Qudratov Davlatbek Turdibekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston tarixiy shaharlarining rivojlanish evolyutsiyasi” (eng qadimgi davr-XX asr boshlari), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1189.
Ilmiy rahbar: Eshov Baxodir Jo‘raevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Hushvaqov Nabi Olimovich, tarix fanlari doktori; Xasanov Akram Mo‘minovich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tarixiy shaharlarining evolyutsiyasini, shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va madaniyati masalalarini qadimgi davrdan to XX asrning boshlariga qadar bo‘lgan davrini ochib berish hamda taraqqiy etish va rivojlanish bosqichlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qadimgi davrlardan to XX asr boshlariga qadar hozirgi O‘zbekiston hududlaridagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hamda migratsiya jarayonlarining jadal taraqqiy etishiga shaharlarning tarixiy-geografik joylashuvi hamda savdo-iqtisodiy omillarning mahalliy urbanizatsiya darajasining jadallashuviga faol ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangan;
O‘zbekistonda ilk shaharlarning shakllanishi hamda bosqichma-bosqich taraqqiy etishi yoki ularning inqiroziga sabab bo‘lgan harbiy-siyosiy, migratsiya jarayonlari, tabiiy shart-sharoit kabi omillar aniqlanib, shaharlar rivojlanishining mahalliy aholiga xos bo‘lgan lokal xususiyatlari hamda taraqqiyotining umumiyligi dalillangan;
antik va ilk o‘rta asrlar davri mintaqadagi shaharlar rivoji ko‘proq siyosiy vaziyat bilan bog‘liq bo‘lganligi, xususan, Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan shaharlarning jamiyat taraqqiyotiga iqtisodiy hamda madaniy ta’siri, shaharlarning o‘sha davrga xos bo‘lgan turli o‘lchamlari va ko‘p qismli rivojlanish xususiyatlari, ijtimoiy hamda boshqaruv tizimidagi shaharlarning mavqei aniqlangan;
rivojlangan o‘rta asrlar, shuningdek, XIX-XX asr boshlaridagi urbanizatsiya jarayonlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan katta va kichik shaharlarning qismlari hamda tuzilishidagi an’anaviylik, poydevorlar ustiga bunyod etilgan qasr va saroylar, shaharlar boshqaruvi, ularning siyosiy hamda madaniy markazlar sifatida taraqqiy etganligi ahamiyatga ega ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning qadimgi davrlardan boshlab XX asrning boshlariga qadar bo‘lgan davrda paydo bo‘lgan va rivojlangan shaharlar tarixini tadqiq qilish jarayonida erishilgan natijalar asosida:
qadimgi davrlardan to XX asr boshlariga qadar hozirgi O‘zbekiston hududlaridagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hamda migratsiya jarayonlarining jadal taraqqiy etishiga shaharlarning tarixiy-geografik joylashuvi hamda savdo-iqtisodiy omillarning mahalliy urbanizatsiya darajasining jadallashuviga faol ta’sir ko‘rsatganligi ilmiy jihatdan tahlil qilingan manbalar, xorijiy va ilmiy adabiyotlar, ilmiy asosga ega bo‘lgan xulosa va takliflar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat unitar korxonasining 2022- yil 23- dekabrdagi 02-31-2124 – son ma’lumotnomasi). Natijada teletomashabinlarda shaharlar taraqqiyoti, davlatchilik an’analari, ularning o‘zaro ta’siri to‘g‘risida tushunchalar hosil bo‘lishida yordam bergan.
antik va ilk o‘rta asrlar davri mintaqadagi shaharlar rivoji ko‘proq siyosiy vaziyat bilan bog‘liq bo‘lganligi, xususan, Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan shaharlarning jamiyat taraqqiyotiga iqtisodiy hamda madaniy ta’siri, shaharlarning o‘sha davrga xos bo‘lgan turli o‘lchamlari va ko‘p qismli rivojlanish xususiyatlari, ijtimoiy hamda boshqaruv tizimidagi shaharlarning mavqei kabi vazifalar ijrosiga qaratilgan dasturlarini bajarishda Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi tomonidan foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2022-yil 24-sentyabrdagi 01-36-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda shaharlarning shakllanishi, rivojlanishi bosqichlari tarixini yaratishda arxeologiya, etnografiya, o‘lkashunoslik kabi fanlaridan o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar yozish, oliy o‘quv yurtlari va malaka oshirish muassasalarida maxsus kurslar o‘qish, seminarlar tashkil etish hamda sayyohlar uchun bukletlar, filmlar, etnografik ko‘rgazmalar tayyorlashda foydalanilgan.