Misirova Nodira Tovbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4363.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari makro va mikro muhit sharoitlarning ijodiy faoliyatga zarur bo‘lgan shaxsiy xususiyatlari induvidualligini intensiv aniqlash holda yangi o‘zlashtirilgan faktlarni mazmunan umumlashtirish va ilmiy masalalarni tanqidiy-emperik o‘rganish qobiliyatini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligi ijodiy ishlarni rag‘batlantiruvchi obektiv va subektiv omillarini bosqichma-bosqich aniqlash hamda obekt stililyatsiya subekti va atrof-muhit shartlari o‘rtasida o‘zaro ta’sirni aniqlab, maqsadli komponentaga muntazam ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorgarlikni baholash mezonlarini tahliliy diagnostika qilish ko‘rsatkichlarining pedagogik faoliyatga ijobiy ta’sirini faollashtirish hamda amaliy natijalarga erishish traektoriyasi va ijodkorlik texnologiyalarni o‘zlashtirish darajalarini qiyosiy aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish tenxologiyalari ijodkorlik faoliyatida didaktik mazmuniga ta’sir qiladigan pedagogik maqsadlarni o‘z faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish, ijtimoiy harakatchanlik qobiliyatlarini refleksiv baholash hamda milliy qadriyatlarga izchil moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari makro va mikro muhit sharoitlarning ijodiy faoliyatga zarur bo‘lgan shaxsiy xususiyatlari induvidualligini intensiv aniqlangan holda yangi o‘zlashtirilgan faktlarni mazmunan umumlashtirish va ilmiy masalalarni tanqidiy-emperik o‘rganish qobiliyatini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-son buyrug‘iga asosan berilgan 356-069 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish ijtimoiy omillarining pedagogik jihatlarini tahlil etishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligi ijodiy ishlarni rag‘batlantiruvchi obektiv va subektiv omillarini bosqichma-bosqich aniqlash hamda obekt stililyatsiya subekti va atrof-muhit shartlari o‘rtasida o‘zaro ta’sirni aniqlab, maqsadli komponentaga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tabiatshunostlik va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-0550 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy va ijodiy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishni rag‘batlantirishning tashkiliy-pedagogik shartlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorgarligini baholash mezonlari diagnostika qilish ko‘rsatkichlarining kasbiy-ijodiy ishlariga ta’sirini faollashtirish hamda obektiv yangiligiga ega natijalarga erishish va ijodkorlik texnologiyalarni o‘zlashtirish darajalarini aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-son buyrug‘iga asosan berilgan 356-069 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish modelining mazmunini aniqlash imkoni yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish tenxologiyalari ijodkorlik faoliyatida didaktik mazmuniga ta’sir qiladigan pedagogik maqsadlarni o‘z faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish, ijtimoiy harakatchanlik qobiliyatlarini refleksiv baholash hamda milliy qadriyatlarga izchil moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tabiatshunostlik va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-0550 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirishni baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini aniqlash imkoni kengaytirilgan.