Nartaeva Muhayyo Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida stomatologik terminlarning chog‘ishtirma tadqiqi (formal semantik va funksional-pragmatik)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil69.
Ilmiy rahbar: Abduazizova Durdona Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Djusupov Nursultan Maxanbet o‘g‘li, filologiya fanlari doktori, dotsent; Nosirova Saodat Abdullaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillardagi stomatologik terminlarning leksik-semantik, struktur va funksional-pragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
stomatologik terminlar semantik kategoriya nuqtai nazaridan til tizimida deduksiya usuli yordamida stomatologiyaning beshta quyi tizimiga xos bo‘lgan terminologik guruhlarni birlashtirib, to‘rtta tematik guruhni tashkil etishi hamda ingliz va o‘zbek tillarida stomatologik terminlarining yasalishida o‘zakdosh so‘zlar izomorfik xususiyatlari, turli so‘z turkumiga oid yasovchi qo‘shimchalar so‘z o‘zagiga qo‘shilishi kabi umumiylik va o‘xshashliklar dalillangan;
stomatologiya terminlarining soha tag tizimlariga oid beshta yo‘nalishda  strukturaviy tuzilishi va terminologik tibbiy apparatni shakllantirish jarayonida leksemalarni tizimdan tizimga (yoki quyi tizimga) o‘zlashtirish hisobiga terminlarni shakllantirishning leksik-semantik xususiyatlari, stomatologiya terminlarining tashqi imkoniyatlar hisobiga boyishi hamda o‘zbek tilidagi stomatologik terminologiyasining shakllanishida o‘zlashma qatlamning tibbiyot tushunchalarini fan sifatida belgilaydigan atamalar, nomenklatura tizimlari shaklida anatomiya, gistologiya, fiziologiya, klinika, dorixonalar yordamida ahamiyati asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi stomatologik terminlarning etimologik shakllanishi, funksional va pragmalingvistik, kontekstning kommunikativ ta’sirini yaratish, adresatda ma’lum qilingan xabarga nisbatan pragmatik munosabat kabi  xususiyatlari asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillarida stomatologiyaga oid terminlarning sotsiolingvistik xususiyatlarini qiyoslab, lingvistik va ekstralingvistik sabablarga muvofiq holda izohlanib polisemantik, sinonimik va antonimik munosabatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida stomatologiya terminlarining shakllanishi, derivatsion va leksikografik xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
stomatologik terminlar semantik kategoriya nuqtai nazaridan til tizimida deduksiya usuli yordamida stomatologiyaning beshta quyi tizimiga xos bo‘lgan terminologik guruhlarni birlashtirib, to‘rtta tematik guruhni tashkil etishi hamda ingliz va o‘zbek tillarida stomatologik terminlarining yasalishida o‘zakdosh so‘zlar izomorfik xususiyatlari, turli so‘z turkumiga oid yasovchi qo‘shimchalar so‘z o‘zagiga qo‘shilishi kabi umumiylik va o‘xshashliklarga oid xulosalardan Toshkent farmatsevtika institutining “SSV-AD-084 -Semizo‘t (Portulaca oleracea L.) xom ashyosi asosida samarali dori preparati yaratish va uni standartlash” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika institutining 2022 yil 28 apreldagi 03/696-son ma’lumotnomasi). Natijada atama va texnik jumlalarni o‘zbek tilidan ingliz tiliga va ingliz tilidan o‘zbek tiliga to‘g‘ri tarjima qiliniishda va dori yo‘riqnomalarini xalqaro darajada to‘g‘ri qo‘llanilishiga xizmat qilgan;    
        stomatologiya terminlarining soha tag tizimlariga oid beshta yo‘nalishda  strukturaviy tuzilishi va terminologik tibbiy apparatni shakllantirish jarayonida leksemalarni tizimdan tizimga (yoki quyi tizimga) o‘zlashtirish hisobiga terminlarni shakllantirishning leksik-semantik xususiyatlari, stomatologiya terminlarining tashqi imkoniyatlar hisobiga boyishi hamda o‘zbek tilidagi stomatologik terminologiyasining shakllanishida o‘zlashma qatlamning tibbiyot tushunchalarini fan sifatida belgilaydigan atamalar, nomenklatura tizimlari shaklida anatomiya, gistologiya, fiziologiya, klinika, dorixonalar yordamida ahamiyatiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2021 yillarda bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l atvori, tabiat va milliy timsollari) poetik lug‘atini yaratish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 29 apreldagi 04/1-839-son ma’lumotnomasi). Natijada sohaviy terminshunoslik va lug‘atshunoslik hamda xalqaro ma’lumot almashinuvi tizimi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;    
     ingliz va o‘zbek tillarida stomatologiyaga oid terminlarning sotsiolingvistik xususiyatlarini qiyoslab, lingvistik va ekstralingvistik sabablarga muvofiq izohlarining polisemantik, sinonimik va antonimik munosabatlariga oid xulosalardan “Istiqbol” tadqiqot markazi nodavlat notijorat tashkiloti, 04 sonli “Oliy ta’lim tizimida nogironligi bor talabalar uchun “to‘siqsiz muhit”ni shakllantirish metodikasini yaratish” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (“Istiqbol” tadqiqot markazi nodavlat notijorat tashkilotining 2022 yil 25 yanvardagi 01\19-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar ijtimoiy buyurtma loyiha doirasida o‘z aksini topgan.   

Yangiliklarga obuna bo‘lish