Baxtiyorova Maftuna Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy onomastikonlarning lingvomadaniy xususiyatlari (ingliz va o‘zbek yozuvchilari asarlari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil795.
Ilmiy rahbar: Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Danieva Maysara Djamalovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tilida yozilgan badiiy asarlardagi onomastikonlarni chog‘ishtirgan holda, ularning lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
onomastikonlarning lingvistik mohiyati hamda milliylikni aks ettirish madaniy-tarixiy, aksiologik, diniy fragmentlarni anglatish xususiyatlari, lingvomadaniyatshunoslikda antroponimlarning madaniyatning asosiy elementi va jamiyat mavjudligining zaruriy sharti singari markaziy o‘ringa egaligi, ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy onomastikonlarning denotativ, signifikativ hamda pragmatik kabi struktur-semantik xususiyatlari asoslangan;
chog‘ishtirilayotgan tillar adabiyotida badiiy onimlarning matn shakllantirishdagi epitet, antiteza, metonimiya, obrazli taqqoslash kabi lingvostilistik hamda lug‘atlarda qayd etilmagan konnotativlik xususiyatlari asoslangan;
onomastikonlarning matn doirasida faollashuvi hamda turli janrdagi matnlarni shakllantirish xususiyatlari, chog‘ishtirilayotgan ikki tilda bitilgan badiiy asarlarda qahramonlar ismlarining matnning syujet yaratuvchi tarkibiy qismi sifatida ishtirok etishi dalillangan;
chog‘ishtirilayotgan har ikkala tilda badiiy onimlar obrazning ya’ni voqealar ishtirokchilarining xarakteri, harakat joyi, vaqti, ijtimoiy mavqei, etnik kelib chiqishi, millati, jinsi, yoshi, muallifning orzu o‘ylarini ifodalashi kabi lingvomadaniy xususiyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tilida onomastikonlarning struktur-semantik tahlili, lingvostilistik, lingvomadaniy hamda konnotativlik xususiyatlari va turli janrdagi matnlarda namoyon bo‘lish imkoniyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
onomastikonlarning lingvistik mohiyati hamda milliylikni aks ettirish xususiyatlari, lingvomadaniyatshunoslikda antroponimlarning o‘rni, ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy onomastikonlarning struktur-semantik xususiyatlari hamda chog‘ishtirilayotgan tillar adabiyotida badiiy onimlarning matn shakllantirishdagi epitet, antiteza, metonimiya, obrazli taqqoslash kabi lingvostilistik hamda lug‘atlarda qayd etilmagan konnotativlik xususiyatlariga oid xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining FA-F1-G005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 13 oktyabrdagi 394/1-son ma’lumotnomasi). Natijada onomastikonlarning umumfilologik mohiyati hamda milliylikni aks ettirish xususiyatlari asosida lingvomadaniyatshunoslikda tutgan o‘rni belgilanishi aniqlangan;
onomastikonlarning matn doirasida faollashuvi hamda turli janrdagi matnlarni shakllantirish xususiyatlari, chog‘ishtirilayotgan ikki tilda bitilgan badiiy asarlarda qahramonlar ismlarining matnning syujet yaratuvchi tarkibiy qismi sifatida ishtirok etishiga oid xulosalardan Urganch davlat universitetida bajarilgan “Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHT-JP Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian Universities: CLASS” grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Urganch davlat universitetining 2022 yil 01 noyabrdagi 06-246/3-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridagi onomastikonlar semantik strukturasining shakllanishi va badiiy onimlarning semantik ko‘rsatkichlarini ikki til tizimida qiyoslash imkonini oshirishga xizmat qilgan;
chog‘ishtirilayotgan har ikkala tilda badiiy onimlar obrazning etnik kelib chiqishi, millati, jinsi, yoshi, ijtimoiy mavqeini ifodalashi kabi lingvomadaniy xususiyatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli radioeshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining 2022 yil 13 oktyabrdagi 04-36-1726-son ma’lumotnomasi). Natijada chog‘ishtirilayotgan tillarda badiiy onimlarni lingvomadaniy talqin etish va ularning tarjimasi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarga oid to‘plangan ma’lumotlar asosida ko‘rsatuv va eshittirishlar ma’rifiy va amaliy jihatdan boyitilgan, teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashuviga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlanishiga xizmat qilgan.