Yusupov Erkinjon Xurramovichning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i) “Fizika o‘qitish metodikasini smart-texnologiyalar yordamida takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped2129.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Eshchanov Bahodir Xudoyberganovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Gulnora Ernazarova, pedagogika fanlari doktori, professor; Xo‘janov Erkin Berdievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fizika o‘qitish metodikasini smart-texnologiyalar yordamida takomillashtirishga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fizika o‘qitish metodikasini smart-texnologiyalar yordamida takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlari ta’limning interaktiv muhitiga moslashuvchanligini barqarorlashtiruvchi adaptiv kontentni axborot almashish jarayonida differensial qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
fizika o‘qitish metodikasini smart-texnologiyalar yordamida takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari ta’limni shaxsga yo‘naltirish va moslashtirish imkonini beruvchi qulaylik, ochiqlik, ommaboplik tamoyillarini aqlli o‘qitish muhitiga tasnifiy darajalarda kiritish asosida takomillashtirilgan;
fizika o‘qitish jarayonida innovasion texnologiyalardan foydalanish metodikasi o‘lchamlilik, reallik, relevantlik, reglament kabi SMART mezonlarini internet resurslaridan erkin foydalanishga mo‘ljallanagan grafikli masalalar mazmuniga individual murakkablikda singdirish asosida takomillashtirilgan;
smart-texnologiyalar yordamida o‘quvchilarning fanga oid va tayanch kompetensiyalarini baholash mezonlari audiovizual, multimedia, gipermatnli, xolografik texnologiyalarni fizik masalalarni modellashtirish jarayonida akademik tasnifiga ko‘ra qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish metodikasini SMART-texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari orqali:
fizika o‘qitish metodikasini smart-texnologiyalar yordamida takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlari ta’limning interaktiv muhitiga moslashuvchanligini barqarorlashtiruvchi adaptiv kontentni axborot almashish jarayonida differensial qo‘llashga doir ilmiy tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokompaniyasida efirga uzatiladigan “Tavsilot” ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2023 yil 17 martgi 01-04/54-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning optik hodisalar mohiyati, ularning o‘zaro aloqadorligiga oid bilim va tushunchalarini boyitishga xizmat qilgan;
fizika o‘qitish metodikasini smart-texnologiyalar yordamida takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari ta’limni shaxsga yo‘naltirish va moslashtirish imkonini beruvchi qulaylik, ochiqlik, ommaboplik tamoyillarini aqlli o‘qitish muhitiga tasnifiy darajalarda kiritishga oid takliflardan OT-F2-09- raqamli “Ko‘p komponentli oksid kristallarning spektral xususiyatlariga optic va ionlashtiruvchi nurlarning ta’sir mexanizimlarning fizik asoslari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining 2023 yil 22 maydagi 04/11-3069-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning optika bo‘limiga oid bilim-malakalari oshgan;
fizika o‘qitish jarayonida innovasion texnologiyalardan foydalanish metodikasi o‘lchamlilik, reallik, relevantlik, reglament kabi SMART mezonlarini internet resurslaridan erkin foydalanishga mo‘ljallanagan grafikli masalalar mazmuniga individual murakkablikda singdirishga oid takliflardan A-13-3- raqamli ““Nazariy fizika” kursi bo‘yicha elektron o‘quv-uslubiy kompleksi, aktuar matematika bo‘yicha darslik yaratish va sug‘urta riski holatlarini o‘rganish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining 2023 yil 22 maydagi 04/11-3070-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning raqamli kompetentligini shakllantirdi.