Bozorov Hasan Nematovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Fizika ta’limida talabalarning mantiqiy fikrlashini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1641.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Usarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Ikromjon G‘ulamjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Karlibaeva Guljahon Ermekbaevna pedagogika fanlari doktori , professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fizika ta’limida talabalarning mantiqiy fikrlashini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida nomutaxassislik yo‘nalishi talabalariga fizikadan ta’lim berish jarayonida mantiqiy fiklashini kompetensiyaviy yondashuv orqali rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari fikrlash komponentlarining predmetli, operatsional, refleksiv shaxsiy darajalarini individual ta’lim muhitida progressiv dinamikada rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalari nomutaxassislik yo‘nalishi talabalarining mantiqiy fikrlashini rivojlantirishning metodik modeli maqsad, mazmun, jarayon va natija komponentlar uzviyligida ilmiylik, izchillik, aloqadorlik, onglilik, aniqlik va mavhumlik tamoyillarini uslubiy ta’minot mazmuniga tezkor qayta aloqali munosabatda kiritish asosida ishlab chiqilgan;
fizikadan amaliy mashg‘ulotlar jarayonida pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining mantiqiy fikrlashini va kognitiv kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi o‘zlashtirishning algoritmik va muammoli darajalarini davriy monitoring qilish hamda siklik fizikaviy hodisalarni, molekulyar-optik va izojarayonlarni, olam haqidagi tasavvurlarni vizuallashtirish (RAD Studio) va avtomatlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni yaratuvchanlik, tadqiqotchilik kabi pedagogika mutaxassisligiga xos izlanuvchanlik, yaratuvchanlik, komunikativlik kabi sifatlarini hamda motivatsion, kognitiv, refleksiv, kreativ kabi kasbiy kompetensiyalarini rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari fizikani eksperimental o‘qish orqali bilishning deduktiv va induktiv darajasida qiyosiy tahlil asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fizika ta’limida talabalarning mantiqiy fikrlashini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida nomutaxassislik yo‘nalishi talabalariga fizikadan ta’lim berish jarayonida mantiqiy fiklashini kompetensiyaviy yondashuv orqali rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari fikrlash komponentlarining predmetli, operatsional, refleksiv shaxsiy darajalarini rivojlantirish asosidagi taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 20-yanvardagi 04-36-98-son ma’lumotnomasi). Natijada, mantiqiy usullarni bilish, kasbiy faoliyat turlarini o‘zlashtirilishi bo‘yicha metodik tizimni ilmiy asosda takomillashtirishga erishilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalari nomutaxassislik yo‘nalishi talabalarining mantiqiy fikrlashini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirishning metodik modeli maqsad, mazmun, jarayon va natija komponentlar uzviyligida ilmiylik, izchillik, aloqadorlik, onglilik, aniqlik va mavhumlik tamoyillari hamda uslubiy ta’minotni mazmunan rivojlantirishga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan olinib O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-13-3-sonli ““Nazariy fizika” kursi bo‘yicha elektron o ’quv-uslubiy kompleksi, aktuar matematika b o ’yicha darslik yaratish va sug‘urta riski holatlarini o‘rganish” mavzusidagi amaliy-ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 22-iyundagi 04/11-3883-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi nomutaxassis yo‘nalish talabalariga fizika fanini o‘qitish orqali talabalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga vizual dasturlashdan samarali foydalanilgan hamda “Fizik kattaliklar va doimiylarni nomli tanlov fandan fan dasturi va sillabuslar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etishga xizmat qilgan.
fizikadan amaliy mashg‘ulotlar jarayonida pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining mantiqiy fikrlashini va kognitiv kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi o‘zlashtirishning algoritmik va muammoli darajalarini rivojlantirish hamda siklik fizikaviy hodisalarni, molekulyar-optik va izojarayonlarni, olam haqidagi tasavvurlarni vizuallashtirish (RAD Studio) va avtomatlashtirishga oid xulosalaridan Ya-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli loyihada foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 31-yanvardagi 02-07-273/4–son ma’lumotnomasi). Natijada nomutaxassis yo‘nalish talabalarining fizikadan mantiqiy fikrlashini va kognitiv kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan.