Abdullaeva Ra’no Xikmatovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olamning lisoniy manzarasida odamni estetik bahosi (rus va o‘zbek maqollari asosida)», 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va adabiyotshunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2914.
Ilmiy rahbar: Madjidova Ra’no Urishevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Galieva Margarita Rafaelovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi olamning rus va o‘zbek maqollari doirasidagi lisoniy manzarasida odamning estetik baholash reprezentatsiyasi tizimi va milliy-madaniy o‘zaro bog‘liqigini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
go‘zallikni (tashqi ko‘rinishni) baholashning boshqa turlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda rus va o‘zbek tillaridagi maqollar materiali asosida odamning estetik bahosi har tomonlama - xarakter xususiyatlari (axloqiy-estetik baho); inson xatti-harakatlari (etik-estetik); aql-qalb (intellektual-estetik); fiziologik xususiyatlari (valeologik-estetik); faoliyatni baholash (pragmatik-estetik) kabilar aniqlangan;
olamning rus va o‘zbek maqollariga xos lisoniy manzarasida odamni quyidagi belgilar asosida ijobiy va salbiy jihatdan estetik baholash reprezentatsiyasidagi o‘xshash va farqli jihatlar: tashqi ko‘rinish – xatti-harakat, muomala – holat, vaziyat – xulosa chiqarish, go‘zallikning mavjudligi – xarakter jihati, inson nomining go‘zallik estetik me’yorlari bilan muvofiqligi dalillangan;
odamning ichki xususiyatlari (harakatlar usuli, muomala fe’l-atvori, atrofdagilarga munosabati, xarakter jihati) vizual axloqni baholashga ko‘chib o‘tishi va barqaror maqollar shaklida mujassamlashishi, unda estetik baholash nafaqat go‘zallikni namoyon etishga, balki muomala, xatti-harakat, fazilat, holatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni aniqlashga yo‘naltirilganligi isbotlangan;
konseptning antropotsentrik, shaxsiy-individual, qadriy-baholovchi va hissiy-baholovchi semantik xususiyatlari hamda qiyosiy tillardagi olamning rus va o‘zbek maqollariga xos manzarasida odamni estetik bahosi aks ettirilgan universal va milliy-madaniy andozalar asosidagi “Go‘zallik” konseptining mikromaydonlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olamning maqolga xos lisoniy manzarasida odamning estetik baholashni tadqiq qilishda olingan ilmiy natijalar va amaliy xulosalar asosida:
baholashning boshqa turlari bilan go‘zallikning (tashqi ko‘rinishning) o‘zaro aloqadorligi, odamni estetik baholashning milliy-madaniy xususiyatlari, shaxs tushunchasidagi farqlar, shuningdek, chog‘ishtirilayotgan tillarda odamning go‘zalligini ifodalovchi so‘z va so‘z birikmalarining leksik-semantik xususiyatlari borasida rus va o‘zbek tillaridagi maqollar materiali asosida odamni estetik baholashni har tomonlama tahlil qilish va tavsiflash bo‘yicha xulosalar “FZ-2019062034 Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish (xorijiy tillarda so‘zlashuvchilarga o‘zbek tilini intensiv o‘rgatish bo‘yicha multimediya mahsulotlarini yaratish)” amaliy loyihasida ruscha-o‘zbekcha elektron lug‘at tuzish, milliy realiya va qadriyatlarni umumlashtirish, qiyosiy matnlar to‘plashda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022-yil 5-dekabrdagi 21/3051-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari lingvokulturologiya, tipologiya, qiyosiy tilshunoslik kabi fanlarni o‘qitishda, shuningdek, ushbu amaliy loyiha bo‘yicha elektron manbalar, bosma darsliklar, nazariy va amaliy materiallarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
rus va o‘zbek tillarida estetik go‘zallikni ifodalashning leksik-semantik, struktur-funksional xususiyatlariga doir dissertatsiya materiallari va xulosalari, ularni o‘zbek tilida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar, olamning lisoniy manzarasida rus va o‘zbek xalqlari mentaliteti va milliy-madaniy xususiyatlari reprezentatsiyasi borasidagi ma’lumotlar “A-OT-2021-419 Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursining elektron platformasini yaratish (Pre-school PDP)” innovatsion loyihasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilar e’tiboriga olamning lisoniy manzarasidagi maqol va matallarning estetik ahamiyati, ularning ikki tildagi o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash uchun xizmat qilgan;
konseptning antropotsentrik, shaxsiy-individual, qadriy-baholovchi va hissiy-baholovchi semantik xususiyatlari hamda qiyosiy tillardagi olamning rus va o‘zbek maqollariga xos manzarasida odamni estetik bahosi aks ettirilgan universal va milliy-madaniy andozalar asosidagi “Go‘zallik” konseptining mikromaydonlari ochib berilgan xulosalardan “P3-2020042022 Turkiy tillar lingvodidaktik elektron platformasini yaratish (Turkiy tillar uchun lingvodidaktik elektron platformani yaratish)” amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 1-dekabrdagi 01-3295-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida umumiy tilshunoslik, qiyosiy tipologiya, kontrastli lingvistika yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari va lug‘atlarni tuzishda ikki tilda odam go‘zalligini ifodalovchi so‘z va so‘z birikmalarning leksik-semantik xususiyatlarini tahlil qilish, shuningdek, o‘zbek tilida odam go‘zalligini ifoda etish uchun foydalaniladigan so‘z va so‘z birikmalarni tanlash elektron platforma yaratish uchun manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish