Yakubova Noira Isxakovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizmga oid o‘zlashgan terminlarning leksik-semantik xususiyatlari (ingliz, o‘zbek va rus tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2648.
Ilmiy rahbar: Ikramova Saida Alimdjanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich, filologiya bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi turizm terminlarining leksik-semantik xususiyatlarini ochib berish hamda ularning o‘zlashish tamoyillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bugungi polilingval muhitda o‘zlashgan so‘zlar tushunchasining mazmun- mohiyati asosida aynan ularni turizm sohasidagi o‘zlashgan terminlarning fonetik (fonologik), grafik (grafik-imlo), grammatik (morfologik), semantik (leksik-semantik) assimilyasiya tamoyillari asoslangan;
ingliz, o‘zbek va rus tillarida turizmga oid o‘zlashma terminlarning bir va ko‘p komponentli leksik birliklarini struktural turlariga ajratish orqali N (ot), A+N (sifat+ot), N+A+N (ot+sifat+ot) modellarining izomorfligi dalillangan;
ingliz, o‘zbek va rus tillarida “turizm” leksik-semantik guruhi doirasida polisemiya, omonimiya va sinonimiya holatlari hamda terminlar ma’nolarining tarmoq ichidagi darajalarining qo‘llanishidagi ijtimoiy, madaniy, tarixiy jihatlarining o‘ziga xosligi asoslangan;
turizm sohasiga oid o‘zlashma terminlarning ingliz tilida so‘z yasovchi, sintaktik, komposit, elliptik, abbreviatura, areal, matniy variantlari mavjudligi, o‘zbek tilida kompozit va elliptik variantlar qo‘llanmasligi, rus tilida esa, kompozit variantlar uchramasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turizmga oid terminlarni o‘zlashtirishning assimilyativ va leksik-semantik xususiyatlari yuzasidan ishlab chiqilgan xulosa va amaliy takliflar asosida:
bugungi polilingval muhitda o‘zlashgan so‘zlar tushunchasining mazmun- mohiyati asosida aynan ularni turizm sohasidagi o‘zlashgan terminlarning fonetik (fonologik), grafik (grafik-imlo), grammatik (morfologik), semantik (leksik-semantik) assimilyasiya tamoyillari oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining OT-A1-018 raqamli “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti univesitetining 2022 yil 25 martdagi 04/1-522-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi o‘zlashmalarining barcha korpusini guruhlar bo‘yicha tasniflash hamda semantik moslashuv xususiyatlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
ingliz, o‘zbek va rus tillarida turizmga oid o‘zlashma terminlarning bir va ko‘p komponentli leksik birliklarini struktural turlariga ajratish orqali N (ot), A+N (sifat+ot), N+A+N (ot+sifat+ot) modellarining izomorfligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa xarbiy instituti O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020-2022 yillarda o‘tkazilgan “Erudit” shifrli yopiq innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022 yil 21 apreldagi 10/680-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz, o‘zbek va rus tilidagi turizmga oid o‘zlashgan terminlarning shakllanishi, bir va undan ko‘p komponentli birliklarning leksik-struktur jarayonlari hamda madaniy omillar bilan bog‘liqligi asoslangan;
ingliz, o‘zbek va rus tillarida “turizm” leksik-semantik guruhi doirasida polisemiya, omonimiya holatlari va ularning bir-biri bilan semantik o‘zaro aloqa doirasida sinonimiya holatlari, terminlar ma’nolarining tarmoq ichidagi darajalari mazkur tillarning qo‘llanishidagi ijtimoiy, madaniy, tarixiy jihatlarining o‘ziga xosligiga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ITD-1 raqamli “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi (ingliz tili) bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 16 martdagi 24/161-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli tizimdagi tillarda turizm terminlarining sinonimik, polisemiya va omonimiya hamda o‘zlashma so‘zlar assimilyasiya holatlarini talqin etilishiga oid ma’lumotlar asosida “O‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar izohli lug‘ati” hamda “Lingomadaniyatshunoslik” o‘quv qo‘llanmada ilmiy-nazariy fikrlar boyitilgan;
turizm sohasiga oid o‘zlashma terminlarning ingliz tilida so‘z yasovchi, sintaktik, komposit, elliptik, abbreviatura, areal, matniy variantlari mavjudligi, o‘zbek tilida kompozit va elliptik variantlar qo‘llanmasligi, rus tilida esa, kompozit variantlar uchramasligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Xalqaro aloqalar va badiiy tarjima” amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 16 martdagi 01-03/429-son ma’lumotnomasi). Natijada, qator shoir va yozuvchilarning nazmiy, nasriy asarlarida va badiiy tarjima borasida qo‘llanildi hamda turizm terminologiyasi asosida ayni soha terminlarini uyg‘unlashtirish, ko‘p tilli terminlar lug‘atini tuzishning uslubiy yondashuvi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda foydalanilgan.