Pardaev Bekmurat O‘tapulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ijtimoiylashuvining pedagogik imkoniyatlarini rivojlantirish”, 13.00.01– Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3704.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Farsaxanova Dilafruz Rizaxanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat univevsiteti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ch sinf o‘quvchilari ijtimoiylashuvining pedagogik imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ijtimoiylashuvining pedagogik imkoniyatlari ijtimoiy faollik darajasini tashxis etishning axboriy-kognitiv va faoliyatli-ijodiy komponentlarini izchil aniqlash hamda ijtimoiy-pedagogik muloqot ko‘nikmalarini qiyosiy baholash va ijtimoiy muvaffaqiyatga erishish darajasini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ijtimoiylashuvining pedagogik imkoniyatlarini rivojlantirish jarayoni ijtimoiylashtirish va qayta ijtimoiylashuv jarayonlari samaradorligini ta’minlashga qaratilgan sub’ekt-sub’ekt munosabatlaridagi ijtimoiy moslashuv, qadriyatlarga yo‘nalganlik va amaliy-natijali harakat vektorini tanlay olish elementlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ch sinf o‘quvchilari ijtimoiylashuvini rivojlantirish motivlari imitatsion va ishbilarmonlik o‘yinlarini qo‘llashning tashkiliy-metodik jarayonlarini matn ustida ishlashga o‘rgatish faoliyati va ijtimoiy baholash mezonlari bilan yaxlit sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ijtimoiylashuvining pedagogik imkoniyatlarini rivojlantirish mezonlari vatanpavarlik tuyg‘ularini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalariga ko‘ra pragmatik dunyoqarashni qaror toptirish va mustahkamlashning konseptual asoslari hamda ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlari idientivligini bosqichma-bosqich ta’minlashga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ijtimoiylashuvining pedagogik imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ijtimoiylashuvining pedagogik imkoniyatlari ijtimoiy faollik darajasini tashxis etishning axboriy-kognitiv va faoliyatli-ijodiy komponentlarini izchil aniqlash hamda ijtimoiy-pedagogik muloqot ko‘nikmalarini qiyosiy baholash va ijtimoiy muvaffaqiyatga erishish darajasini tahlliy aniqlash asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar 2020042147 raqamli “Oliy ta’lim muassasalari uchun 3D tizimli interaktiv axborot-ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 17 maydagi 02-07-1796/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada elektron ta’lim muhitida WEB texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirishga qo‘yiladigan psixologik-pedagogik, didaktik, texnik va metodik talablarni aniqlashga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ijtimoiylashuvining pedagogik imkoniyatlarini rivojlantirish jarayoni ijtimoiylashtirish va qayta ijtimoiylashuv jarayonlari samaradorligini ta’minlashga qaratilgan sub’ekt-sub’ekt munosabatlaridagi ijtimoiy moslashuv, qadriyatlarga yo‘nalganlik va amaliy-natijali harakat vektorini tanlay olish elementlarini kiritish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar A-1-23 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun multimediali dars ishlanmalari majmuasini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 17 maydagi 02-07-1796/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada elektron ta’lim muhitida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan o‘quv jarayonida foydalaniladigan elektron ta’lim resurslari tuzilmasi va mazmunini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
boshlang‘ch sinf o‘quvchilari ijtimoiylashuvini rivojlantirish motivlari imitatsion va ishbilarmonlik o‘yinlarini qo‘llashning tashkiliy-metodik jarayonlarini matn ustida ishlashga o‘rgatish faoliyati va ijtimoiy baholash mezonlari bilan yaxlit sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar 2020042147-raqamli “Oliy ta’lim muassasalari uchun 3D tizimli interaktiv axborot-ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 17 maydagi 02-07-1796/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ta’lim mazmuni takomillashtirilgan hamda umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarining bilim va amaliy ko‘nikmalari darajalarini oshirishga sharoit yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ijtimoiylashuvining pedagogik imkoniyatlarini rivojlantirish mezonlari vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalariga ko‘ra pragmatik dunyoqarashni qaror toptirish va mustahkamlashning konseptual asoslari hamda ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlari idientivligini bosqichma-bosqich ta’minlashga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar A-1-23 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun multimediali dars ishlanmalari majmuasini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 17 maydagi 02-07-1796/04-raqamli dalolatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ijtimoiylashuvining pedagogik imkoniyatlarini rivojlantirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish