Xasanova Saidaxon Ganijonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maktabgacha yoshdagi bolalarda xavotirlanishni diagnostika qilish va korreksiyalash (5-6 yoshli bolalar misolida)», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivaojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/P354.
Ilmiy rahbar: Turg‘unov Abdurashid Abdumannobovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Sobirova Dilafruz Abduroziqovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yosh davri bolalarda xavotirlanish holatlari namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini aniqlash va xavotirlanishni korreksiya qilishning amaliy imkoniyatlarini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xavotirlanishning darajaviy ifodalanishida emotsional holatlarni indifferent idrok etilishining hissiy o‘zini-o‘zi qabul qilishga identifikatsiyasi tufayli shaxsiy va vaziyatga oid omillarning integrativ namoyon bo‘lishi dalillangan;
boladagi xavotirlanish darajasini baholashda ota-onaning bolani “emotsional rad etishi” bilan bog‘liq ravishda tortinchoqlikning ortishi va o‘z-o‘zini qadrlash hissining pasayishi shaxslararo munosabatlarda intensiv namoyon bo‘lishi tufayli o‘z-o‘ziga beradigan bahoning hissiy komponenti yetakchi mezon ekanligi dalillangan;
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xavotirlanish darajasini psixokorreksiyalash uchun onadagi xavotirlarni bolaga proeksiyalanishini “ona psixoemotsional holatini konstruktiv transformatsiyalash” asosida chegaralash muhimligi tufayli ona-bola munosabatlariga integrativ o‘yin texnologiyalari orqali ta’sir etish zarurati isbotlangan;
boladagi o‘z-o‘zini qadrlash darajasini oshirish orqali xavotirlanish hissini psixokorreksiyalashda nizolashuvchanlik, aybdorlik hissi, tortinchoqlik sifatlariga korreksion-adaptiv ta’sir etish axloqiy hislarni rivojlanishiga olib kelganligi tufayli irodaviy sifatlarni shakllantirish ustuvor harakterga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi 5-6 yoshli bolalarda xavotirlanishning psixologik xususiyatlari bo‘yicha erishilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarda xavotirlaning darajaviy ifodalanishida emotsional holatlarni indiferent idrok etilishining hissiy o‘zini-o‘zi qabul qilishga identifikatsiyasi tufayli shaxsiy va vaziyatga oid omillarning integrativ namoyon bo‘lishini dalillashga oid ilmiy ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 fevraldagi PM-15 buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiya va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11 fevraldagi PM-15-m ma’lumotnomasi.) Natijada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xavotirlanishning darajaviy ifodalanishini shaxsiy va vaziyatga oid omillarning integrativ namoyon bo‘lishini emperik tadqiq etish ta’minlangan.
boladagi xavotirlanish darajasini baholashda ota-onaning bolani “emotsional rad etishi” bilan bog‘liq ravishda tortinchoqlikning ortishi va o‘z-o‘zini qadrlash hissining pasayishi shaxslararo munosabatlarda intensiv namoyon bo‘lishi tufayli o‘z-o‘ziga beradigan bahoning hissiy komponenti yetakchi mezon ekanligi dalillangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 fevraldagi PM-15 buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiya va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11 fevraldagi PM-15-m ma’lumotnomasi.) Natijada boladagi xavotirlanish darajasini baholashda ota-onaning bolani “emotsional rad etishi” bilan bog‘liq ravishda tortinchoqlikning ortishi va o‘z-o‘zini qadrlash hissining pasayishi yetakchi mezon ekanligini ilmiy tadqiq etish imkoniyati yaratilgan.
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xavotirlanish darajasini psixokorreksiyalash uchun onadagi xavotirlarni bolaga proeksiyalanishini “ona psixoemotsional holatini konstruktiv transformatsiyalash” asosida chegaralash muhimligi tufayli ona-bola munosabatlariga integrativ o‘yin texnologiyalari orqali ta’sir etish zarurati isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 fevraldagi PM-15 buyrug‘iga asosan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11 fevraldagi PM-15-m ma’lumotnomasi.) Natijada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xavotirlanish darajasini psixokorreksiyalash uchun ona-bola munosabatlariga integrativ o‘yin texnologiyalari orqali ta’sir etish muhumligi takomillashtirilgan.
boladagi o‘z-o‘zini qadrlash darajasini oshirish orqali xavotirlanish hissini psixokorreksiyalashda nizolashuvchanlik, aybdorlik hissi, tortinchoqlik sifatlariga korreksion-adaptiv ta’sir etish axloqiy hislarni rivojlanishiga olib kelganligi tufayli irodaviy sifatlarni shakllantirish ustuvor harakterga ega ekanligi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 fevraldagi PM-15 buyrug‘iga asosan “Psixologik maslaxat” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11 fevraldagi PM-15-m ma’lumotnomasi.) Natijada boladagi o‘z-o‘zini qadrlash darajasini oshirish orqali xavotirlanish hissini psixokorreksiyalashda irodaviy sifatlarni shakllantirish ustuvor harakterga ega ekanligi ko‘rsatib berilgan.