Samandarov Latifbek Qalandar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Integrativ yondashuv asosida yadro fizikasi bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish (pedagogika oliy ta’lim muassasalari misolida), 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2020.4.PhD/Ped2118
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Ilmiy rahbar:  Xudayberdiev Eliboy Norboevich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Toshatov Allanazar Qarshievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Uzoqova Gulnoza Saydullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalarida yadro fizikasi bo‘limini o‘qitish metodikasini integrativ yondashuv asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda kreativ va kognitiv fikrlashini rivojlantirishning metodik jihatlariga  integrativ yondashuv va  tizimli-faoliyatli  yondashuvlarni  intensiv  qo‘llash,  “Yadro fizikasi”  bo‘limini didaktik  imkoniyatlarini  vertikal  va gorizontal  yo‘nalishda  kengaytirib  borish  mantiqiga  ustuvorlik  berish asosida aniqlashtirilgan;
“Yadro fizikasi” bo‘limini o‘qitish samaradorligini oshirishga va talabalar kasbiy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan integrativ yondashuvli o‘qitish bosqichlari (nazariy, muammoli, konseptual, dialektik) fanlararo va ichki bog‘lanishli tarkibiy komponentlarining yaxlitligini gorizontal integratsiyalashuv darajasini barqarorlashtirish asosida takomillashtirilgan;
“Yadro fizikasi” bo‘limidan laboratoriya ishlarini fanlararo integratsiya asosida tashkil etishning virtual o‘quv-tashkiliy tuzilmasiga mazmunli, jarayonli, tashkiliy, integrativ komponentlari amaliy yo‘naltirilgan loyihaviy ta’lim sharoitida muammoli topshiriqlar va vebga moslashtirilgan vositalari bilan qayta aloqasi natijaviyligini bevosita ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
“Yadro fizikasi” bo‘limini  o‘qitish jarayonida talabalarda mustaqil  ishlashga  doir  kompetensiyalarni  shakllantirish metodikasi  tanqidiy,  analitik,  mantiqiy,  evristik,  kreativ  ta’lim texnologiyalarini  fizika ta’limga  adaptiv  yo‘naltirishning tashkiliy-tuzilmali modeli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida yadro fizikasi bo‘limini integrativ yondashuv asosida o‘qitish metodikasiga oid uslubiy va amaliy takliflar natijalari asosida:
talabalarda kreativ va kognitiv fikrlashini rivojlantirishning metodik jihatlariga  integrativ yondashuv va  tizimli-faoliyatli  yondashuvlarni  intensiv  qo‘llash,  “Yadro fizikasi”  bo‘limini didaktik  imkoniyatlarini  vertikal  va gorizontal  yo‘nalishda  kengaytirib  borish  mantiqiga  ustuvorlik  berish asosida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “OT-F1-002-Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy-immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 5-dekabrdagi 360-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kreativ fikrlash qobiliyatini shakllantirishda, psixologik omillarini hisobga olish, noanʼanaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o‘rni hamda ahamiyatini tatbiq etishga xizmat qilgan;
“Yadro fizikasi” bo‘limini o‘qitish samaradorligini oshirishga va talabalar kasbiy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan integrativ yondashuvli o‘qitish bosqichlari (nazariy, muammoli, konseptual, dialektik) fanlararo va ichki bog‘lanishli tarkibiy komponentlarining yaxlitligini gorizontal integratsiyalashuv darajasini barqarorlashtirish asosida takomillashtirish hamda “Yadro fizikasi” bo‘limidan laboratoriya ishlarini fanlararo integratsiya asosida tashkil etishning virtual o‘quv-tashkiliy tuzilmasiga mazmunli, jarayonli, tashkiliy, integrativ komponentlari amaliy yo‘naltirilgan loyihaviy ta’lim sharoitida muammoli topshiriqlar va vebga moslashtirilgan vositalari bilan qayta aloqasi natijaviyligini bevosita ta’minlash orqali takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy fizika. Atom va yadro fizikasidan masalalar to‘plami”, “Umumiy fizika kursining elektromagnetizm bo‘limidan laboratoriya ishlari” nomli o‘quv qo‘llanmalarning mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-son buyrug‘i, 538-092 va 538-089 raqamli guvohnomalari). Natijada, bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining nazariy, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish jarayonida integrativ yondashuv metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
“Yadro fizikasi” bo‘limini  o‘qitish jarayonida talabalarda mustaqil  ishlashga  doir  kompetensiyalarni  shakllantirish metodikasi  tanqidiy,  analitik,  mantiqiy,  evristik,  kreativ  ta’lim texnologiyalarini  fizika ta’limga  adaptiv  yo‘naltirishning tashkiliy-tuzilmali modelini ishlab chiqish asosida rivojlantirishga oid takliflar “Umumiy fizika (Atom, yadro va elementar zarralar fizikasi)dan laboratoriya ishlari” nomli o‘quv qo‘llanmani mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-son buyrug‘i, 538-091 raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining eksperimental kompetentligini shakllantirish, mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini tashkillashtirish, o‘tkazish va baholash metodikasini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish