Avezov Olmos Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekstremal vaziyatlarda aholiga psixologik xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari» mavzusidagi 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2020.1.PhD/P154.
Ilmiy rahbar: Barotov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlar doktori, professor; Umurzoqov Dilmurod Xolmurodovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ekstremal vaziyatlarda aholiga psixologik xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy- psixologik mexanizmlarini o‘rganish asosida psixologik xizmatni takommillashtirishdan. iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekstremal vaziyatlarda aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish modeli shaxs muhofaza mexanizmlaridan «ideallashtirish», «konversiya»ni kompensatsiyalashga, «tasavvur», «identifikatsiya», «ratsionalizatsiya», «inkor etish»ni kognitivga, «tajavuzkorlik», «hissiy engillashish»ni emotsionallik jihatlariga uyg‘un namoyon bo‘lishini hisobga olgan holda favqulodda holatning «rivojlanishini baholash mezonlari» va «baholash darajalari» komponentlarini kiritishi asosida takomillashtirilgan;
ekstremal vaziyatlarda aholidagi psixologik zo‘riqishlarning kelib chiqishiga ko‘ra inqirozli vaziyatlarda «ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishni kutishga yo‘nalganlik»ning regressiya, o‘rin almashtirish, siqib chiqarish psixologik himoya mexanizmlariga integrativ rivojlanishi tufayli shaxs hissiy-emotsional sohasida stressbardoshlikning differensial strategiyalarini namoyon bo‘lishi dalillangan;
ekstremal vaziyatlarda aholiga psixologik xizmat ko‘rsatishning psixologik mexanizmlari o‘z hissiyotlarini, hatti-harakatlarini to‘g‘ri boshqara olish, o‘zini-o‘zi tartibga solish qobiliyatlarining «topshiriqni hal qilishga», «emotsiyaga  yo‘nalgan» xulq-atvorga o‘zaro uyg‘un shakllanganligi sababli turli xil vaziyatda uchraydigan favqulotda holatlarda o‘zini-o‘zi adekvat baholay olish imkoniyati ustuvor rivojlanishini ta’minlash asosida isbotlangan;
ekstremal vaziyatlarda aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish jarayonida debrifingni qo‘llash natijasida shaxs psixoemotsional holatini barqarorlashtirish, stressga chidamlilikni rivojlantirishning shaxsning emotsional o‘zini-o‘zini baholashga integratsiyasi tufayli «konfrontatsiya», «masofa saqlash», «o‘z-o‘zini nazorat qilish», «ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni izlash» strategiyalarini ustuvor shakllanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekstremal vaziyatlarda aholiga psixologik xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini rivojlantirish bo‘yicha erishilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ekstremal vaziyatlarda aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish modeli shaxs muhofaza mexanizmlaridan «ideallashtirish», «konversiya»ni kompensatsiyalashga, «tasavvur», «identifikatsiya», «ratsionalizatsiya», «inkor etish»ni kognitivga, «tajavuzkorlik», «hissiy engillashish»ni emotsionallik jihatlariga uyg‘un namoyon bo‘lishini hisobga olgan holda favqulodda holatning «rivojlanishini baholash mezonlari» va «baholash darajalari» komponentlarini kiritishi asosida takomillashtirilganligiga oid xulosa va tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 1-maydagi PM-16-sonli buyrug‘iga asosan «Ekstremal vaziyatlarda psixologik xizmat «moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-maydagi PM-16-m-son ma’lumotnomasi), shuningdek, psixologik xizmat ko‘rsatish omillarini rivojlantirishga mo‘ljallangan vaziyatga moslashish, avtoportret, o‘rin almashtirish dasturini qo‘llash orqali kishilardagi hissiy zo‘riqishlarni korreksiyalash tizimi takomillashtirilganligi yuzasidan olingan xulosalar, ko‘rsatmalar va amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan 5110900 – Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan «Ekstremal vaziyatlarda psixologik xizmat» nomli darslik yaratilgan. Natijada ekstremal vaziyatlarda aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish samaradorligining oshishi ta’minlangan;
ekstremal vaziyatlarda aholidagi psixologik zo‘riqishlarning kelib chiqishiga ko‘ra inqirozli vaziyatlarda «ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishni kutishga yo‘nalganlik»ning regressiya, o‘rin almashtirish, siqib chiqarish psixologik himoya mexanizmlariga integrativ rivojlanishi tufayli shaxs hissiy-emotsional sohasida stressbardoshlikning differensial strategiyalarini namoyon bo‘lishi dalillanganligi haqidagi ilmiy xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 1-maydagi PM-16-sonli buyrug‘iga asosan «Ekstremal vaziyatlarda psixologik xizmat «moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-maydagi PM-16-m-son ma’lumotnomasi). Natijada ekstremal vaziyatlarda aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish samaradorligining oshirilishi bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishga erishilgan;
ekstremal vaziyatlarda aholiga psixologik xizmat ko‘rsatishning psixologik mexanizmlari  o‘z hissiyotlarini, hatti-harakatlarini to‘g‘ri boshqara olish, o‘zini-o‘zi tartibga solish qobiliyatlarining «topshiriqni hal qilishga», «emotsiyaga» yo‘nalgan xulq-atvorga o‘zaro uyg‘un shakllanganligi sababli turli xil vaziyatda uchraydigan favqulotda holatlarda o‘zini-o‘zi adekvat baholay olish imkoniyati ustuvor rivojlanishini ta’minlash asosida isbotlangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 1-maydagi PM-16-sonli buyrug‘iga asosan «Ekstremal vaziyatlarda psixologik xizmat «moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-maydagi PM-16-m-son ma’lumotnomasi). Natijada, favqulotda holatlarda aholiga psixologik xizmat ko‘rsatishning amaliy samaradorligiga erishilgan;
ekstremal vaziyatlarda aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish jarayonida debrifingni qo‘llash natijasida shaxs psixoemotsional holatini barqarorlashtirish, stressga chidamlilikni rivojlantirishning shaxsning emotsional o‘zini-o‘zini baholashga integratsiyasi tufayli «konfrontatsiya», «masofa saqlash», «o‘z-o‘zini nazorat qilish», «ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni izlash» strategiyalarini ustuvor shakllanishi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 1-maydagi PM-16-sonli buyrug‘iga asosan «Ekstremal vaziyatlarda psixologik xizmat «moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-maydagi PM-16-m-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekstremal vaziyatlarda aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish amaliyotini takomillashtirish borasidagi psixologik bilimlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish