Raxmonov Nuriddin Muxammadjonovichning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pensiya ta’minotida mehnat faoliyatini hisobga olish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1896.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Davronov Shuxrat Zuxurovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston pensiya ta’minoti tizimida mehnat faoliyatini hisobga olish mexanizmini yanada takomillashtirishga doir ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi hamda oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish davri to‘g‘risidagi hujjatlarni “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan elektron shaklda olish taklif etilgan;
nogironligi bolalikdan bo‘lgan bolalarga 18 yoshga qadar parvarishlash bilan band bo‘lgan muddatlarini ota-onalari (yaqin qarindoshlari)ga ish stajiga olish bo‘yicha taklif etilgan;
jismoniy shaxslarning ishlamaydigan er (xotin) uchun ish stajini yaratish maqsadida ishlamagan davri uchun uning eri (xotini) mehnatga haq to‘lash tarzidagi o‘z daromadlaridan ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq to‘langan davr mehnat stajiga qo‘shib hisoblanishi, buning natijasida esa oilaning ish bilan band bo‘lmagan er (xotin)dan biri kelgusida pensiyaga chiqish uchun talab etiladigan ish stajini bajarish imkoniyatini yaratish taklif etilgan;
pensiyalarni hisoblab chiqarish me’yoriy talablarini soddalashtirishda, soliq stavkalarini unifikatsiya qilish, bunda ish stajlarini bajarish uchun yiliga kamida 1(bir) barobar pensiya hisoblashning bazaviy miqdori qiymatida ijtimoiy soliq to‘lash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pensiya ta’minotida mehnat faoliyatini hisobga olish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi hamda oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish davri to‘g‘risidagi hujjatlarni “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan elektron shaklda olish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini sodlashtirish hamda pensiya va nafaqalarni etkazish tizimini yanada takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5102-son Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 2023-yil 17-martdagi 30/2-00575-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2023-yil 1-yanvardan pensiyalarini tayinlash uchun pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan fuqarolardan pensiya chiqishlari uchun zarur bo‘ladigan ish staji, ish haqi, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish davri to‘g‘risidagi shuningdek, harbiy xizmatni o‘tagan davri to‘g‘risidagi me’yoriy-hujjatlarni talab qilish bekor qilindi hamda axborot tizimidagi tegishli ma’lumotlar asosida pensiyalar tayinlanishi va hisoblab chiqarilishi belgilandi;
nogironligi bolalikdan bo‘lgan bolalarga 18 yoshgacha qaragan davrini ish stajiga qo‘shib hisoblash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-son farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 2023-yil 17-martdagi 30/2-00575-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2022-yil 1-fevraldan nogiron farzandlarining o‘zlarini harakatlanishi cheklanganligi va o‘zgalar parvarishiga muhtoj ekanligi tufayli, farzandiga qarab, ishlash imkoniyati bo‘lmagan uning ota-onalari (yaqin qarindoshlari) kelgusida pensiya olishlari uchun talab etildigan ish stajini bajarish imkoniyatini yaratilgan;
jismoniy shaxslarning ishlamaydigan er (xotin) uchun ish stajini yaratish maqsadida ishlamagan davri uchun uning eri (xotini) mehnatga haq to‘lash tarzidagi o‘z daromadlaridan ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq to‘langan davr mehnat stajiga qo‘shib hisoblanishi, buning natijasida esa oilaning ish bilan band bo‘lmagan er (xotin)dan biri kelgusida pensiyaga chiqish uchun talab etiladigan ish stajini bajarish imkoniyatini yaratish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-726-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 2023-yil 17-martdagi 30/2-00575-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2021-yil 1-iyundan keyingi ishlanmagan davr uchun uning eri (xotini) mehnatga haq to‘lash shaklidagi o‘z daromadlaridan ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq to‘langan davr mehnat stajiga qo‘shib hisoblanishi joriy etilgan;
pensiyalarni hisoblab chiqarish me’yoriy talablarini soddalashtirishda, soliq stavkalarini unifikatsiya qilish, bunda ish stajlarini bajarish uchun yiliga kamida 1(bir) barobar pensiya hisoblashning bazaviy miqdori qiymatida ijtimoiy soliq to‘lash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 5-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-767-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 2023-yil 17-martdagi 30/2-00575-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2022-yil 1-iyundan o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar, xususan “Usta-shogird” maktablari o‘quvchilari – ular 25 yoshga to‘lgunga qadar ishlagan davri, dehqon xo‘jaliklari, shuningdek mehnat shartnomasi asosida chet elda yollanib ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek savdo uylarida, vakolatxonalarda (xususan, yuridik shaxs tashkil etmagan holda), O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa idoralar tomonidan xorijiy mamlakatlarda tashkil etilgan (ochilgan) idoralarda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga pensiya yoshiga etgunga qadar talab etiladigan ish stajini bajarish mumkinligini ko‘rsatib o‘tilgan.