Temirov Shoirbek Raimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishida uzviylikni ta’minlash metodikasi”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (jismoniy tarbiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped1484.
Dissertatsiya bajarilgan myassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xankeldiev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan myassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Turobjon Umirzaqovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; Artiqova Muxayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlarining samarali shakllari va uslublarini joriy etish asosida uzviylikni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiu yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan katta yoshdagi bolalarning organizmiga pedagogik tizimli yondashuv asosida ustuvor ta’sir ko‘rsatishiga qarab taqsimlangan ikki bosqichli (“O‘yna, bolajon”) maxsus mashqlar majmyasini ishlab chiqish orqali bolalarga berilgan yuklama imkoniyatlari kengaytirilgan;
umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinflarida jismoniy faollik darajasini kompetensiyaviy, antropometrik, prokus yondashuvlarga ko‘ra rivojlanishdan ortda qolayotgan bolalarning harakatli o‘yinlar orqali tana qismlariga mashqlarni tanlab berish imkoniyatlari oshirilgan;
6-7 yoshdagi bolalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish hamda ularni harakat amallariga o‘rgatishda pedagogik xususiyatlari mazmuni va sog‘lom turmush tarzi, ishchanlik kabi kompleks rivojlantirish komponentlarini ta’lim jarayonida integratsiyalash asosida o‘quv yili davomida taqsimlangan shakllarini mustaqil va amaliy o‘zlashtirish imkoniyatlari oshirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotidagi katta yoshdagi bolalar va umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “SMI” harakat tayyorgarligini baholash mobil ilovasi ishlab chiqilib, mashqlarni balli baholash hisobiga bolalar bilan olib boriladigan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tizimidagi katta yoshdagi bolalar va umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya jarayoni uzviyligini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan katta yoshdagi bolalarning organizmiga pedagogik tizimli yondashuv asosida ustuvor ta’sir ko‘rsatishiga qarab taqsimlangan ikki bosqichli (O‘yna, bolajon) maxsus mashqlar majmyasi ishlab chiqish va ketma-ketlikda mashqlantirish imkoniyati hamda umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinflarida jismoniy faollik darajasini kompetensiyaviy, antropometrik, prokus yondashuvlar asosida rivojlanishdan ortda qolayotgan bolalarning harakatli o‘yinlar orqali tana qismlariga tanlab mashqlarni berish bo‘yicha takliflar Marhamat tumanidagi 1-8-umumta’lim maktablari 7-8 yoshli o‘quvchilarni “Jismoniy tarbiya” darslariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2022-yil 19-oktyabrdagi 01/-11-02/02-1649-raqamli guvohnomasi). Natijada, o‘quvchilarning jismoniy sifatlaridan tezkorlik sifati 13,9% ga, kuch sifatlari 10,1% ga yaxshilangan;
6-7 yoshdagi bolalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish hamda ularni harakat amallariga o‘rgatishda pedagogik xususiyatlari mazmuni va sog‘lom turmush tarzi, ishchanlik kabi kompleks rivojlantirish komponentlarini ta’lim jarayonida integratsiyalash asosida o‘quv yili davomida taqsimlangan shakllarini mustaqil va amaliy o‘zlashtirish bo‘yicha takliflar Marhamat tumanidagi 14-17-(MTT)da hamda 1-8-umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2022-yil 19-oktyabrdagi 01/-11-02/02-1649-raqamli guvohnomasi). Natijada, (MTT) katta yosh guruhidagi bolalar hamda kichik maktab yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishida o‘sish aniqlangan: chidamlilik, uloqtirish hamda egiluvchanlik ko‘rsatkichlari mos ravishda 11,7%, 15,4% va 24,4% ga ortgan;
MTTdagi katta yoshdagi bolalar va umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “SMI” harakat tayyorgarligini baholash va shakllantirishni mobil ilova sifatida foydalanish bo‘yicha takliflar 14-17-(MTT)da hamda 1-8- umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2022-yil 19-oktyabrdagi 01/-11-02/02-1649-raqamli guvohnomasi). Natijada, 6-7 yoshli bolalarning umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi 14% ga samarali yaxshilangan.