Bobomurodov Ko‘paysin Abdivayitovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ilmiy tushunchalarni anglab tushunish darajasini oshirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4093.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Aslonova Orzigul Pirimovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Nurullaeva Shaxlo Uktamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Shabbozova Dilfuza Ro‘ziqulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ilmiy tushunchalarni anglab tushunish darajasini oshirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinflarda ilmiy tushunchalarni anglab tushunish tushunchasi mazmuni o‘quvchilarning  ruhiy, intellektual va kognitiv xususiyatlari hamda  matn ma’nosini ifoda etuvchi predmetli, lingvistik, operatsional, semiotik jihatini anglash darajasini psixologik tashxislash orqali aniqlashtirilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarining ilmiy tushunchalarni anglab tushunish jarayoni o‘quv matnlarini bilim va axborot olish manbasi sifatida o‘quvchilar auditoriyasiga intensiv, ekstensiv yo‘l orqali moslashtirish hamda rag‘bat, ishontirish, stimulyasiya kabi ruhiy motivatsiyaga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ilmiy tushunchalarni anglab tushunishga o‘rgatish jarayonining funksional modeli jarayonli-mazmunli  blok tarkibiga kiruvchi ilmiy fikrlash, mulohaza yuritish, xulosa chiqarish kabi aniqlashtiruvchi mezonlarni faoliyatli yondashuvning  maqsad qo‘yish, muammoni hal qilish, natija uchun javob berish kabi didaktik imkoniyatlari bilan o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
ilmiy tushunchalarni anglab tushunish jarayoniga tatbiq etilgan metodika  boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matnni idrok etish, uning moddiy, mental, ijtimoiy va boshqa shakllarini tahlil qilishga o‘rgatish hamda o‘quvchilarning tadqiqotchilik ko‘nikmasini faollashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ilmiy tushunchalarni anglab tushunish jarayoni bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar asosida:
boshlang‘ich sinflarda ilmiy tushunchalarni anglab tushunish tushunchasi mazmuni o‘quvchilarning  ruhiy, intellektual va kognitiv xususiyatlari hamda  matn ma’nosini ifoda etuvchi predmetli, lingvistik, operatsional, semiotik jihatini anglash darajasini psixologik tashxislash  orqali aniqlashtirilgan xulosa va tavsiyalardan A-1-173 raqamli “Yoshlarning umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2023-yil 10-maydagi 04/A.1729-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy metodik taklif va tavsiyalar asosida didaktik jarayonda foydalanish konsepsiyasi, ijtimoiy-falsafiy, pedagogik-psixologik tamoyillarni rivojlantirishga  xizmat qilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarining ilmiy tushunchalarni anglab tushunish jarayoni o‘quv matnlarini bilim va axborot olish manbasi sifatida o‘quvchilar auditoriyasiga intensiv, ekstensiv yo‘l orqali moslashtirish hamda rag‘bat, ishontirish, stimulyasiya kabi ruhiy motivatsiyaga ustuvorlik berish hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ilmiy tushunchalarni anglab tushunishga o‘rgatish jarayonining funksional modeli jarayonli-mazmunli  blok tarkibiga kiruvchi ilmiy fikrlash, mulohaza yuritish, xulosa chiqarish kabi aniqlashtiruvchi mezonlarni faoliyatli yondashuvning  maqsad qo‘yish, muammoni hal qilish, natija uchun javob berish kabi didaktik imkoniyatlari bilan o‘zaro integratsiyalash asosidagi xulosalardan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun tayyorlangan “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i, 500-115-sonli guvohnoma). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv axborotlarini o‘quvchilarga tushuntirish texnologiyalariga oid bilimlari takomillashtirilgan;
ilmiy tushunchalarni anglab tushunish jarayoniga tatbiq etilgan metodika  boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matnni idrok etish, uning moddiy, mental, ijtimoiy va boshqa shakllarini tahlil qilishga o‘rgatish hamda o‘quvchilarning tadqiqotchilik ko‘nikmasini faollashtirish  asosidagi ma’lumotlardan pedagogik tajriba-sinov ishlari davomida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 7-apreldagi 01/11-01/1-233-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari faoliyatida o‘quv vazifalariga ijobiy munosabatni qaror toptirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish