilganligi va yaxlit muhitning ta’minlanganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022 yil 22 noyabrdagi 02-06/3928-son ma’lumotnomasi). Natijada Namangan viloyatida qurilgan masjidlar tipologiyasi haqidagi ma’lumotlar olish imkoniyat oshgan;
Namangandagi maqbaralar (Xo‘jamning qabri, Mavlaviy Namangoniy va boshqalar) kompozisiyasi asosan yirik peshtoqli va gumbazli tarzda bo‘lganligi, maqbara-xonaqoh echimdagi tipologiyada shakllantirilganligi, maqbara-xonaqohlar ziyoratchilar uchun turar joy sifatida ham foydalanilganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022 yil 22 noyabrdagi 02-06/3928-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy ziyoratgoh hududlarida turizm infrastrukturasining boyishiga va ziyoratchilarga qulay imkoniyatlar yaratilishiga erishilgan;
Namangan shahrining turizm infrastrukturasini boyitishga, ulardan samarali foydalanishga xizmat qiluvchi taklif loyihalari ishlab chiqilib, turistik marshrut yo‘nalishlari shakllantirilganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022 yil 22 noyabrdagi 02-06/3928-son ma’lumotnomasi). Natijada yodgorliklar atrofini obodonlashtirish, muhofaza zonasini hamda tarixiy muhitni shakllantirish imkoniyati yaratilgan.