Kalendarova Zarafshon Kalbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash qobiliyatini rivojlantirish”, 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped871.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; To‘xtasinov Dadaxon Farxadovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlari bilish faoliyatini oddiydan murakkabga qarab maqsadli yo‘naltirishga mo‘ljallangan didaktik-funksional qismlarining qayta aloqaga kiruvchi integrativ ta’sirchanligini barqaror kengaytirishda muammoli yondashuvdan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish jarayoni bilish faoliyatining rivojlantiruvchi-mantiqiy, kognitiv-ijodiy faollik darajasini oshirishga qaratilgan didaktik o‘yinlar mazmunini didaktik-texnologik va kognitiv-baholash komponentlariga ko‘ra integrativ yaxlitlash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish samaradorligi amaliy mashg‘ulotlarda aqliy faollikni rivojlantirishga qaratilgan eshitish, idrok qilish va mantiqiy xulosalar chiqarish, bahs-munozaralarda mustaqil xulosaga ega bo‘lish, muammolar echimini topishda tezkor qaror chiqarish qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlarini ta’lim maqsadlariga mos o‘zaro adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish natijadorligi fikrlash qobiliyati rivojlanganlik darajasini tahliliy baholash, fikrlash operatsiyalari usullarini egallash, tasavvurlarni modellashtirish, erkin fikrlash mahoratini oshirish hamda topshiriqlar ketma-ketligini evristik-mantiqiy va reproduktiv-illyustrativ loyihalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlari bilish faoliyatini oddiydan murakkabga qarab maqsadli yo‘naltirishga mo‘ljallangan didaktik-funksional qismlarining qayta aloqaga kiruvchi integrativ ta’sirchanligini barqaror kengaytirishda muammoli yondashuvdan foydalanish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogika tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i asosida berilgan 302-1294 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda fikrlash qobiliyatini rivojlantirish jarayonini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish jarayoni bilish faoliyatining rivojlantiruvchi-mantiqiy, kognitiv-ijodiy faollik darajasini oshirishga qaratilgan didaktik o‘yinlar mazmunini didaktik-texnologik va kognitiv-baholash komponentlariga ko‘ra integrativ yaxlitlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogika tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i asosida berilgan 302-1294 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash qobiliyatini rivojlantirish samaradorligi oshgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish samaradorligi amaliy mashg‘ulotlarda aqliy faollikni rivojlantirishga qaratilgan eshitish, idrok qilish va mantiqiy xulosalar chiqarish, bahs-munozaralarda mustaqil xulosaga ega bo‘lish, muammolar echimini topishda tezkor qaror chiqarish qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlarini ta’lim maqsadlariga mos o‘zaro adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogika tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i asosida berilgan 302-1294 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish natijadorligi fikrlash qobiliyati rivojlanganlik darajasini tahliliy baholash, fikrlash operatsiyalari usullarini egallash, tasavvurlarni modellashtirish, erkin fikrlash mahoratini oshirish hamda topshiriqlar ketma-ketligini evristik-mantiqiy va reproduktiv-illyustrativ loyihalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogika tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i asosida berilgan 302-1294 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilar bilimini baholash sifatini yaxshilasha imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish