Berikbaev Alisher Alikulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2159.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xayrov Rasimxon Zolimxon o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayoni individual-tipologik, yosh davri va gender xususiyatlari, texnik qobiliyatlar, intellekt darajalari va o‘z-o‘zini faollashtirish imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan motivatsion-o‘quv muhiti hamda ta’limiy maqsadlarning didaktik imkoniyatlariga ierarxik darajalarda sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi o‘zini-o‘zi anglash, tanqidiy fikrlash va nostandart xulosa chiqarish, ijodkorlik sifatini rivojlantirish hamda kasbiy kompetentlilik komponentlari majmuini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim traektoriyasiga integrativ - dinamik moslashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish sifati ta’lim-tarbiya jarayonining nazariy-metodik xususiyatlariga ko‘ra sub’ekt-sub’ekt munosabatlari infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan kasbiy kompetentlilik malakasini hamda kasbiy sifat elementlarini tarkib toptirish barqarorligini izchil ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli milliy badiiy madaniyatiga qiziqishlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan motivatsion-kognitiv va amaliy-faoliyatli refleksiv kompetensiyalarini rivojlantirish hamda bilish faoliyatining badiiy-estetik va tahliliy-o‘quv komponentlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayoni individual-tipologik, yosh davri va gender xususiyatlari, texnik qobiliyatlar, intellekt darajalari va o‘z-o‘zini rivojlantirish imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan motivatsion-o‘quv muhiti hamda ta’limiy maqsadlarning didaktik imkoniyatlariga ierarxik darajalarda sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-iyundagi 02-07-2244 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, tipologik tahlil qilish asosida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi o‘zini-o‘zi anglash, tanqidiy fikrlash va nostandart xulosa chiqarish, ijodkorlik sifatini rivojlantirish hamda kasbiy kompetentlilik komponentlari majmuini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim traektoriyasiga integrativ - dinamik moslashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-iyundagi 02-07-2244 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini muammoli ta’lim asosida rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish sifati ta’lim-tarbiya jarayonining nazariy-metodik xususiyatlariga ko‘ra sub’ekt-sub’ekt munosabatlari infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan kasbiy kompetentlilik malakasini hamda kasbiy sifat elementlarini tarkib toptirish barqarorligini izchil ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-iyundagi 02-07-2244 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini muammoli ta’lim asosida rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli milliy badiiy madaniyatiga qiziqishlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan motivatsion-kognitiv va amaliy-faoliyatli refleksiv kompetensiyalarini rivojlantirish hamda bilish faoliyatining badiiy-estetik va tahliliy-o‘quv komponentlarini kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-iyundagi 02-07-2244 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini muammoli ta’lim asosida rivojlantirish imkoniyati yaratilgan.