Nurullaev Adxam Axmadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog‘lom hayot tarziga qaytarishning psixologik mexanizmlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD476.
Ilmiy rahbar: Samarov Rustamjon Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abdurayimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Ravshanov Lochin Urunovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog‘lom hayotga qaytarish uchun olib boriladigan korreksiyaviy faoliyatni takomillashtirish, taktik darajada axloqiy-ruhiy ta’minotni amalga oshirish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy xizmatchilarning psixosotsial salomatligiga destruktiv ta’sir ko‘rsatish ierarxiyasi axborotlarning psixologik transformatsiyalanishi shaxsiy tarkibning axloqiy-ruhiy holatini defunksional holatga keltirishi tufayli individli, ijtimoiy, harbiy-texnik omillar asosida takomillashtirilgan;
destruktiv ta’sirlarga tushgan harbiy xizmatchilarni sog‘lom hayot tarziga qaytarishni ta’minlashda hissiyot va muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqishning himoyaviy refleksiya darajasida sanogen tafakkurga o‘yg‘un holda rivojlanishi zarurligi tufayli ahloqiy, estetik, harbiy professional va psixologik xususiyatlarni shakllanishi muhimligi asoslangan;
harbiy xizmatchilarning destruktiv xatti-harakatlarining profilaktik tuzilmasi «oilaviy muammolar», «harbiy xizmatga moslashish», «ziddiyatlar», fonida sanogen realistik fikrlashni rivojlantirish muhimligi tufayli axloqiy-ruhiy holatning hissiy komponent lokalizatsiyasi asosida takomillashtirilgan;
destruktiv ta’sirlarga tushgan harbiy xizmatchilarni sog‘lom hayot tarziga qaytarishda psixologik immunitetning yo’naltiruvchi, informatsion, kognitiv, regulyativ, refleksiv funksiyalarini taktik va operativ vazifalarni bajarishda differrensial namoyon bo‘lishi tufayli sanogen tafakkurni rivojlantirishning muhimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog‘lom hayot tarziga qaytarishning korreksiyaviy mexanizmi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari:
harbiy xizmatchilarning psixosotsial salomatligiga destruktiv ta’sir ko‘rsatish ierarxiyasi axborotlarning psixologik transformatsiyalanishi shaxsiy tarkibning axloqiy-ruhiy holatini defunksional holatga keltirishi tufayli individli, ijtimoiy, harbiy-texnik omillar asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 16-iyundagi PM 23-sonli Kengash buyrug‘iga asosan “Oila psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 22 iyundagi PM-23-m sonli ma’lumotnomasi). Natijada, destruktiv ta’sirlarga tushgan harbiy xizmatchilarni sog‘lom hayotga qaytarishda, yuqori jangovar va safarbarlik shayligini ushlab turish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy armiyamizdan faxrlanish tuyg‘usini yanada oshirishga xizmat qilgan;
destruktiv ta’sirlarga tushgan harbiy xizmatchilarni sog‘lom hayot tarziga qaytarishni ta’minlashda hissiyot va muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqishning himoyaviy refleksiya darajasida sanogen tafakkurga o‘yg‘un holda rivojlanishi zarurligi tufayli ahloqiy, estetik, harbiy professional va psixologik xususiyatlarni shakllanishi muhimligi asoslangan xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 16-iyundagi PM 23-sonli Kengash buyrug‘iga asosan “Oila psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 22 iyundagi PM-23-m sonli ma’lumotnomasi).  Natijada, bo‘lajak komandirlar kelajakda o‘z bo‘ysunuvchi harbiy xizmatchilarini boshqarish, o‘qitish va tarbiyalash bilan destruktiv ta’sirlarga tushgan harbiy xizmatchilarni sog‘lom hayotga qaytarish metodik ta’minotni kuchaytirish imkoniyati oshirilgan;
harbiy xizmatchilarning destruktiv xatti-harakatlarining profilaktik tuzilmasi «oilaviy muammolar», «harbiy xizmatga moslashish», «ziddiyatlar», fonida sanogen realistik fikrlashni rivojlantirish muhimligi tufayli axloqiy-ruhiy holatning hissiy komponent lokalizatsiyasi asosida takomillashtirilgan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 16-iyundagi PM 23-sonli Kengash buyrug‘iga asosan “Oila psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 22 iyundagi PM-23-m sonli ma’lumotnomasi). Natijada, destruktiv ta’sirlarga tushgan harbiy xizmatchilarni sog‘lom hayotga qaytarish hamda ularning axloqiy-ruhiy holatini baqarorlashtirish masalasi xal etilgan;
destruktiv ta’sirlarga tushgan harbiy xizmatchilarni sog‘lom hayot tarziga qaytarishda psixologik immunitetning yo’naltiruvchi, informatsion, kognitiv, regulyativ, refleksiv funksiyalarini taktik va operativ vazifalarni bajarishda differrensial namoyon bo‘lishi tufayli sanogen tafakkurni rivojlantirishning muhimligi asoslangan tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 16-iyundagi PM 23-sonli Kengash buyrug‘iga asosan “Oila psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 22 iyundagi PM-23-m sonli ma’lumotnomasi). Natijada, destruktiv ta’sirlarga tushgan harbiy xizmatchilarni sog‘lom hayotga qaytarish, okrug qo‘shinlarida yuqori harbiy intizomni saqlash hamda ularning axloqiy-ruhiy holatini baqarorlashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish