Qayumov Shohrux Abdujalol o‘g‘lining
falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida eʼlon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish”. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2170
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar:Mamurov Bahodir Baxshulloevich, pedagogika fanlari doktori, professor; MelievXamidulla Abdullaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy bilim, ko‘nikma va kompetentligini rivojlantirish ta’minoti ta’lim jarayonining sifat ko‘rsatkichini belgilovchi kognitiv darajali va tafakkurni takomillashtirishga qaratilgan didaktik, texnologik va kreativ topshiriqlar tizimidan virtual ta’lim muhiti sharoitida foydalanish hamda o‘quv jarayonini innovatsion (analitik, obstrakt, analitik-sintetik) loyihalashtirish bosqishlarini aniqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantiruvchi innovatsion o‘quv muhitini boshqaruvchi (LMS) va ichki kontent boshqaruv (SMS) tizim texnologiyalari mutaxasislik fanlarga oid bilimlarni funksional integratsiyalash orqali boyitish hamda mantiqiy va kreativ fikrlash darajasiga ega kasbiy talablar va kompetensiyalarni aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
innovatsion yondashuvlar asosida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli tashkiliy pedagogik shart-sharoitlarning shakl (nazariy, amaliy, innovatsion) va bosqichlarini (tanishtirish, shakllantirish, rivojlantirish) o‘zaro interpretatsiyalash orqali onlayn torshiriqlar majmuini ishlab chiqish va pedagogik jarayonlarga ustivorlik berish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlanganlik darajalari va mezonlari interaktiv mashqlarni samarali o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga dinamik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan muammoli topshiriqlarni sub’ektiv, loyihaviy, produktiv, refleksiv bosqichlar bo‘yicha strukturalash va kasbiy bilim kompetentligining qadriyatli, motivatsion, kognitiv, amaliy yo‘naltirilganlik kabi komponentlarini kiritish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirishga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy bilim, ko‘nikma va kompetentligini rivojlantirish ta’minoti ta’lim jarayonining sifat ko‘rsatkichini belgilovchi kognitiv darajali va tafakkurni takomillashtirishga qaratilgan didaktik, texnologik va kreativ topshiriqlar tizimidan virtual ta’lim muhiti sharoitida foydalanish hamda o‘quv jarayonini innovatsion (analitik, obstrakt, analitik-sintetik) loyihalashtirish bosqishlarini aniqlashtirish orqali takomillashtishga oid tavsiyalar YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2022 yil 30 martdagi 02-07-853/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirilgan hamda ularning kasbiy kompetentligini takomillashtirishning tarixiy, psixologik-pedagogik omillarini tahlil etish imkoniyati oshirilgan.
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantiruvchi innovatsion o‘quv muhitini boshqaruvchi (LMS) va ichki kontent boshqaruv (SMS) tizim texnologiyalari mutaxasislik fanlarga oid bilimlarni funksional integratsiyalash orqali boyitish hamda mantiqiy va kreativ fikrlash darajasiga ega kasbiy talablar va kompetensiyalarni aniqlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar MRB-OT-2019-23 raqamli “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanlgan holda pedagog kadrlarni tayyorlashning ilmiy metodik ta’minoti” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2022 yil 30 martdagi 02-07-853/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirishning didaktik va texnologik omillarini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
innovatsion yondashuvlar asosida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli tashkiliy pedagogik shart-sharoitlarning shakl (nazariy, amaliy, innovatsion) va bosqichlarini (tanishtirish, shakllantirish, rivojlantirish) o‘zaro interpretatsiyalash orqali onlayn torshiriqlar majmuini ishlab chiqish va pedagogik jarayonlarga ustivorlik berish orqali takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar YoA5-XT-1-31884 raqamli “Innovatsion texnologiyalar sharoitida o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2022 yil 30 martdagi 02-07-853/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisini tayyorlashning o‘quv-kasbiy va metodik ta’minoti innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlanganlik darajalari va mezonlari interaktiv mashqlarni samarali o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga dinamik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan muammoli topshiriqlarni sub’ektiv, loyihaviy, produktiv, refleksiv bosqichlar bo‘yicha strukturalash va kasbiy bilim kompetentligining qadriyatli, motivatsion, kognitiv, amaliy yo‘naltirilganlik kabi komponentlarini kiritish asosida aniqlashtirish bo‘yicha tavsiyalar YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda  innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan  tizimini ishlab chiqish” nomli grant  doirasida belgilangan  vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2022 yil 30 martdagi 02-07-853/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikning rivojlanganligini baholash mezonlarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish