Raximova Gulbahor Valijonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarda axborot vositalridan foydalanish madaniyatini shakllantirishning pedagogik shart–sharoitlari (7-9-sinflar misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped1285.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Turg‘unoy Ahmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Temirov Nabijon Solievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xalilov Durbek Aminjonovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 7-9-sinf o‘quvchilarida axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda axborot vositalridan foydalanish madaniyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini motivasion, moslashuvchanlik, refleksivlik tamoyillarini uyg‘unligi asosida mediamadaniyatini shakllantirish va pedagogik mikro omillarining (ehtiyoj, motiv, maqsad, harakat) identiv natijasi praktik intensivligini barqaror ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
o‘qituvchi va ota-onalarning o‘zaro kolabarativlik faoliyatini tashkil etishda, 7-9-sinf o‘quvchilarning axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish mexanizmlari teleko‘rsatuvlar va internet materiallari mazmunini ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan kasbga yo‘naltirish (suhbat, kouching, videorolik, videokastlar) vositalarini pedagogik jarayonida qo‘llash tajribasini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan o‘quv - tarbiyaviy jarayonning funksiyalari (chaqiruv, tushunish, anglash, fikrlash) konseptual tamoyillar (subektivlik, tizimlilik, ntegrativlik, ijtimoiy moslashish, hamkorlik, o‘z-o‘zini nazorat qilish, mustaqillik) tizimli-jarayonli, motivatsion va refleksiv, shaxsiy-faoliyatga yo‘naltirilgan natijaviy komponentlarini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik ta’minot mazmuni ta’lim oluvchining texnik va texnologik imkoniyatlarini reproduktiv, produktiv, kreativ darajalarini didaktik imkoniyatlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarda axborot vositalridan foydalanish madaniyatini shakllantirishning pedagogik shart–sharoitlari vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishga oid ilmiy natijalari:
o‘quvchilarda axborot vositalridan foydalanish madaniyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini motivasion, moslashuvchanlik, refleksivlik tamoyillarini uyg‘unligi asosida mediamadaniyatini shakllantirish va pedagogik mikro omillarining (ehtiyoj, motiv, maqsad, harakat) identiv natijasi praktik intensivligini barqaror ta’minlashga doir takliflari umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog xodimlarining malaka oshirish kurslarining «O‘quv jarayonida axborot-komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish», «Pedagogning kasbiy kompetentligi va mahorati», «Pedagogning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish», «Axborot-komunikatsiya texnologiyalari va media savodxonlik», «Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari» modullari mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 2-fevraldagi 06-02/3-547-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda axborot vositalridan foydalanish madaniyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini oshirishga xizmat qilgan.
o‘qituvchi va ota-onalarning o‘zaro kolabarativlik faoliyatini tashkil etishda, 7-9-sinf o‘quvchilarning axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish mexanizmlari teleko‘rsatuvlar va internet materiallari mazmunini ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan kasbga yo‘naltirish (suhbat, kouching, videorolik, videokastlar) vositalarini pedagogik jarayonida qo‘llash (o‘rganish, tushunish, anglash, tashhislash, tahlil qilish, baholash) tajribasini kompleks yondushuv asosida integratsiyalash bo‘yicha takliflar 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi PZ-20170930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyiha doirasidagi vazifalarni bajarishda foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat va marifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar instituti 2023-yil 3-fevraldagi 33-son dalolatnomasi).Natijada o‘qituvchi va ota-onalarning o‘zaro kolabarativlik faoliyatini tashkil etish hamda ota-onalarning mediata’lim (axborot vositalari va Internet tarmog‘i bilan ishlash) va virtual nazorat (o‘quvchining axborot vositalari bilan ishlash jarayonini nazorat qilish mexanizmlari takomillashiga erishilgan.
o‘quvchilarda axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan o‘quv - tarbiyaviy jarayonning funksiyalari (chaqiruv, tushunish, anglash, fikrlash) konseptual tamoyillar (subektivlik, tizimlilik, ntegrativlik, ijtimoiy moslashish, hamkorlik, o‘z-o‘zini nazorat qilish, mustaqillik) tizimli-jarayonli, motivatsion va refleksiv, shaxsiy-faoliyatga yo‘naltirilgan pedagogik yondoshuvlar asosida natijaviy komponentlarini optimallashtirish hamda o‘quvchilarda axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik ta’minot mazmuni ta’lim oluvchining texnik va texnologik imkoniyatlarini reproduktiv, produktiv, kreativ darajalarini didaktik imkoniyatlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalar umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog xodimlarining malaka oshirish kurslarining modullari mazmuniga singdirilgan. (Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 2-fevraldagi 06-02/3-547-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishning samaradorligiga erishilgan.