Toshpo‘latova Dildora Baxriddinxon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarini amaliy pedagogik va boshqaruv faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.08 - Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4684.
Ilmiy rahbar: Xujamberdieva Shaxnoza Ko‘paysinovna, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Ahmadjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nazirova Goʻzal Malikovna, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarini amaliy pedagogik va boshqaruv faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarini amaliy pedagogik va boshqaruv faoliyatiga tayyorlashning pedagogik-psixologik xususiyatlari (o‘quv motivlari, kasbga qiziqish va ehtiyoj) ta’lim jarayonida mustaqil o‘zini-o‘zi rivojlantirish  pozitsiyasini qaror toptirishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarini amaliy pedagogik va boshqaruv faoliyatiga tayyorlash jarayoni modeli izchillik va uzviylik tamoyillariga muvofiq kredit-modul tizimida nazariy va mustaqil ta’lim hamda malakaviy amaliyot jarayonini samarali tashkil etishning integratsiyalashuvi asosida takomillashtirilgan;
mutaxassislik fanlarini o‘qitish hamda malakaviy amaliyot jarayonida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarini amaliy pedagogik va boshqaruv faoliyatiga tayyorlash metodikasi pedagogik fasilitatsiya, autotreninglar va kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirish texnologiyalari vositasida takomillashtirilgan;
talabalarni amaliy pedagogik va boshqaruv faoliyatiga tayyorlash o‘quv-bilish faoliyati metodikasini takomillashtirishning pedagogik texnologiyalari (shaxsga yo‘naltirilgan, interaktiv, modulli, muammoli...) mutaxassislik fanlarini o‘qitish hamda malakaviy amaliyotlarni tashkil etish jarayonlariga adaptiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarini amaliy pedagogik va boshqaruv faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarini amaliy pedagogik va boshqaruv faoliyatiga tayyorlashning pedagogik-psixologik xususiyatlari ta’lim jarayonida mustaqil o‘zini-o‘zi rivojlantirish  pozitsiyasini qaror toptirishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan Adijon davlat univevsitetida bajarilgan FZ-2020011064-raqamli “Oliy ta’lim muassasalari negizida maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT)ning zamoaviy didaktik metodik ta’minotini yaratish” (2020-2022-yy) amaliy loyihasini bajarishda foydalangan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 5- iyundagi 39-04-1340-son ma’lumotnomasi). Natijada,  Natijada bo‘lajak mutaxassislar va tarbiyachilarning o‘zini-o‘zi  shaxsiy rivojlanish traektoriyalarini  aniqlab olish va rivojlantirish uchun shart-sharotlar yaratilgan;
maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarini amaliy pedagogik va boshqaruv faoliyatiga tayyorlash jarayoni modeli izchillik va uzviylik tamoyillariga muvofiq kredit-modul tizimida nazariy va mustaqil ta’lim hamda malakaviy amaliyot jarayonini samarali tashkil etishning integratsiyalashuvi asosida takomillashtirilgan va mutaxassislik fanlarini o‘qitish hamda malakaviy amaliyot jarayonida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarini amaliy pedagogik va boshqaruv faoliyatiga tayyorlash metodikasi pedagogik fasilitatsiya, autotreninglar va kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirish texnologiyalari vositasida takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida 2021-2022-yillar davomida bajarilgan A-OT-2021-419-sonli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursining elektron platformasini yaratish (Pre-school PDP)” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitieting 2023-yil 1-maydagi 04/11-2540-son dalolatnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarini amaliy pedagogik va boshqaruv faoliyatiga tayyorlash samaradorligini oshirishiga erishilgan;
talabalarni amaliy pedagogik va boshqaruv faoliyatiga tayyorlash o‘quv-bilish faoliyati metodikasini takomillashtirishning pedagogik texnologiyalari   mutaxassislik fanlarini o‘qitish hamda malakaviy amaliyotlarni tashkil etish jarayonlariga adaptiv qo‘llash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Namangan davlat universitetida bajarilgan A-5-37. “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan multimediali intellektual o‘yinlar” (2015-2017-yy.) amaliy loyihasining maktabgacha ta’limda storitellingdan foydalanishga doir topshiriqlarni ishlab chiqish qismini bajarishda foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2023-yil 12-apreldagi 516-04-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarini amaliy pedagogik va boshqaruv faoliyatiga tayyorlashda media tadbirlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish