Galdieva Mehribon Durdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy tarbiyani rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/P155.
Ilmiy rahbar: Farfieva Kamola Atxamdjanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevish, psixologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raqulova Dildora Ziyodullaevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy tarbiyani rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ochib berish hamda milliy tarbiyani rivojlantirishga oid amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy tarbiyaning rivojlanishiga «tarbiyalanganlik mezonlari»ning ta’siri natijasida o‘z shaxsini hurmat qilish, atofdagilarga axloqiy munosabatda bo‘lishning, kognitiv darajalar namoyon bo‘lish tufayli, kuzatuvchanlikning shaxs sifatida ustuvor shakllanishi dalillangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tasavvurlarida yuz beradigan tarbiyaning kognitiv va instrumental faoliyatning dialektik o‘zaro bog‘liq bosqichi ta’lim, maktab, oila hamda ijtimoiy muhit ta’sirida «axloqiy me’yorlar», «axloqiy kategoriyalar», «axloqiy prinsiplar» kabi psixologik xususiyatlarni differensiatsiyalashi tufayli, tarbiyalanganlik darajasini aniqlovchi ijtimoiy-psixologik vositalar ekanligi asoslangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari axloqiy tasavvurining tuzilmasi muhit, turmush tarzi, ilm olish darajasi, mas’uliyatlilik hissining ta’sirida ehtiyojlar ierarxiyasidagi «o‘zini-o‘zi anglash»ni o‘quvchilar axloqiy rivojlanishidagi «bilish», «motivatsion» va «emotsional» xususiyatlar (motivatsiya bilan xavotirlanish, emotsional holati) bilan o‘zoro integratsiyasi tufayli, tarbiya maromini kuchayishi orqali xulqdagi o‘zgarishlarga olib kelish dalillangan;
bola tomonidan ertaklarni emotsional va etnik baholanishida axloqiy tushunchalar, munosabatlar, kadriyatlar tronformatsiyalanishiga bog‘liq ravishda shaxs fazilatlariga integratsiyasi tufayli, yoshga oid dinamik xususiyatlarda differetsial farqlarning mavjudligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy tarbiyani rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishi natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy tarbiyaning rivojlanishiga «tarbiyalanganlik mezonlari»ning ta’siri natijasida o‘z shaxsini hurmat qilish, atofdagilarga axloqiy munosabatda bo‘lishning, kognitiv darajalar namoyon bo‘lish tufayli, kuzatuvchanlikning shaxs sifatida ustuvor shakllanishi ilmiy dalillanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 18 martdagi 18-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 1-may PM-17-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ahloqiy rivojlanishiga tarbiyalanganlik mezonlarini o‘rganish hamda tizimlashtirish imkoni kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tasavvurlarida yuz beradigan tarbiyaning kognitiv va instrumental faoliyatning dialektik o‘zaro bog‘liq bosqichi ta’lim, maktab, oila hamda ijtimoiy muhit ta’sirida «axloqiy me’yorlar», «axloqiy kategoriyalar», «axloqiy prinsiplar» kabi psixologik xususiyatlarni differensiatsiyalashi tufayli, tarbiyalanganlik darajasini aniqlovchi ijtimoiy-psixologik vositalar ekanligi asoslanganganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil martdagi 18-sonli bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 6-may PM-17m-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari axloqiy tasavvurlariga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik vositalar va komponentlarni aniqlashga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari axloqiy tasavvurining tuzilmasi muhit, turmush tarzi, ilm olish darajasi, mas’uliyatlilik hissining ta’sirida ehtiyojlar ierarxiyasidagi «o‘zini-o‘zi anglash»ni o‘quvchilar axloqiy rivojlanishidagi «bilish», «motivatsion» va «emotsional» xususiyatlar (motivatsiya bilan xavotirlanish, emotsional holati) bilan o‘zoro integratsiyasi tufayli, tarbiya maromini kuchayishi orqali xulqdagi o‘zgarishlarga olib kelish dalillanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 18 martdagi 18-sonli buyrug‘i bilan «Umumiy psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 6-may PM-17m-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiyalanganlik maromi axloqiy rivojlanishidagi mezonlarni o‘rganish va baholashning qiyosiy tahliliga erishilgan;
bola tomonidan ertaklarni emotsional va etnik baholanishida axloqiy tushunchalar, munosabatlar, kadriyatlar tronformatsiyalanishiga bog‘liq ravishda shaxs fazilatlariga integratsiyasi tufayli, yoshga oid dinamik xususiyatlarda differetsial farqlarning mavjudligi asoslanganganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 18 martdagi 18-sonli buyrug‘i bilan «Etnopsixologiya psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 6-may PM-17m-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari axloqiy tasavvurining shakllanishida qadriyatlarni o‘rganish va baholashning qiyosiy tahliliga erishilgan.