Mamasaidova Muhabbat Abdusalom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped1973.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Asimov Alijon, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Saydaliev Saidumar, pedagogika fanlari nomzodi, professori; Erkabaeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning psixologik-pedagogik omillari ta’lim oluvchilarning tanqidiy-tahliliy tafakkur qilishlariga yo‘naltirilgan faoliyatli, refleksiv va kommunikativ motivasion komponentlarini belgilash orqali aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish modeli mustaqil, kreativ, analitik fikrlashga yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlarini bosqichma-bosqich va intensiv bajarish samaradorligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning texnologiyalari o‘qitish mazmunining didaktik yo‘naltirilganligi, aqliy faoliyatning barcha turlarini rivojlantirish tamoyillari bilan uyg‘unligi va maqbulligini metodik jihatdan uzviy ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tanqidiy fikrlashga o‘rgatish jarayonida axborotni idrok etish, maqsadga intilish, fikrlarni rejalashtirish, xatolarni to‘g‘irlashga tayyorlik, to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida o‘yinli-topshiriqli mashqlardan foydalanishning mahsuldor usullari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning psixologik-pedagogik omillari ta’lim oluvchilarni tanqidiy-tahliliy tafakkur qilishga yo‘naltiruvchi faoliyatli, refleksiv va kommunikativ motivasion komponentlarini belgilash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan “Boshlang‘ich sinflarda masala ustida ijodiy ishlash jarayoniga muammoli vaziyatlarni qo‘llashda o‘qituvchining axborot kompetentligi” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 2 oktyabrdagi 441-sonli buyrug‘i ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonining mohiyatini yoritib berishga sharoit yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning texnologiyalari o‘qitish mazmunining didaktik yo‘naltirilganligi, aqliy faoliyatning barcha turlarini rivojlantirish tamoyillari bilan uyg‘unligi va maqbulligini metodik jixatdan uzviy ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich sinflarda masala ustida ijodiy ishlash jarayoniga muammoli vaziyatlarni qo‘llashda o‘qituvchining axborot kompetentligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 2 oktyabrdagi 441-sonli buyrug‘i asosida berilgan 441-009 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish modeli mustaqil, kreativ, analitik fikrlashga yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlarini bosqichma-bosqich va intensiv bajarish samaradorligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich sinflarda masala ustida ijodiy ishlash jarayoniga muammoli vaziyatlarni qo‘llashda o‘qituvchining axborot kompetentligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 2 oktyabrdagi 441-sonli buyrug‘i asosida berilgan 441-009 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish modelini ishlab chiqish samaradorligi ortgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tanqidiy fikrlashga o‘rgatish jarayonida axborotni idrok etish, maqsadga intilish, fikrllarni rejalashtirish, xatolarni to‘g‘irlashga tayyorlik, to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida o‘yinli-topshiriqli mashqlardan foydalanishning maxsuldor usullarini aniqlashga oid takliflar “Boshlang‘ich sinflarda masala ustida ijodiy ishlash jarayoniga muammoli vaziyatlarni qo‘llashda o‘qituvchining axborot kompetentligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 2 oktyabrdagi 441-sonli buyrug‘i asosida berilgan 441-009 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish