Eshtemirov Axror Nurmaxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Talabalarda fizikaviy masalalarni modellashtirish asosida echish ko‘nikmalarini takomillashtirish metodikasi (texnika ixtisosliklari misolida), 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.2.PhD/Ped3695.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz  filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
     Ilmiy rahbar: Uzoqova Gulnoza Saydullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ishmurodova Gulbahor Izmuradovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika ixtisosliklari talabalarida fizik masalalarni echish jarayonida obektlarni modellashtira olish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda fizikaviy masalalarni echish ko‘nikmasining shakllanganlik darajasi jarayonni tashxislash, muammoni hal etishda modellashtirish usullaridan foydalanishga tayyorlik layoqatini aniqlash, fizik masala xususiyatini anglash imkoniyatini baholash hamda amalda qo‘llay olish kompetensiyasi tizimli-tadqiqiy yondashuvga ko‘ra aniqlashtirilgan;
fizika ta’limi jarayonida texnika ixtisosliklari talabalarini masalalarni modellashtirish asosida echishga o‘rgatish muammosining mazmuni muammoli-o‘quv vazifaning qo‘yilishi, modelni tanlash yoki yaratish, model haqidagi bilimlarni original nusxaga o‘tkazish kabi harakatlar asosida takomillashtirilgan;
fizikaviy masalalarni modellashtirish asosida echishga o‘rgatish   jarayonining metodik modeli talabalarni obektlar, hodisalar, jarayonlarning eksperimental modellarini vizuallashtirish asosida yaratish, fizik masalani echish metodlarini taqdim eta olish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishga doir imkoniyatlari o‘quv masalalarini texnik kombinatsiyalashtirish orqali  takomillashtirilgan;  
talabalarda fizikaviy masalalarni modellashtirish asosida echishga o‘rgatish metodikasi barcha ta’lim vositalari, “uyg‘unlashtirilgan masalalar tizimi”, talabalarning o‘quv, tadqiqiy, mustaqil faoliyatlarini funksional strategik modellashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda fizikaviy masalalarni modellashtirish asosida echish ko‘nikmalarini takomillashtirish metodikasi (texnika ixtisosliklari misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
 talabalarda fizikaviy masalalarni echish ko‘nikmasining shakllanganlik darajasi jarayonni tashxislash, muammoni hal etishda modellashtirish usullaridan foydalanishga tayyorlik layoqatini aniqlash, fizik masala xususiyatini anglash imkoniyatini baholash hamda amalda qo‘llay olish kompetensiyasi tizimli-tadqiqiy yondashuvga ko‘ra aniqlashtirilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida bo‘lajak muhandislar uchun “Talabalarda fizikaviy masalalarni modellashtirish asosida echish ko‘nikmalarini rivojlantirish” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 308–son buyruq, №522–030 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning fizik masalalarni modellashtirish asosida echishga doir ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan;
fizika ta’limi jarayonida texnika ixtisosliklari talabalarini masalalarni modellashtirish asosida echishga O‘rgatish muammosining mazmuni muammoli-o‘quv vazifaning qo‘yilishi, modelni tanlash yoki yaratish, model haqidagi bilimlarni original nusxaga O‘tkazish kabi harakatlar asosida takomillashtirilgan ma’lumotlardan Jahon banki bilan Xalqaro Rivojlantirish Assotsiatsiyasi tomonidan qo‘llab quvvatlanayotgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Akademik innovatsion fondining AIF-2/17 “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishda yangi texnologiyalar” mavzusidagi ilmiy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2023 yil 3 maydagi 03/1657-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur metodika fizika ta’limi jarayonida talabalarda zaruriy kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga va ta’limning sifat darajasini oshishiga xizmat qilgan;
fizikaviy masalalarni modellashtirish asosida echishga o‘rgatish   jarayonining metodik modeli talabalarni ob’ektlar, hodisalar, jarayonlarning eksperimental modellarini vizuallashtirish asosida yaratish, fizik masalani echish metodlarini taqdim eta olish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishga doir imkoniyatlari o‘quv masalalarini texnik kombinatsiyalashtirish orqali  takomillashtirilganligiga doir xulosalardan talabalarning texnik tafakkurini va ilmiy biluvini oshirishda foydalanilgan. Metodik model Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali, Buxoro muhandislik texnologiya instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutlaridagi ta’lim jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 6-apreldagi 02/02–01-51–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur model bo‘lajak muhandislarning zaruriy kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish