Tojiboeva Mahliyo A’zamjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborot-kommunikatsion texnologiyalar vositasida talabalarda geografik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish” (“O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi” fanini o‘qitish misolida), 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya fanlari) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2595.
Ilmiy rahbar:  Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich,  geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.  
Rasmiy opponentlar:  Kamalov Bahodir Asamovich, geografiya fanlari doktori dotsent; Saydmatov Farhod Rajabovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi AKT vositasida talabalarning geografik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
OTMda geografik ta’lim jarayonida o‘quv kontentni, axborotni vizual ifodalashga qaratilgan “Vizual blend” (“Visual blend”), “Men bilan bajar” (“Do with me”) metodi, vitagen xarakterdagi “Besh martalik urinish” nomli texnologiya vositasida talabalarning onlayn-lug‘at, intellektual xarita, interfaol taqdimot, o‘quv krossvordlarini yaratish kompetensiyalari “O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi” fani hamda informatika asoslarining integratsiyalashuvi asoslangan;
geografik ta’lim jarayonida talabalarni “Amaliy jamoaviy ijodiy loyiha” (AJIL), inform-dayjest, “Breyn-ring”, “Axborot+” sharti yordamida funksional-didaktik imkoniyatga ega kompyuter dasturlari va servislari to‘g‘risida kognitiv ma’lumotlarga egalik, o‘quv materialining xarakteriga ko‘ra funksional-didaktik imkoniyatga ega kompyuter dasturlari va servislarini tanlash, tanlangan kompyuter dasturlari va servislari yordamida virtual metodik ishlanmalarni yaratishga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
AKT vositasida  talabalarning geografik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish modeli ular tomonidan netlify.app platformasida onlayn-lug‘at, Mind Map dasturida intellektual xarita, Power Point dasturida interfaol taqdimot, HotPotattos6 dasturida krossvordni tayyorlash kompetensiyalarining zamonaviy o‘qitish konsepsiyalari hamda raqamli ta’lim ehtiyojlariga mosligiga ko‘ra optimallashtirilgan.
talabalarning AKT vositasida geografik kompetentlik sifatlarining rivojlanganlik darajasi ball ko‘rsatkichlarini belgilash, ular tomonidan amaliy topshiriqlarni kreativ, erkin va majburiy tarzda bajarish hamda o‘quv-bilish faoliyati natijalarini yig‘ilgan ballar bo‘yicha darajalash asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. AKT vositasida talabalarning geografik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
OTMda geografik ta’lim jarayonida o‘quv kontentni tahlil qilish, axborotni vizual ifodalashga qaratilgan “Vizual blend”, “Men bilan bajar” metodi, vitagen xarakterdagi “Besh martalik urinish” nomli texnologiya vositasida talabalarning onlayn-lug‘at, intellektual xarita, interfaol taqdimot, o‘quv krossvordlarini yaratish kompetensiyalari “O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi” fani hamda informatika asoslarining integratsiyalashuviga oid tasviyalaridan O‘zbekiston Milliy Universitetida bajarilgan PZ-20170929789-raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 28-fevraldagi 02-07-753/04-son ma’lumotnomasi). Natijada AKT vositasida talabalarning geografik kompenentlik sifatlarini rivojlantirishning pedaogogik shart-shaoroitlarini o‘rganish imkoni kengaytirilgan;
Geografik ta’lim jarayonida talabalarni “Amaliy jamoaviy ijodiy loyiha” (AJIL), inform-dayjest, “Breyn-ring”, “Axborot+” sharti yordamida funksional-didaktik imkoniyatga ega kompyuter dasturlari va servislari to‘g‘risida kognitiv ma’lumotlarga egalik, o‘quv materialining xarakteriga ko‘ra funksional-didaktik imkoniyatga ega kompyuter dasturlari va servislarini tanlash, tanlangan kompyuter dasturlari va servislari yordamida virtual metodik ishlanmalarni yaratishga yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Samarqand davlat universitetida bajarilgan bajarilgan OT-F3-09-raqamli “Mirzacho‘l vohasi tabiiy rsurslari (shamol, suv va quyosh radiatsiyasi) asosida noa’anaviy energiya ishlab chiqarish imkoniyatlarini tadqiq qilish” nomli loyiha doirasida amalda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 28-fevraldagi 02-07-753/04-son ma’lumotnomasi). Natijada AKT vositasida talabalarning geografik kompetentlik sifatlarini rivojlantirishning metodik ta’minotini yaratishga sharoit yaratilgan;
AKT vositasida talabalarning geografik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish modeli ular tomonidan netlify.app platformasida onlayn-lug‘at, Mind Map dasturida intellektual xarita, Power Point dasturida interfaol taqdimot, HotPotattos6 dasturida krossvordni tayyorlash kompetensiyalarining zamonaviy o‘qitish konsepsiyalari hamda raqamli ta’lim ehtiyojlariga mosligiga ko‘ra optimallashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan P7-20170929789-raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 28-fevraldagi 02-07-753/04-son ma’lumotnomasi). Natijada AKT vositasida talabalarning geografik kompetentlik sifatlarini rivojlantirishning jarayonining tarkibiy-tuzilmaviy modelini yaratish samaradorligi oshgan;
talabalarning AKT vositasida geografik kompetentlik sifatlarining rivojlanganlik darajasi ball ko‘rsatkichlarini belgilash, ular tomonidan amaliy topshiriqlarni kreativ, erkin va majburiy tarzda bajarish hamda o‘quv-bilish faoliyati natijalarini yig‘ilgan ballar bo‘yicha darajalash asosida aniqlashga oid tavsiyalar Samarqand davlat universitetida bajarilgan OTF3-09-raqamli “Mirzacho‘l vohasi tabiiy resurslari (shamol, suv va quyosh radiatsiyasi) asosida noananaviy energiya ishlab chiqarish imkoniyatlarini tadqiq qilish” nomli loyiha doirasida amalda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 28-fevraldagi 02-07-753/04-son ma’lumotnomasi).  Natijada AKT vositasida talabalarning geografik kompetentlik sifatlarining rivojlanganlik darajasini baholovchi indikator (mezon, ko‘rsatkich hamda darajalar)ni aniqlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish