Zubareva Nadejda Sergeevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Siyosiy diskursda frazeologik intensifikatorlarning kognitiv-pragmatik xususiyatlari (ingliz, rus va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1370.
Ilmiy rahbar: Siddiqova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Djusupov Nursultan Mahanbet ug‘li, filologiya fanlari doktori, dotsent; Ziyaev Avazjon Ixtiyorovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi siyosiy diskursning kommunikativ makoniga taalluqli frazeologik intensifikatorlar ifodalanishining kognitiv-pragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi siyosiy diskursda frazeologik intensifikatorlar faoliyatining ahamiyati, xususan, ijtimoiy ong bilan muvaffaqiyatli aloqa o‘rnatish, bayonotning muhim qismlarini ajratib ko‘rsatish hamda siyosiy diskursda frazeologik intensifikatorlarni aniqlab olishning tarkibiy barqarorlik, alohida shaklga egalik, yaxlitlilik, takroriylik, obrazlilik, semantik uyg‘unlik va majoziy ma’noga egalik kabi yetakchi mezonlari asoslangan;
siyosiy diskursda frazeologik intensifikatorlardan foydalanishdagi so‘zlovchining kognitiv presuppozisiyalari va pragmatik munosabatining o‘rni hamda ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi turli darajaga ega bo‘lgan, xususan fonetik, morfologik va leksik darajalar kabi intensifikatsiya lingvistik vositalari dalillangan;
frazeologik intensifikatorlarning ularda ifodalangan va belgilangan shaxsning hislari, tuyg‘ulari va fazilatlariga ko‘ra tasnifi hamda siyosiy diskursda frazeologik intensifikatorlarning ijobiy, salbiy va ambivalent hissiyotlarni ifodalashi miqdoriy nisbati isbotlangan;
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi siyosiy diskursda frazeologik intensifikatorlarning foydalanishda madaniy konseptlar kabi lingvokulturologik ma’lumotlarning ahamiyati, shuningdek, ingliz siyosiy diskursidagi frazeologik intensifikatorlar va ularning rus va o‘zbek tillaridagi analoglari va tarjimalari ro‘yxatini asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi siyosiy diskursda frazeologik intensifikatorlarning kognitiv-pragmatik xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida olingan nazariy ishlanmalar va amaliy natijalar asosida:
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi siyosiy diskursda frazeologik intensifikatorlar vazifalarining ahamiyati hamda siyosiy diskursda frazeologik intensifikatorlarni aniqlab olishning tarkibiy barqarorlik, alohida shaklga egalik, yaxlitlilik, takroriylik, obrazlilik, semantik uyg‘unlik va majoziy ma’noga egalik kabi yetakchi mezonlariga oid xulosalardan 2021-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyihasida hamda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2023 yil 3 fevraldagi 10/240-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha asosida siyosiy nutqda frazeologik intensifikatorlardan foydalanish samaradorligini aniqlangan;
siyosiy diskursda frazeologik intensifikatorlardan foydalanishdagi so‘zlovchining kognitiv presuppozisiyalari va pragmatik munosabatining o‘rni hamda ingliz, rus va o‘zbek tillarida turli darajaga ega bo‘lgan intensifikatsiya lingvistik vositalarining oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun “Chet tili” fanining mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2023 yil 3 fevraldagi 10/240-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun “Chet tili” o‘quv dasturi frazeologik birliklarni aniqlash va ularni adekvat foydalanish bo‘yicha tavsiyalar bilan boyitilgan;
frazeologik intensifikatorlarning ularda ifodalangan va belgilangan shaxsning hislari, tuyg‘ulari va fazilatlariga ko‘ra tasnifi hamda shu tasnif asosida siyosiy diskursda ijobiy, salbiy va ambivalent hissiyotlarni ifodalovchi frazeologik intensifikatorlarning miqdoriy nisbatiga oid xulosalardan 2017-2021 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan OT-F1-030-son “O‘zbek adabiyoti tarixi” fundamental loyihada ko‘p jildli monografiyani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2023 yil 25 yanvardagi 32-32/264-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu xulosalar taqdim etilayotgan monografiya doirasida o‘zbek adabiyotida frazeologik kuchayuvchilarning emotsional jihatini yoritishga xizmat qilgan;
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi siyosiy diskurs foydalanishda lingvokulturologik ma’lumotlarning ahamiyati, shuningdek, ingliz siyosiy diskursidagi frazeologik intensifikatorlar va ularning analoglari, rus va o‘zbek tillariga tarjimalarining maxsus ro‘yxatiga oid xulosalardan 2020-2022 yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida amalga oshirilgan FZ-202002146-son “Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlari asosida buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi ma’rifiy, tarbiyaviy kurash asoslarini o‘zida jamlagan multimedia dasturi hamda mobil ilovasini yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 2023 yil 24 martdagi 02-436-son ma’lumotnomasi). Natijada, dasturda siyosiy diskursga xos frazeologik intensifikatorlarining kognitiv-pragmatik xususiyatlarining konseptual ahamiyati aniqlangan hamda Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlarini tahlil qilishda lingvomadaniy ma’lumotlarning roli e’tiborga olingan, shuningdek, O‘rta Osiyo mutafakkirlari asarlarini o‘rganish va tarjima qilishda frazeologik intensifikatorlarning tuzilgan ro‘yxati alohida ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan.