Mambetkarimov Rinat Rustemovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda tahliliy fikrlashni rivojlantirishning pedagogik jihatlari”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2999.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muxabbat Fayzievna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Soliev Ilxom Sobirovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning tahliliy fikrlashini rivojlantirishning pedagogik jihatlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda tahliliy fikrlashni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari shaxsda erkin fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan interfaol ta’lim mazmuniga bunyodkorlik va milliy iftixor faktorlarini indientiv uyg‘unlashtirish hamda kreativ fikrlashning axborot xavfsizligini frontal ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning tahliliy fikrlashini rivojlantirish jarayoni inson tafakkurining kenglik darajasini oshirishga qaratilgan zarur ma’lumotlar, ma’ruzalarni tanqidiy tahlil qilish, yakuniy xulosa chiqarish hamda axborotni qabul qilish va qayta ishlash produktivligini bosqichma-bosqich aniqlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning tahliliy fikrlashini rivojlantirish modeli sub’ekt-sub’ekt hamkorlik faoliyati natijadorligini oshirishga qaratilgan sermazmun tafakkur va tahliliy fikrlashda umummadaniy kompetensiyalarini ta’lim jarayonining integratsion mazmuniga adaptiv moslashtirish hamda bilish darajalarini ta’lim maqsadlariga mos ravishda o‘zaro maqbul uyg‘unlashirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning tahliliy fikrlashini rivojlantirish sifati vaziyatli topshiriqlar mazmunini rivojlantirishga qaratilgan tahliliy fikrlashga oid mantiqiy masalalar fanga oid kompetensiyalarni intensiv rivojlantiruvchi transformativ topshiriqlarni moslashuvchan o‘quv muhitiga produktivlik va ijodiylik darajalariga ko‘ra kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning tahliliy fikrlashini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va tavsiyalar asosida:
talabalarda tahliliy fikrlashni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari shaxsda erkin fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan interfaol ta’lim mazmuniga bunyodkorlik va milliy iftixor faktorlarini indientiv uyg‘unlashtirish hamda kreativ fikrlashning axborot xavfsizligini frontal ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Falsafiy so‘zlar” (qoraqalpoq tilida) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘iga asosan berilgan 68-123 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda tahliliy fikrlashga asoslangan kompetentlikni rivojlantirishning diagnostik vositalarini qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarning tahliliy fikrlashini rivojlantirish jarayoni inson tafakkurining kenglik darajasini oshirishga qaratilgan zarur ma’lumotlar, ma’ruzalarni tanqidiy tahlil qilish, yakuniy xulosa chiqarish hamda axborotni qabul qilish va qayta ishlash produktivligini bosqichma-bosqich aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Falsafiy so‘zlar” (qoraqalpoq tilida) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘iga asosan berilgan 68-123 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning tahliliy fikrlashini rivojlantirishning zamonaviy imkoniyatlarini ochib berishga sharoit yaratilgan;
talabalarning tahliliy fikrlashini rivojlantirish modeli sub’ekt-sub’ekt hamkorlik faoliyati natijadorligini oshirishga qaratilgan sermazmun tafakkur va tahliliy fikrlashda umummadaniy kompetensiyalarini ta’lim jarayonining integratsion mazmuniga adaptiv moslashtirish hamda bilish darajalarini ta’lim maqsadlariga mos ravishda o‘zaro maqbul uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Falsafiy so‘zlar” (qoraqalpoq tilida) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘iga asosan berilgan 68-123 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning tahliliy fikrlashini rivojlantirishning samarali shakllarini ta’minlovchi pedagogik modelini loyihalashtirish imkoni kengaytirilgan;
talabalarning tahliliy fikrlashini rivojlantirish sifati vaziyatli topshiriqlar mazmunini rivojlantirishga qaratilgan tahliliy fikrlashga oid mantiqiy masalalar fanga oid kompetensiyalarni intensiv rivojlantiruvchi transformativ topshiriqlarni moslashuvchan o‘quv muhitiga produktivlik va ijodiylik darajalariga ko‘ra kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Falsafiy so‘zlar” (qoraqalpoq tilida) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘iga asosan berilgan 68-123 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning tahliliy fikrlashini rivojlantirishning samarali texnologiyalarini, mezonlarini, ko‘rsatkichlari va darajalarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish