Okiljonova Nigoraxon Abdulazizovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shtryumpel spastik paraplegiyasining klinik-paraklinik tavsifi, tashxislashni takomillashtirish masalalari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1335.
Ilmiy rahbar: Omonova Umida Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurov Shaanvar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Shtryumpel spastik paraplegiyasining klinik-paraklinik xususiyatlarini aniqlash va erta tashxislash usullarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor nasliy spastik paraplegiyali bolalarda xarakat faoliyati, mushaklar spastikligi va kuchi bilan, bemorlarni yoshi orasida korrelyasion bog‘liqlik bo‘lib, BSF li bolalarda teskari korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
ilk bor  SPG genida  ekzom klinik sekvenirlash orqali SPG4 genining 15 xromosomasi intron sohasida patogen autosom-dominant mutatsiyalar (chr2:32369901CAT>C va c.1617-105 T>S) nasliy spastik paraplegiya bilan kasallangan bolalarda aniqlangan;                           ilk bor bosh miya qadoqsimon tanasi anomaliyasi bo‘lgan bemorda SUPT16H (SUPT16H_s. G931T/r. E311X) gen mutatsiyasi nasliy spastik paraplegiyaning asoratli  shakllari (ruhiy, aqliy rivojlanish buzilishi) bilan kechishi  isbotlangan;            ilk bor qarindosh nikohdan tug‘ilgan bolalarda Next Gen Sequencing sekvenirlash usulini qo‘llash orqali nasliy spastik paraplegiyaning autosom resessiv delesiya/duplikatsiyalarini erta aniqlash asosida takomillashtirilgan;            
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:               Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 25 maydagi 03-620-son xulosasiga ko‘ra:
Shtryumpel spastik paraplegiyasi  bilan og‘rigan bemorlarda harakat faolligini qiyosiy baholashda Eshvort, MRS, GMFSC shkalalarining klinik samaradorligi isbotlangan; harakat faoliyati chegaralangan, mushaklar tonusi spastik ravishda oshgan bemorlarga yuqorida keltirilgan shkalalar asosida qiyosiy va erta tashxisni amalga oshirilgan va kerakli reabilitatsiya muolajalarni ko‘rsata oladigan muassasalarga yuborilgan, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti klinik shifoxonasi bo‘yicha 01.03.2022 yildagi 31-sonli buyruq hamda U.K. Qurbonov nomli Respublika bolalar ruhiy asab shifoxonasi bo‘yicha 11.03.2022 yildagi 55-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritmlar va  kompleks yondashuvdan foydalanish, spastik paraplegiya belgisi kuzatilgan bemorlarni erta tashxislash va davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) Shtryumpel nasliy spastik paraplegiyasining erta klinik tashxisi shkalalar yordamida xarakat faoliyati, mushaklar spastikligi va kuchi bilan, bemorlarni yoshi orasida korrelyasion bog‘liqlik mavjudligini, bolalar serebral falaji bilan og‘rigan bemorlarda teskari korrelyasion bog‘liqlik aniqlanishi, ya’ni boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik  hisobiga iqtisod qilingan. 2) Nasliy spastik paraplegiyani erta tashxislash uchun nafaqat nevrolog, balki genetik va ortopedlar tomonidan aniqlanadi, ya’ni unga maxsus malaka oshirgan shifokorlarning keragi yo‘qligi  isbotlanib, ortiqcha sarf xarajatlar bilan yangi kadr tayyorlashni shart emasligi hisobiga  iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: spastik paraplegiya belgili bolalarda Shtryumpel nasliy spastik paraplegiyasini tasdiqlash  yoki istisno qilish uchun erta bolalik davrida qiyosiy tashxisini talab qilishi ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 54 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 18 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: « Shtryumpel spastik paraplegiyasining klinik-paraklinik tavsifi, tashxislashni takomillashtirish masalalari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil18 martdagi 03/552-sonli xat yuborilgan.
bemorlarda SPG4 genidagi polimorfizmlar diapazonini baholash, SPG genida klinik sekvenirlash orqali mutatsiyalarni aniqlashdan iborat bo‘lib, SPG4 genini molekulyar genetik tadqiq qilish nasliy spastik paraplegiyalar bilan og‘rigan bemorlarni boshqarish va davolash taktikasini olib borishni yaxshilagan, tavsiyalar ushbu kasallikdan aziyat chekadigan oilalar uchun tibbiy genetik maslahat tizimini yagona tizimga aylantirishga yordam bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti klinik shifoxonasi bo‘yicha 01.03.2022 yildagi 31-sonli buyruq hamda U.K. Qurbonov nomli Respublika bolalar ruhiy asab shifoxonasi bo‘yicha 11.03.2022 yildagi 55-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nasliy spastik paraplegiya bilan og‘rigan qarindosh nikohdan tug‘ilgan bemorlarda kasallikning autosom resessiv turida mul`tipleks ligazaga bog‘liq amplifikatsiya usulini qo‘llash samara bermasligi isbotlanib, to‘g‘ridan to‘g‘ri   SPG genida sekvenirlash usulini qo‘llash 72% holatlarda tashxislash samaradorligini oshirishi isbotlangan, bosqichma-bosqich tashxislashda taklif etilgan algoritmlar va  kompleks yondashuvdan foydalanish nasliy spastik paraplegiya bilan og‘rigan bemorlarda erta tashxislash va davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlar orasida nasliy spastik paraplegiyaning klinik va molekulyar-genetik xususiyatlarini tahlil qilish kasallikni erta tashxislash mezonlarini ishlab chiqishga yordam berdi, bu esa kasallikni erta bosqichda aniqlash imkonini beradi. Bolalarda Shtryumpel nasliy spastik paraplegiyasini tashxislash algoritmining samaradorligi mezonlariga ko‘ra, asosiy guruhda tashxis qo‘yish vaqti 2,8 martaga sezilarli darajada qisqargani kuzatildi (R<0,05), shuning uchun asosiy guruhda tashxislash uchun sarf qilingan kunlarning o‘rtacha soni 10,6±0, 39 kun bo‘lsa, taqqoslash guruhida tashxis qo‘yish muddatlari o‘rtacha 29,3±0,88 kunni tashkil etgan;  Xulosa: Shtryumpel spastik paraplegiyasi bilan og‘rigan bemorlarni boshqarish taktikasida tashxislash  tadbirlarini bosqichma bosqich to‘g‘ri tashkillashtirish polinevropatiyalar -  3.15%, talvasa hurujlari - 5.2%, kichik chanoq a’zolari faoliyatini boshqara olmaslik - 4.4%, shuningdek 64% bemorlarda tovon deformatsiyalari kabi kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni erta aniqlanib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 78 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 43 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: « Shtryumpel spastik paraplegiyasining klinik-paraklinik tavsifi, tashxislashning takomillashtirish masalalari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil18 martdagi 03/552-sonli xat yuborilgan.
Shtryumpel nasliy spastikparaplegiyasida SUPT16H (SUPT16H_s. G931T/r. E311X) gen mutatsiyasi erta aniqlash kasallikning asoratli  shakllarida kuzatiluvchi ruhiy, aqliy rivojlanish buzilishi holatlarini erta aniqlash va aqli zaiflik darajasini zo‘raymasligini bartaraf etish uchun o‘z vaqtida adekvat davo choralarini boshlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti klinik shifoxonasi bo‘yicha 01.03.2022 yildagi 31-sonli buyruq hamda U.K. Qurbonov nomli Respublika bolalar ruhiy asab shifoxonasi bo‘yicha 11.03.2022 yildagi 55-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Shtryumpel nasliy spastikparaplegiyasida SUPT16H (SUPT16H_s. G931T/r. E311X) gen mutatsiyasi erta aniqlash kasallikning asoratli  shakllarida kuzatiluvchi ruhiy, aqliy rivojlanish buzilishi holatlarini erta aniqlash imkonini bergan,  aqli zaiflik darajasini zo‘raymasligini bartaraf etish uchun o‘z vaqtida adekvat davo choralarini boshlash qo‘pol asoratlar kuzatilishini oldini olgan. Nasliy spastik paraplegiyaning asoratli shakllarida aqli zaiflikni erta va to‘g‘ri aniqlash, davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bolalarda Shtryumpel nasliy spastik paraplegiyasining asoratli shakllarida  ruhiy buzilishlar va aqli zaiflikni erta tashxislash o‘z vaqtida reabilitatsiya muolajalarini amalga oshirish va nogironlikni oldini olish choralarini ko‘rish ta’minlangan. 2) bemorlar va ularning oilalariga ijtimoiy-reabilitatsiya yordamini ko‘rsatish doirasida Shtryumpel nasliy spastik paraplegiyasi bilan og‘rigan bemorlar yashash sifati oshishida ifodalanadigan ijtimoiy-iqtisodiy samarani oshirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Xulosa: bolalarda Shtryumpel nasliy spastik paraplegiyasining asoratli shakllarida  ruhiy buzilishlar va aqli zaiflikni erta tashxislash chora tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 72 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 27 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: « Shtryumpel spastik paraplegiyasining klinik-paraklinik tavsifi, tashxislashning takomillashtirish masalalari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil18 martdagi 03/552-sonli xat yuborilgan.
klinik-genetik korrelyasiyani aniqlash, SPG4 genini molekulyar genetik tadqiq qilish nasliy spastik paraplegiyalar bilan og‘rigan bemorlarni boshqarish va davolash taktikasini olib borishni yaxshilagan, tavsiyalar ushbu kasallikdan aziyat chekadigan oilalar uchun yana qayta nogiron bola tug‘ilishini oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti klinik shifoxonasi bo‘yicha 01.03.2022 yildagi 31-sonli buyruq hamda U.K. Qurbonov nomli Respublika bolalar ruhiy asab shifoxonasi bo‘yicha 11.03.2022 yildagi 55-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qarindosh nikohdan tug‘ilgan bolalarda Next Gen Sequencing sekvenirlash usulini qo‘llash orqali nasliy spastik paraplegiyaning autosom resessiv delesiya/duplikatsiyalarini erta aniqlash orqali olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etilishi bemorlar va ularning oilalariga ijtimoiy-reabilitatsiya yordamini ko‘rsatish doirasida nasliy spastik paraplegiya bilan og‘rigan bemorlar yashash sifati oshishida ifodalanadigan ijtimoiy-iqtisodiy samarani oshirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Olingan ma’lumotlar natijasida Shtryumpel spastik paraplegiyasi va BSFning erta differensial diagnostik algoritmi ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan tashxislash algoritmi adekvat terapiyani o‘tkazish maqsadida Shtrumpel spastik paraplegiyasi va bolalar serebral falajining differensial diagnostika sifatini yaxshilashga xizmat qilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bolalarda Shtryumpel spastik paraplegiyasini erta tashxislash algoritmining qo‘llash samaradorligi mezonlariga muvofiq tashxislash muddatlarining 2,8 baravar qisqarishi kuzatildi,  asosiy guruhda tashxislash uchun ketgan kunlarning o‘rtacha soni 10,6±0,39 kunni tashkil qilgan bo‘lsa,  taqqoslash guruhida tashxislash muddati o‘rtacha  29,3±0,88 kunni tashkil etdi. 2) Ishlab chiqilgan tashxislash algoritmi adekvat terapiyani o‘tkazish maqsadida Shtrumpel nasliy spastik paraplegiyasi va bolalar serebral falajining qiyosiy tashxis va erta tashxis samaradorligini 44% ga oshirgan. Xulosa: Shtryumpel nasliy spastik paraplegiyasi bilan og‘rigan bemorlarda  algoritm va qiyosiy tashxislash mezonlaridan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 68 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 24 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: « Shtryumpel spastik paraplegiyasining klinik-paraklinik tavsifi, tashxislashning takomillashtirish masalalari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil18 martdagi 03/552-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish