Ergashov Shuhratning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradiladigan fan tarmogʼi nomi): Fransiya II va V Respublikalari siyosiy tizimlarining shakllanishi va ularning qiyosiy tahlili (1848-1852 va 1958-1962 yillar), 07.00.03 – Jahon tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatgan olingan raqam: B2023.1.DSc/Tar.287.
Ilmiy maslahatchi: -
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.
Rasmiy opponentlar: Rahmonov Farmon, tarix fanlari doktori, professor; Urakov Dilshodbek Jamoliddinovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Jo‘raev Qodir Asadovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Fransiyada II va V Respublikalar (1848–1852 va 1958–1962 yy.) siyosiy tizimlarining shakllanishi tarixini hamda ular o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buyuk fransuz inqilobi butun dunyo tarixi uchun ham burilish nuqtasi bo‘lganligi, inqilob olgʼa surgan ozodlik, tenglik, birodarlik gʼoyalari faqat Evropaning emas, balki boshqa qitʼalar xalqlarining ham keyingi rivojiga katta ta’sir ko‘rsatganligi, ko‘plab millatlarning o‘z mustaqilligi uchun kurashiga, jumladan, Turkistondagi jadidlar harakatiga ham umuminsoniy xarakter va katta mazmun baxsh etganligi dalillangan;
Fransiyadagi keyingi barcha inqilobilar, jumladan, 1848 yilgi inqilob va II Respublikaning o‘rnatilishi ham Buyuk fransuz inqilobining mantiqiy davomi ekaligi asoslanib, II Respublika siyosiy tizimining shakllanishi va II Imperiyaning e’lon qilinishida Lui Bonapartning roliga marksistik va sotsialistik adabiyotlarda berilgan baholar ob’ektiv baholangan;
Fransiyadagi keyingi barcha inqiloblar, jumladan, 1848 yilgi inqilob va II Respublikaning o‘rnatilishi ham Buyuk fransuz inqilobining mantiqiy davomi ekaligi asoslanib, II Respublika siyosiy tizimining shakllanishi va II Imperiyaning e’lon qilinishida Lui Bonapartning roliga marksistik va sotsialistik adabiyotlarda berilgan baholar ob’ektiv baholangan;
Gollizm mafkurasi Fransiyaning milliy buyukligini tiklashga yo‘naltirilgani, bu Fransiyaning barqaror rivojlanishi uchun poydevor bo‘lganligi, rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston uchun ham o‘tish davrida shunday milliy mafkuraning muhimligi hamda siyosiy tizimning shakllanishi jarayonida milliy liderning dunyoqarashi va siyosiy irodasi katta, ba’zan hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi asoslangan;
II va V Respublikalardagi prezidentlik institutlari, kuchli prezidentlik hokimiyati shakllanishining har bir respublikaga xos bo‘lgan tarixiy sharoitlari ko‘rsatilib, parlamentlar faoliyati hamda vakolatlari va kuchli prezidentlikka asoslangan siyosiy tizimlarda parlament vakolatlarining qatʼiy cheklanishi dalillangan;
zamonaviy siyosiy tizimlarning umumiy qonuniyatlari, O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi siyosiy tizimlari, konstitusiyalari va prezidentlik institutlarining umumiy jihatlari to‘gʼrisida konseptual xulosalar chiqarilib, ularda Fransiya Beshinchi Respublikasi siyosiy tizimi shakllanishi va uning asosiy jihatlari umumsivilizatsiyaviy qoidalar nuqtai nazaridan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransiya II va V Respublikalari siyosiy tizimlarining shakllanishi va ularning qiyosiy tahlili (1848 – 1852 va 1958 – 1962 yillar) mavzusini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
Buyuk fransuz inqilobi butun dunyo tarixi uchun ham burilish nuqtasi bo‘lganligi, inqilob olgʼa surgan ozodlik, tenglik, birodarlik gʼoyalari faqat Evropaning emas, balki boshqa qitʼalar xalqlarining ham keyingi rivojiga katta ta’sir ko‘rsatganligi, ko‘plab millatlarning o‘z mustaqilligi uchun kurashiga umuminsoniy xarakter va katta mazmun baxsh etganligi, Fransiyadagi keyingi barcha inqiloblar, jumladan, 1848 yilgi inqilob va II Respublikaning o‘rnatilishi ham Buyuk fransuz inqilobining mantiqiy davomi ekanligi, II Respublika siyosiy tizimining shakllanishi va II Imperiyaning e’lon qilinishida Lui Bonapartning roli haqida chiqarilgan xulosalardan o‘rta umumta’lim maktablarining 8-sinflari uchun nashr etilgan Jahon tarixi (XVI – XIX asrning 60-yillari) (Cho‘lpon nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019. Mualliflar: R.Farmonov, U.Jo‘raev, Sh.Ergashev) darsligini yaratishda qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023 yil 4 martdagi 01/11-01/11-130-son ma’lumotnomasi). Natijada Fransiyadagi siyosiy tizimlar o‘rtasidagi vorisiylik munosabatlari ochib berildi va bu jarayonda Lui Bonapartning roli yangicha tamoyillar asosida baholangan;
Ikkinchi jahon urushidan keyingi Fransiyadagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy holat, mustamlakalar muammosi, IV Respublika inqirozining sabablari ko‘rsatilib, V Respublika siyosiy tizimi shakllanishida de Gollning yuksak siyosiy roli haqida chiqarilgan xulosalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinflari uchun nashr etilgan (Mualliflar: Sh.Ergashev, B.Xodjaev, J.Abdullaev, N.Hakimov. Respublika ta’lim markazi, 2022 yil) darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023 yil 4 martdagi 01/11-01/11-130-son ma’lumotnomasi). Natijada siyosiy tizimlar inqirozi sabablarining universal xarakteri ochib berildi va jamiyatdagi keskin evrilish jarayonlarida siyosiy liderning rolini ob’ektiv baholash uchun presedent yaratilgan;
II va V Respublikalardagi prezidentlik institutlari qiyosiy tahlil qilinib, kuchli prezidentlik hokimiyati shakllanishining har bir respublikaga xos bo‘lgan tarixiy sharoitlari ko‘rsatilgani, parlamentlar faoliyati hamda vakolatlari tahlil qilinib, kuchli prezidentlikka asoslangan siyosiy tizimlarda parlament vakolatlarining cheklanishi haqidagi xulosalar hamda zamonaviy siyosiy tizimlarning umumiy qonuniyatlari, zamonaviy siyosiy tizimlar, konstitusiyalar va prezidentlik institutlarining umumiy jihatlari to‘gʼrisida chiqarilgan xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” kanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvining ayrim ssenariylarini yozishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023 yil 3 apreldagi 02-31-506-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy prezidentlik boshqaruviga asoslangan siyosiy tizimlarning umumiy jihatlarini ochib berubchi postuiatlarni brlgilab olish imkoniyati paydo bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish