Samandarov Javlon Iskandarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida axborot xavfsizligi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanalri).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3441.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yaxyaev Sobir Jumakulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida axborot xavfsizligi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida axborot xavfsizligi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy diqqat, mustaqil ish, aniq va nostandart vaziyatlarda kreativ qaror qabul qilish ko‘nikmalarini vektorli rivojlantirish hamda axborot xavfsizlik parametrlariga rioya etish barqarorligini divergent ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida axborot xavfsizligi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot xavfsizligiga kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishda inson omilining ustuvorligini ta’minlash, mehnat bozori talablariga ko‘ra texnik bilimlar, ijodiy faollik, kasbiy kompetensiya, kasbiy-shaxsiy fazilatlar hamda axborot almashish muhitining dinamik rivojlanish traektoriyasini qiyosiy aniqlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida axborot xavfsizligi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantiruvchi Scaffolding va Check for understanding metodlarini ketma-ket qo‘llash, faoliyatli-texnologik va shaxsiy-natijaviy ko‘nikmalarni tajriba faoliyati variativligiga adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida axborot xavfsizligi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari kasbiy-pedagogik faoliyatni texnologik fikrlash jarayonlariga diagnostik modellashtirish, ta’limning nazariy, faktik, kognitiv, amaliy, ijtimoiy prinsiplariga ustuvorlik berish hamda ommaviy axborot vositalarining axborot subektlari munosabatlarini uzlyuksiz rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Informatika o‘qituvchilarining axborot xavfsizligi bo‘yicha tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlari yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida axborot xavfsizligi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy diqqat, mustaqil ish, aniq va nostandart vaziyatlarda kreativ qaror qabul qilish ko‘nikmalarini vektorli rivojlantirish hamda axborot xavfsizlik parametrlariga rioya etish barqarorligini divergent ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Axborot xavfsizligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-martdagi 68-sonli buyrug‘i asosida berilgan 68-405 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning axborot xavfsizligi fanidan bilimlarini rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarida axborot xavfsizligi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi bo‘lajak o‘qituvchilarining axborot xavfsizligiga kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishda inson omilining ustuvorligini ta’minlash, mehnat bozori talablariga ko‘ra texnik bilimlar, ijodiy faollik, kasbiy kompetensiya, kasbiy-shaxsiy fazilatlar hamda axborot almashish muhitining dinamik rivojlanish traektoriyasini qiyosiy aniqlash asosida takomillashtirihsga oid tavsiyalar “Axborot xavfsizligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-martdagi 68-sonli buyrug‘i asosida berilgan 68-405 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning axborot xavfsizligi fani bo‘yicha ijodiy faolligini oshirishga sharoit yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarida axborot xavfsizligi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli bo‘lajak o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantiruvchi Scaffolding va Check for understanding metodlarini ketma-ket qo‘llash, faoliyatli-texnologik va shaxsiy-natijaviy ko‘nikmalarni tajriba faoliyati variativligiga adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Axborot xavfsizligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-martdagi 68-sonli buyrug‘i asosida berilgan 68-405 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning faoliyatli-texnologik va shaxsiy-natijaviy ko‘nikmalari takomillashtirish samaradorligi oshgan;
oliy ta’lim muassasalarida axborot xavfsizligi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari kasbiy-pedagogik faoliyatni texnologik fikrlash jarayonlariga diagnostik modellashtirish, ta’limning nazariy, faktik, kognitiv, amaliy, ijtimoiy prinsiplariga ustuvorlik berish hamda ommaviy axborot vositalarining axborot subektlari munosabatlarini uzlyuksiz rivojlantirish imkoniyatlarini tahliliy aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-martdagi 68-sonli buyrug‘i asosida berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarga axborot xavfsizligi fanini o‘rgatishda ta’limning nazariy, faktik, kognitiv, amaliy, ijtimoiy prinsiplariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish