Ismailov Anvarxon Djamshidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oyoq suyak-qon tomir qo‘shma jarohatlarini tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib595.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Valiev Erkin Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, bosh ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Maxkamo Kozim Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimov Murod Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: “N.M. Sklifosovskiy nomidagi tez tibbiy yordam ilmiy tadqiqot instituti” Federal davlat byudjet muassasasi, Mosskva shaxri (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi takomillashtirilgan terapevtik, diagnostik va taktik algoritmlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali oyoq suyaklari va qon tomirlarining qo‘shma jarohatlari (STJ) bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash, amputatsiya chastotasini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
magistral tomirlariga zarar etgan bemorlarga yordam ko‘rastishda tashxislash va davolash taktik tadbirlarning samaradorligi isbotlangan;
oyoq suyaklari va qon tomirlarining qo‘shma jarohatlarining og‘irligini klinik va anatomik tekshirish xususiyatlari, bo‘laklarning siljishi tabiati, yumshoq to‘qimalarning shikastlanish darajasi, tomir nerv to‘plam (TNT) va anoksiya (ishemiya) ruxsat etilgan vaqtdan oshmasligi bilan bog‘liqligi isbotlangan, bu bizga osteosintez taktikasi va usulini tanlashga har bir holatda tomirlarda, nervlarda rekonstruktiv operatsiya o‘tkazish asoslangan;
oyoqlar jarohatlarining og‘irligiga qarab (to‘liq amputatsiyalar; to‘liq bo‘lmagan amputatsiyalar; qon aylanishining buzilishi bilan ochiq sinishlar (chiqishlar); qon aylanishining buzilishi bilan yopiq sinishlar (chiqishlar) bo‘lgan bemorlarning toifalari aniqlandi bu bizga shaxsiylashtirilgan travmatik kasallik va uning asoratlari uchun terapevtik va taktik jarrohlik algoritmini ishlab chiqishga imkon berdi, buni klinik amaliyotga joriy etish suyak va qon tomirlari bilan birgalikda shikastlangan jabrlanganlarga yordam sifatini oshirdi va davolash natijalarini yaxshilanishi asoslangan;
oyoq suyaklari va qon tomirlarining qo‘shma jarohatlari minimal invaziv stabilizatsiya uchun ishlab chiqilgan sterjenli tashqi fiksatsiya moslamasi, mavjud analoglardan ko‘p qirraliligi va universalligi bilan ajralib turadigan ko‘rsatmalar va uni qo‘llash usullari oyoqlarning shikastlangan katta segmentlarini shoshilinch stabillashttirish taktikasi samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi ekspert kengashining 2023 yil 1 iyundagi 3-son xulosasiga ko‘ra:
tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati olingan xulosalar va takliflarning nazariy ahamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi, bu esa oyoq suyaklari va qon tomirlarining qo‘shma jarohatlari bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolashga katta hissa qo‘shadi. Oyoqlarning qo‘shma jarohatlari bo‘lgan bemorlarni bosqichma-bosqich davolash uchun foydali modelni klinik amaliyotga joriy etish davolash natijalarini yaxshilashga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyatli filiali bo‘yicha 20.02.2023 yildagi amaliyotga joriy qilish akti, hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Djizzax viloyati filiali bo‘yicha 15.03.2023 yildagi amaliyotga joriy qilish akti bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: zamonaviy yuqori informatsion diagnostika usullarini tekshirish majmuasiga kiritish (rangli dupleks skanerlash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri angiografiya, MSKT angiografiyasi) oyoq suyaklari va qon tomirlarining qo‘shma jarohatlari mavjudligi va tabiatini o‘z vaqtida aniqlash va maqbul davolash taktikasini ishlab chiqish imkonini beradi, bu esa jabrlanganlarga ko‘rsatiladigan yordam sifatini yaxshilaydi suyak va qon tomir jarohatlari bilan va o‘ziga xos asoratlarning chastotasini 34,0% dan 8,7% gacha kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Taklif etilayotgan tashqi fiksatsiya moslamasi ko‘p va qo‘shma jarohatlari bor 1 nafar bemorga jarrohlik aralashuv vaqtini qisqartirish xisobiga 9 357 000 so‘m iqtisod qilindi (tajribaga ko‘ra 34,0 foiz bemorlarda kayta jarroxlik (ikkinchi jarroxlik) operatsiyasi amalga oshiriladi), operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish, shuningdek, ushbu toifadagi bemorlarda nogironlik foizini kamaytirish imkonini berdi. Demak bir nafar bemordan 9 357 000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 18 714 000 so‘mni (2 nafar bemor uchun) tashkil etadi. Xulosa: Olingan natijalar tomir-nerv tutamlari va oyoq suyaklarining sinishlarini davolash taktikasi va usullarini tanlashda aniq tuzatishlar kiritish, asoratlar sonini kamaytirish va kasalxonada qolish muddati va reabilitatsiya vaqtini qisqartirishi byudjet mablag‘larini 7 734 030 so‘mga va byudjetdan tashkari mag‘larlarini 9 357 000 so‘mga iqtisod qilinishini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Oyoq suyaklari va qon tomirlarining qo‘shma jarohatlarida tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi 2020 yil 4 noyabr`dagi 03-02/1753-sonli xat yuborilgan.
suyak va qon tomir jarohatlari bilan jabrlanganlarni to‘liq amputatsiya toifalariga bo‘lish; to‘liq bo‘lmagan amputatsiyalar; qon aylanishining buzilishi bilan ochiq sinishlar (chiqishlar); qon aylanishining buzilishi bilan yopiq sinishlar (chiqishlar) terapevtik va diagnostika tadbirlarining ko‘lami va vaqtini tizimlashtirish va standartlashtirishga, ishlab chiqilgan terapevtik va taktik tadbirlarni joriy etishga imkon beradi, klinik amaliyotga ishlab chiqilgan algoritmni kiritish jabrlanganlarga yordam berish sifatini bir necha marotabaga yaxshilaydi; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyatli filiali bo‘yicha 20.02.2023 yildagi amaliyotga joriy qilish akti, hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Djizzax viloyati filiali bo‘yicha 15.03.2023 yildagi amaliyotga joriy qilish akti bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ishning alohida natijalaridan magistrlar, klinik ordinatorlar va kursantlar uchun oyoq suyaklari va qon tomirlarining qo‘shma jarohatlari bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash bo‘yicha o‘quv dasturining mazmuni va tuzilishini yaxshilash uchun foydalanish mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Taklif etilgan tavsiyalar oyoq suyaklari va qon tomirlarining qo‘shma jarohatlarida terapevtik va diagnostika taktikasini optimallashtirishga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 9 357 000 so‘m iqtisod qilindi ( intraoperatsionn taktik xatolar kelib chiqishini oldini oladi, bu esa yiliga umumiy bemoralarning 12% (10 dan 5 bemoralar) bemorlar jarroxlik amalyotidan keyngi asoratlar sonini va nogironlikni kamaytiradi bu bilan bemorlarning umumiy xarajatlarini 46 785 000 (5 nafar bemor uchun) sumga iqtisod qilinadi). Xulosa: Oyoq suyaklari va qon tomirlarining qo‘shma jarohatlari tashxislash va davolash taktikasini tanlash dasturi joriy qilinishi bir nafar bemor xisobidan byudjet mablag‘larini 38 670 150 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 19 300 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Oyoq suyaklari va qon tomirlarining qo‘shma jarohatlarida tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi 2020 yil 4 noyabr`dagi 03-02/1753-sonli xat yuborilgan.
ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, shikastlanishning klinik belgilarini, suyak sinishi va yumshoq to‘qimalarning shikastlanishining tabiatini hisobga olgan holda maqbul davolash usulini tanlashning taktik algoritmi taklif etiladi. Oyoq suyaklari va qon tomirlarining qo‘shma jarohatlari bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash usulini tanlash uchun tavsiya etilgan algoritm davolashning anatomik va funksional natijalarini yaxshilashga, statsionar va reabilitatsiya davrini qisqartirishga va umuman, uzoq muddatli natijalarni yaxshilashga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyatli filiali bo‘yicha 20.02.2023 yildagi amaliyotga joriy qilish akti, hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Djizzax viloyati filiali bo‘yicha 15.03.2023 yildagi amaliyotga joriy qilish akti bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diagnostikaning ishlab chiqilgan ketma-ketligi, suyak, qon tomirlari, nervlar va yumshoq to‘qimalarning yaxlitligini tiklash bosqichlari va oyoq suyaklari va qon tomirlarining qo‘shma jarohatlarining taktik algoritmi ushbu toifadagi bemorlarda yaqin va uzoq muddatli davrlarda yaxshi va qoniqarli natijalarga erishishga yordam berdi. klinik amaliyotga joriy etish suyak va qon tomirlari bilan birgalikda shikastlangan bemorlarga yordam sifatini oshirdi va davolash natijalarini yaxshiladi; Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Taklif etilgan tavsiyalar oyoq suyaklari va qon tomirlarining qo‘shma jarohatlarida terapevtik va diagnostika taktikasini optimallashtirish, operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini, davolanish muddatini va nogironlik darajasini kamaytirish imkonini berdi; bemorlarning amaliyotdan kyingi kasalxonadan keyiingi kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi va davolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi, quyidagicha: qayta ko‘rik – 110 000 so‘m; qayta R- grafiya – 75 000 so‘m; jaroxatning bog‘lov xarajatlari – 39 000 sum; dori-darmonlar xarajati – 25 000 sum (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 249 000 sum tashkil qildi, yillik qaytalangan bemoralar soni 2, umumiy iqtisodiy samaradorlik esa 498 000 so‘mni tashkil qildi). Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 498 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 249 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Oyoq suyaklari va qon tomirlarining qo‘shma jarohatlarida tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi 2020 yil 4 noyabr`dagi 03-02/1753-sonli xat yuborilgan.
taklif etilayotgan tashqi fiksatsiya moslamasi ko‘p va qo‘shma jarohatlari bor bemorlarga jarrohlik aralashuv vaqtini qisqartirish, operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish, shuningdek, ushbu toifadagi bemorlarda nogironlik foizini kamaytirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyatli filiali bo‘yicha 20.02.2023 yildagi amaliyotga joriy qilish akti, hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Djizzax viloyati filiali bo‘yicha 15.03.2023 yildagi amaliyotga joriy qilish akti bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Sinishlarni davolash uchun sterjen asosidagi tashqi fiksatsiya moslamasini ishlab chiqish natijasida Rossiya Federatsiyasining intellektual mulk agentligidan “Politravma bilan jabrlanganlarda mushak-skelet tizimining shikastlanishlari osteosintezi uchun universal sterjen tashqi fiksatsiya qurilmasi” ixtirosiga patent olindi (2021 yil 28 sentyabr`, patent № 2758023). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: • bemorning shifoxonada qolish muddatini 10,2 kundan 5,2 kunga (5 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 3 876 000 ming so‘mga kamaytirdi (RShTYoIMning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 773 403.15 so‘mni tashkil qiladi); • shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 3 876 000 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 168 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); • shifoxonada bo‘lish davrining 5 kunga qisqartirilishi hisobiga 98 000 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 31 000 so‘m bog‘lanmalar sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik so‘mni tashkil etadi (10 ta operatsiya bo‘yicha 6 600 000*10= 66 000 000 so‘mni tashkil etadi (reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish hisobiga; byudjet mablag‘larini 36 165 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 18 435 000 so‘m); 333 600 000 - ikkinchi operatsiya narxini kamaytirish orqali samaradorlikka erishiladi. 2 ta bemorda jarroxlikdan keyin asoratlar chastotasini kamaytirish xisobiga 816 000 sum iqtisod qilindi. Jami: 78 129 000 so‘m). Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 78 129 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 21 436 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Oyoq suyaklari va qon tomirlarining qo‘shma jarohatlarida tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi 2020 yil 4 noyabr`dagi 03-02/1753-sonli xat yuborilgan.