Shirinov Feruzjon Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining elektron metodik ta’minot yaratish kompetentligini rivojlantirish metodikasi” (“Kompyuter grafikasi” fani misolida), 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3778.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Toshtemirov Doniyor Eshbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining elektron metodik ta’minot yaratish kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining elektron metodik ta’minot yaratish kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari elektron ta’lim resurslaridan foydalanishning uslubiy-didaktik ta’minoti tizimini takomillashtirishga qaratilgan kompetensiyaviy, metodologik va ijodiy yondashuvlarni qo‘llash bosqichlari hamda loyihalash, izchillik, ko‘rgazmalilik, ta’limda onglilik va faollik tamoyillariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining elektron metodik ta’minot yaratish kompetentligini rivojlantirish metodikasi o‘quv-ilmiy resurslarni yaratishga qo‘yiladigan metodik-didaktik, pedagogik-psixologik va texnik-konstruktiv ko‘nikmalarining tadqiqot-metodik, reproduktiv-metodik, produktiv-metodik faoliyat darajalari taksonomiyasini inobatga olish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining elektron metodik ta’minot yaratish kompetentligini rivojlantirish modeli “Case study”, “Blended learning”, “Classic couple strategy” ta’lim metodlarini effektiv qo‘llashga qaratilgan uzlyuksizlik, tizimlilik, innovatsionlik tamoyillariga bosqichma-bosqich ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining elektron metodik ta’minot yaratish kompetentligini rivojlantirish jarayoni kasbiy faoliyat olib borishga tayyorligini aniqlovchi adekvat baholash mezonlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan rivojlantiruvchi-aloqador parametr va indikatorlarni strategik prognozlash hamda strukturaviy tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining elektron metodik ta’minot yaratish kompetentligini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining elektron metodik ta’minot yaratish kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari elektron ta’lim resurslaridan foydalanishning uslubiy-didaktik ta’minoti tizimini takomillashtirishga qaratilgan kompetensiyaviy, metodologik va ijodiy yondashuvlarni qo‘llash bosqichlari hamda loyihalash, izchillik, ko‘rgazmalilik, ta’limda onglilik va faollik tamoyillariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash va C++ dasturlash tili asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-son buyrug‘iga asosan berilgan 676-514 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijadan o‘quv jarayonida foydalanish, ta’lim sifatini yaxshilash va talabalarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish imkonini bergan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining elektron metodik ta’minot yaratish kompetentligini rivojlantirish metodikasi o‘quv-ilmiy resurslarni yaratishga qo‘yiladigan metodik-didaktik, pedagogik-psixologik va texnik-konstruktiv ko‘nikmalarining tadqiqot-metodik, reproduktiv-metodik, produktiv-metodik faoliyat darajalari taksonomiyasini inobatga olish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarmoq texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan berilgan 302-53 raqamli nashr ruxsatnomasi) va milliy o‘quv-ilmiy resurslarni ishlab chiqish sifati oshirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining elektron metodik ta’minot yaratish kompetentligini rivojlantirish modeli “Case study”, “Blended learning”, “Classic couple strategy” ta’lim metodlarini effektiv qo‘llashga qaratilgan uzlyuksizlik, tizimlilik, innovatsionlik tamoyillariga bosqichma-bosqich ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarmoq texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-son buyrug‘iga asosan berilgan 676-514 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada elektron o‘quv resurslar yaratish elementlarini xisobga olgan holda bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining elektron metodik ta’minot yaratish kompetentligini rivojlantirish imkoni yaratilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining elektron metodik ta’minot yaratish kompetentligini rivojlantirish jarayoni kasbiy faoliyat olib borishga tayyorligini aniqlovchi adekvat baholash mezonlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan rivojlantiruvchi-aloqador parametr va indikatorlarni strategik prognozlash hamda strukturaviy tizimlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash va C++ dasturlash tili asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-son buyrug‘iga asosan berilgan 676-514 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak «Informatika» fani o‘qituvchilarining elektron metodik ta’minot yaratish bo‘yicha kompetentligini rivojlantirishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish