Toshpo‘latov Murodulla Sobirjon o‘g‘lining
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “oilaviy biznes moliyasini rivojlantirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2211.
Ilmiy rahbar: Abdikarimova Dinara Rustamxanovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliqulov Azamat Tuyg‘unovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilaviy biznes moliyasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik subektlarining mahallalarda, shu jumladan tashkil etilgan mikromarkazlarda ishlab chiqarishni, xizmat ko‘rsatish sohasini va hunarmandchilikni hamda aholi bilan kooperatsiya va kasanachilikni kengaytirishga imtiyozli kreditlar miqdorining yuqori darajasini belgilash asoslangan;
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish istagida bo‘lgan aholiga yakka tartibdagi tadbirkor, oilaviy korxona yoki yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng bir yil davomida hokim yordamchisining tavsiyanomasi asosida ma’lum chegaralangan miqdordagi imtiyozli kreditlarning garovsiz ajratilish tartibi taklif etilgan;
oilaviy biznes vakillariga ajratiladigan imtiyozli kreditlarga garov sifatida sug‘urta polislarini qabul qilish orqali kredit ta’minotini diversifikatsiyalash va moliyalashtirishni kengaytirish taklif etilgan;
tijorat banklari tomonidan oilaviy korxonalar uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarning qaytmaslik xatari sug‘urtalanganda sug‘urta to‘lovini 4 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilash hamda sug‘urtalash shartlarini engillashtirish taklifi etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilaviy tadbirkorlik moliyasini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik biznes subektlari, oilaviy korxonalarning kichik ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish loyihalarini amalga oshirish uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlar miqdorining yuqori darajasi belgilash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-39-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 27-fevraldagi 37-02/03–01483–son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi natijasida 2023 yil 1 fevraldan tadbirkorlik sub’ektlarining mahallalarda, shu jumladan tashkil etilgan mikromarkazlarda ishlab chiqarishni, xizmat ko‘rsatish sohasini va hunarmandchilikni hamda aholi bilan kooperatsiya va kasanachilikni kengaytirishga yo‘naltirilgan loyihalari uchun hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori amaldagi 225 million so‘mdan 300 million so‘mgacha oshirildi;
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish istagida bo‘lgan aholiga yakka tartibdagi tadbirkor, oilaviy korxona yoki yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng bir yil davomida hokim yordamchisining tavsiyanomasi asosida ma’lum chegaralangan miqdordagi imtiyozli kreditlarning garovsiz ajratilishiga ruxsat berish tartibini joriy qilish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-39-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 27-fevraldagi 37-02/03–01483–son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi natijasida 2023 yil 1 fevraldan yakka tartibdagi tadbirkor, oilaviy korxona yoki yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan korxonalarga 50 million so‘mgacha imtiyozli kreditlarning garovsiz ajratilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa O‘zbekistonda kichik biznes va oilaviy korxonalarni moliyalashtirishda diversifikatsiyalash imkoniyati yuzaga kelgan;
oilaviy biznes vakillariga ajratiladigan imtiyozli kreditlarga garov sifatida sug‘urta polislarini qabul qilish orqali kredit ta’minotini diversifikatsiyalash va moliyalashtirishni kengaytirish taklifi “TRUST-INSURANCE” AJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“TRUST-INSURANCE” AJ sug‘urta kompaniyasining 2023-yil 24-martdagi 01/01-113-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida sug‘urta kompaniyasida oilaviy biznes vakillariga ajratiladigan imtiyozli kreditlarga garov sifatida sug‘urta polislari 2022 yil 1 iyuldan joriy qilindi. Natijada oilaviy korxonalarning 9 ta loyihalariga tijorat banklari tomonidan ajratilgan 1 050 million so‘mlik kreditlariga garov ta’minoti sifatida sug‘urta kompaniyasi tomonidan sug‘urta polislari berilgan;
tijorat banklari tomonidan oilaviy korxonalar uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarning qaytmaslik xatari sug‘urtalanganda sug‘urta to‘lovini 4 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilash hamda sug‘urtalash shartlarini engillashtirish taklifi “TRUST-INSURANCE” AJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“TRUST-INSURANCE” AJ sug‘urta kompaniyasining 2023-yil 24-martdagi 01/01-113-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning sug‘urta kompaniyasi tomonidan 2022 yil 1 iyuldan amaliyotga joriy etilishi natijasida kompaniya tomonidan oilaviy biznes uchun qulay tabaqalashtirilgan tariflar ishlab chiqildi va oilaviy biznesni kreditlash bilan bog‘liq risklarni boshqarish imkoniyati paydo bo‘ldi.