Xayrullaeva Nodira Dilshod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Biologiya ta’limi jarayonida virtual texnologiyalar asosida talabalarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish (Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fani misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogoka fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3668.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Raximov Atanazar Karimovich, pedagogika fanlari doktori professor; biologiya fanlari doktori, professor Abdullaeva Muborak Maxmusovna.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi biologiya ta’limi jarayonida virtual texnologiyalar asosida talabalarning metodik tayyorgarligini takomillashtirishga doir metodik tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biologiya ta’limi jarayonida virtual texnologiyalar asosida talabalarning metodik tayyorgarligini takomillashtirishning tashkiliy, pedagogik-psixologik, uslubiy-didaktik shart-sharoitlari refleksiv kasbiy tayyorgarlik imkoniyatlarini faoliyatli yo‘naltirish, virtual axborot muhitida aniq jarayonlarni imitatsiyalash, fiziologik jarayonlarni vizual taqdim etish va virtual modellashtirishga ustivorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
“Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” fanidan virtual texnologiyalar asosida talabalarning metodik faoliyatga tayyorlashning didaktik modeli moslashuvchan, shakllantiruvchi va refleksiv bosqichlarni autentlik, vaziyatli, kontekstli o‘qitish sharoitiga muvofiqlashtirish; 3D-texnologiyalar yordamida integratsiyalash hamda ta’lim jarayonida kasbiy mobillikni rivojlantirishning baholash va nazorat interaktiv tizimini virtual vositalarga ko‘ra takomillashtirilgan;
“Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” fanini o‘qitishda talabalarning metodik tayyorgarligini orttirishning dasturiy ta’minotini murakkab anatomik va fiziologik jarayonlarni adaptiv vizuallashtirish, atrof–muhit va organizmning hayotiy ko‘rsatkichlarni aniqlashtirishda mobil qurilma o‘lchagichlaridan (akselerometr, magnitometr, barometr, shagomer, pul’sometr) foydalanish, tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirishga oid metodik resurslarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
“Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” fanini o‘qitishda virtual texnologiyalarning metodik imkoniyatlarini refleksiv - baholash mobil so‘rov va ovoz berish (Plickers, Yandex Forms, Mentimeler), mobil viktorinalar (Quizlet, Kahoot), to‘ldiruvchi aniqlik va 3D vizuallashtirish (Tinkercad, CoSpaces Edu), mobil qidiruv, bulutli servislar (Google Disk), veb-questlar (Learnis, Zunal) asosida takomillashtirish asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning biologiya ta’limi jarayonida virtual texnologiyalar asosida metodik tayyorgarligini takomillashtirishga doir o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
biologiya ta’limi jarayonida virtual texnologiyalar asosida talabalarning metodik tayyorgarligini takomillashtirishning tashkiliy, pedagogik-psixologik, uslubiy-didaktik shart-sharoitlari refleksiv kasbiy tayyorgarlik imkoniyatlarini faoliyatli yo‘naltirish, virtual axborot muhitida aniq jarayonlarni imitatsiyalash, fiziologik jarayonlarni vizual taqdim etish va virtual modellashtirishga ustivorlik berish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalari “Fiziologiya va sport fiziologiyasi (Umumiy fiziologiya)” o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’limni rivojlantirish va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 3 noyabrdagi 02/01-01-64-son ma’lumotnomasi). Natijada, virtual ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning metodik tayyorgarligini takomillashtirishning didaktik va texnologik imkoniyatlari orttirilgan;
“Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” fanidan virtual texnologiyalar asosida talabalarning metodik faoliyatga tayyorlashning didaktik modeli moslashuvchan, shakllantiruvchi va refleksiv bosqichlarni autentlik, vaziyatli, kontekstli o‘qitish sharoitiga muvofiqlashtirish; 3D-texnologiyalar yordamida integratsiyalash hamda ta’lim jarayonida kasbiy mobillikni rivojlantirishning baholash va nazorat interaktiv tizimini virtual vositalar yordamida takomillashtirish; dasturiy ta’minotini murakkab anatomik va fiziologik jarayonlarni adaptiv vizuallashtirish, atrof–muhit va organizmning hayotiy ko‘rsatkichlarni aniqlashtirishda mobil qurilma o‘lchagichlaridan (akselerometr, magnitometr, barometr, shagomer, pul’sometr) foydalanish, tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirishga oid metodik resurslarni ishlab chiqishga hamda “Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” fanini o‘qitishda virtual texnologiyalarning metodik imkoniyatlarini refleksiv- baholash mobil so‘rov va ovoz berish (Plickers, Yandex Forms, Mentimeler), mobil viktorinalar (Quizlet, Kahoot), to‘ldiruvchi aniqlik va 3D vizuallashtirish (Tinkercad, CoSpaces Edu), mobil qidiruv, bulutli servislar (Google Disk), veb-questlar (Learnis, Zunal) asosida takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqishga doir tavsiyalaridan 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan I-OT-2019-8-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion loyihasi doirasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 8-uyun 01/15-09/127-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning metodik tayyorgarligini takomillashtirishda raqamli ta’lim muhitida virtual texnologiyalardan foydalanishning elektron ta’lim resurslari vositasida takomillashtirish imkonini bergan.