Uralova Gulbahor O‘ktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik-valeologik madaniyatini rivojlantirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3047.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik-valeologik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik-valeologik madaniyatini rivojlantirish imkoniyatlari atorof-muhit tozaligi va sofligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar hamda tarixiy-antropologik, tabiiy-ilmiy bilimlarning tabiat-jamiyat koevolyusiyasiga adekvat uyg‘unligini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik-valeologik madaniyatini rivojlantirish jarayoni ta’lim subektlari munosabatlaridagi faollik va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim jarayonlarining ob’ektivligi va yo‘naltiruvchi-rag‘batlantiruvchi, faol-sog‘lomlashtiruvchi hamda yakuniy faoliyat natijalarini belgilovchi pedagogik infratuzilmani bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik-valeologik madaniyatini rivojlantirish texnologiyalari bilish produktivligini subekt-subekt hamkorligidagi sog‘lomlashtirish faolligiga izchil moslashtirish imkoniyatlarini aniqlash hamda ijobiy faoliyat, interaktiv muloqot jarayonlarini didaktik tuzilmaning tashkiliy mazmuniga idientiv integrallash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik-valeologik madaniyatini rivojlantirish samaradorligi insoniy faoliyatning o‘zaro bog‘liqligi, boshqariladigan dinamik tizimlar barqarorligi hamda ijtimoiy va individual xususiyatlarni o‘z-o‘zini rivojlantirish traektoriyasiga frontal integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik-valeologik madaniyatini rivojlantirishga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik-valeologik madaniyatini rivojlantirish imkoniyatlari atorof-muhit tozaligi va sofligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar hamda tarixiy-antropologik, tabiiy-ilmiy bilimlarning tabiat-jamiyat koevolyusiyasiga adekvat uyg‘unligini tahliliy aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-iyundagi 02-07-2246/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada insonning tabiat, kishilar ijtimoiy guruhlari va o‘z-o‘zi bilan munosabatlari ijtimoiy-tarixiy rivojlanishining ginezisi, falsafiy, pedagogik va psixologik imkoniyatlarini tahlil qilish imkoni yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik-valeologik madaniyatini rivojlantirish jarayoni ta’lim subektlari munosabatlaridagi faollik va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim jarayonlarining ob’ektivligi va yo‘naltiruvchi-rag‘batlantiruvchi, faol-sog‘lomlashtiruvchi hamda yakuniy faoliyat natijalarini belgilovchi pedagogik infratuzilmani bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-iyundagi 02-07-2246/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ekologik-valeologik madaniyatini rivojlantirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik-valeologik madaniyatini rivojlantirish texnologiyalari bilish produktivligini subekt-subekt hamkorligidagi sog‘lomlashtirish faolligiga izchil moslashtirish imkoniyatlarini aniqlash hamda ijobiy faoliyat, interaktiv muloqot jarayonlarini didaktik tuzilmaning tashkiliy mazmuniga idientiv integrallash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-iyundagi 02-07-2246/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ekologik-valeologik madaniyatini rivojlantirishning mezonlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik-valeologik madaniyatini rivojlantirish samaradorligi insoniy faoliyatning o‘zaro bog‘liqligi, boshqariladigan dinamik tizimlar barqarorligi hamda ijtimoiy va individual xususiyatlarni o‘z-o‘zini rivojlantirish traektoriyasiga frontal integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-iyundagi 02-07-2246/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ekologik-valeologik madaniyatini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishg sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish