Abdullaeva Nargizaxon Sobirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalariga ingliz tilini o‘qitishda ustuvor texnologiyalarni qo‘llash jarayonini takomillashtirish”. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped.2144.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Ilmiy rahbar: Temirov Nabijon Solievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2020.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Medetova Raushan Mamadiyarovna, pedagogika fanlari doktori; Qaxarova Mavluda Mukaramovna, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalariga ingliz tilini o‘qitishda ustuvor texnologiyalarni qo‘llash jarayonini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalarining ingliz tili bo‘yicha kompetentlik darajasini oshirishning samaradorlik ko‘rsatkichlari tarkibi tizimli, imitatsion hamda konseptual yondashuv prinsiplariga muvofiq ijobiy motivatsiya beruvchi maqsadli texnologiyalarni individuallashtirish va differensiallashtirish asosida aniqlashtirilgan;
nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalarining ingliz tilidagi malaka darajasini baholash mezonlari innovatsion texnologiyalarni qo‘llash hamda lingvistik, kommunikativ, shaxsiy rivojlanish kompetensiyalarini o‘zaro integratsiyalash va optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalariga ingliz tilini o‘qitishda ustuvor texnologiyalarni qo‘llashga yo‘naltirilgan didaktik jarayon modeli maqsadli, konseptual, faoliyatli, baholash va natijaviy bosqichlarni rivojlanish dinamikasiga differensial yondashuvni muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitishning samarali texnologiyalari kombinatsiyasiga ta’sir etuvchi omillar talabalarning tanlagan kasbiy faoliyat turlari, fanga oid pragmatik, interfaol, kreativlik, uzviylik, kollaborativlik talablari hamda metodik imkoniyatlarini loyihalashtirish asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalarini ingliz tiliga o‘qitishda ustuvor texnologiyalarni qo‘llash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalarining ingliz tili bo‘yicha kompetentlik darajasini oshirishning samaradorlik ko‘rsatkichlari tarkibi tizimli,imitatsion hamda konseptual yondashuv prinsiplariga muvofiq ijobiy motivatsiya beruvchi maqsadli texnologiyalarni individuallashtirish va differensiallashtirish asosida aniqlashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalardan Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida bajarilgan A-1-100 “Tibbiyot xodimlari uchun chet tili, axborot kommunikatsion va ta’lim texnologiyalari bo‘yicha uzlyuksiz malaka oshirish tizimini yaratish va uning samaradorligini oshirish” nomli loyihasida keng foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 18 yanvardagi 02-07-156/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalardan foydalanish tufayli ta’lim oluvchilarning lingvistik va kommunikativ kompetensiyalari sezilarli darajada yaxshilangan;
nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalarining ingliz tilidagi malaka darajasini baholash mezonlari innovatsion texnologiyalarni qo‘llash hamda lingvistik, kommunikativ, shaxsiy rivojlanish kompetensiyalarini o‘zaro integratsiyalash va optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar qishloq ho‘jaligi sohasidagi oliy ta’limda yangi ta’lim maqsadlari, malaka va ko‘nikmalar asosida tuzilgan hamda kasbga yo‘naltirilgan amaliy dasturlarni takomillashtirishda Andijon qishloq xo‘jalik institutida Erasmus+ dasturi doirasidagi 585603-EPP-1-2017-1-DE-EPPKA2-CBHE-JP TOPAS (From Theoretical-Oriented to Practical education in Agrarian Studies) xalqaro loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda keng foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 18 yanvardagi 02-07-156/04-son ma’lumotnomasi). Talabalarning lingvistik va kommunikativ ko‘nikmalarini takomillashtirish natijasida simulyasiya, loyiha, keys, hamkorlikda o‘qish, portfolio, veb-kvest, podkast texnologiyalarining samaradorligi nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalariga ingliz tilini o‘rgatishda isbotlangan;
ingliz tilini o‘qitishning samarali texnologiyalari kombinatsiyasiga ta’sir etuvchi omillar talabalarning tanlagan kasbiy faoliyat turlari, fanga oid pragmatik, interfaol, kreativlik, uzviylik, kollaborativlik talablari hamda metodik imkoniyatlarini loyixalashtirish asosida aniqlashtirishga oid ilmiy-nazariy qarashlar va xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston tarixi» telekanalining «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan («O‘zbekiston» teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 11 maydagi 0628-468-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ko‘rsatuv orqali ustuvor texnologiyalar to‘g‘risida, ularni qo‘llash jarayonini takomillashtirishga oid yangiliklarni taqdim etishga erishilgan.