Ermatova Gulnoz Pirimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida ijtimoiy intellekt shakllanishining psixologik omillari», 19.00.05 –Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B.2019.3.PhD/P126.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Ganjiev Feruz Furqatovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida ijtimoiy intellekt shakllanishining o‘ziga xos psixologik omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida ijtimoiy intellektning shakllanishi muloqotda shaxs hissiyotini, noverbal va verbal harakatlarni tushunishning empatiyaga bog‘liq ravishda xulq-atvorda kognitiv darajada namoyon bo‘lishi tufayli gnoseologik, akkumulyativ, kommunikativ funksiyalarning integrativ faollashuviga identiv ekanligi dalillangan;  
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida ijtimoiy intellektning differensial rivojlanishi muloqotga moyillik, ijtimoiy etuklik va dadillik, mustaqillik sifatlarining xulqda proeksiyalanishi noverbal nutqni tushunish ko‘nikmasini ustuvorligini ta’minlaganligi tufayli shaxs kommunikativ xususiyatlariga integrativ shakllanishi isbotlangan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida intellekt tiplarining namoyon bo‘lishi muloqotda hissiyotni, noverbal va verbal harakatlarni tushunish mantiqiy-matematik, fazoviy, shaxsiy intellektni ustuvor shakllanishini refleksiv darajada ta’minlaganligi tufayli ijtimoiy intellektning rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi asoslangan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida kasbiy faoliyat samaradorligiga erishish uchun ijtimoiy intellekt  omillaridan ijtimoiy identifikatsiya, ijtimoiy persepsiya, ijtimoiy refleksiya, ijtimoiy adaptatsiya, altruizmni adekvat baholash muhimligiga ko‘ra sotsial-psixologik, verbal, Ego kompetentliklarni integrativ rivojlanishiga adaptiv ta’sir etishning psixotexnologiyalari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida   ijtimoiy intellekt shakllanishining psixologik omillariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida ijtimoiy intellektning shakllanishi muloqotda shaxs hissiyotini, noverbal va verbal harakatlarni tushunishning emratiyaga bog‘liq ravishda xulq-atvorda kognitiv darajada namoyon bo‘lishi tufayli gnoseologik, akkumulyativ, kommunikativ funksiyalarning integrativ faollashuviga identiv ekanligi dalillanganganligiga doir takliflardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 15-sentyabrdagi 9-sonli Kengash buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24-dekabrdagi P-M-84a-son ma’lumotnomasi). Natijada  ijtimoiy intellektning maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari kasbiy faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi psixologik omillar va shaxs xulq-atvori bilan bog‘liq  funksiyalarning integrativ faollashuvi dalillangan hamda imkoniyatlari kengaytirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida ijtimoiy intellektining differensial rivojlanishi muloqotga moyillik, ijtimoiy etuklik va dadillik, mustaqillik sifatlarining xulqda rroeksiyalanishi noverbal nutqni tushunish ko‘nikmasini ustuvorligini ta’minlaganligi tufayli shaxs kommunikativ xususiyatlariga integrativ shakllanishi isbotlanishga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 15-sentyabrdagi 9-sonli Kengash buyrug‘iga asosan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi  Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24-dekabrdagi P-M-84a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari ijtimoiy intellekti differensial rivojlanishi ta’sir etuvchi omillar shaxs kommunikativ xususiyatlariga integrativ shakllanishi isbotlanishga sharoit yaratilgan;   
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida intellekt tirlarining namoyon bo‘lishi muloqotda hissiyotni, noverbal va verbal harakatlarni tushunish mantiqiy-matematik, fazoviy, shaxsiy intellektni ustuvor shakllanishini refleksiv darajada ta’minlaganligi tufayli ijtimoiy intellektning rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi asoslanishiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 15-sentyabrdagi 9-sonli Kengash buyrug‘iga asosan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24-dekabrdagi P - M -84a- son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari ijtimoiy intellektini shakllanishi intellekt tirlari  shakllanishini refleksiv darajada ko‘rsatkichlari oshgan;
 maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida kasbiy faoliyat samaradorligiga erishish uchun ijtimoiy intellekt  omillaridan ijtimoiy identifikatsiya, ijtimoiy rersersiya, ijtimoiy refleksiya, ijtimoiy adartatsiya, altruizni adekvat baholash muhimligiga ko‘ra sotsial-rsixologik, verbal, Ego komretentliklarni integrativ rivojlanishiga adartiv ta’sir etishning rsixotexnologiyalari asoslanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 15-sentyabrdagi 9-sonli Kengash buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologik trening” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv - ilmiy markazining 2021 yil 24-dekabrdagi P-M-84a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari ijtimoiy intellektini shakllantirish va rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan va amaliyotga joriy etilishi tizimda faoliyat yuritayotgan tarbiyachilar kasbiy samaradorligini yuksaltirishga, shuningdek bolalar bilan guruh bo‘lib ishlashda va individual ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish